9-mavzu: diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat


Download 281.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana31.01.2024
Hajmi281.38 Kb.
#1829406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-12

 
Nazorat savollari: 
1. Diqqat tushunchasining mohiyatini izohlang? 
2. Diqqat turlari va ularni psixologik jihatdan tasniflab bering? 
3. Diqqat xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?


4. Diqqatning yo’nalganligini tushuntirib bering? 
5. Diqqatning barqarorligi haqida nimalarni bilasiz? 


10-MAVZU. SEZGI 
 
Tayanch 
tushunchalar: 
analizator, 
persepsiya, 
retseptor, 
eksterioretseptiv 
sezgi, 
sezgi 
turlari, 
proprioretseptiv 
sezgi, 
interioretseptiv sezgi, qo’zg’atuvchi, afferent, efferent, adaptatsiya. 
stress, affect, parishonlik, efferent. 
 
 
 
10.1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha 
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini 
qo’zg’atuvchilarning o’ziga mutlaq mos (adekvat) bo’lgan analizatorlar 
ta’siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, 
tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta’limotlariga 
ko’ra analizatorlar uch o’zaro uzviy uyg’unlikka ega bo’lgan tarkibiy 
qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda mazkur tarkiblar 
quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir: tashqi kuch-quvvatni (energiyani) 
asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya’ni 
retseptordan; analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan 
bog’lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o’tkazuvchi asab 
yo’llaridan; periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari (harakatlari) 
qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po’stidagi qismlaridan 
(uchastkalaridan) iboratdir. Boshqacha so’z bilan aytganda, periferik 
nervlarning uchlari (ko’z, quloq, teri, burun kabilar), ta’sirotni eltuvchi 
(afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning 
orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi. 
Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga 
binoan 
sezgilar 
quyidagicha 
klassifikatsiya 
qilinadi 
(ushbu 
tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga 
taaluqlidir): 
tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks 
ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga tananing sirtqi qismiga 
joylashgan sezgilar, ya’ni eksterioretseptiv sezgilar (retseptorlar); 
ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos etuvchi hamda retseptorlari 
ichki tana a’zolarida, to’qimalarida joylashgan sezgilar, ya’ni 
interioretseptiv sezgilar; 
tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot 
(axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, bog’lovchi paylarda, 
mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar. 
Jahon 
psixologiyasi 
fanida 
to’plangan 
ma’lumotlarning 
ko’rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy 


qo’zg’atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali 
real olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning 
bilan birga, inson organizmining (uning a’zolarining) ichki holatlarini 
aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va 
neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro 
tuzilishidan qat’iy nazar, sezgi organlariga ta’sir qilish mahsulasining 
sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar tariqasida aks 
etishidir. 
Inson 
atrof-muhitdagi 
moddalar 
shaklini, 
harakatlar 
ko’rinishini, ularning xossalarini o’ziga xos xususiyatlarini sezgi 
organlari yordamida, sezgilar orqali biladi, xolos. 
Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning 
xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi 
hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning 
sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Ma’lumotlarning 
ko’rsatishicha, sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqelikning 
haqqoniy tasvirini in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday 
ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa ular xuddi shundayligicha 
hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir. 
Birinchi turkum sezgilarni ko’rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, 
ta’m-maza, kabi turlar tashkil qiladi. Ko’rish 380 dan 770 gacha 
millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. 
Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo’lgan tovush 
to’lqinlaridan iboratdir. Ko’rish sezgilari bosh miya po’stini tepa 
burmasining qismida joylashgan bo’ladi. Teri-tuyush, harakat sezgilari 
miya po’stini markaziy burmasining orqa qismidan o’rin olgandir. 
A.R.Luriyaning fikricha, interioretseptiv sezgilar asl, tub ma’nodagi 
sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar 
sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilarning 
subyektiv ravishda paydo bo’lishi yetarli darajada chuqur 
o’rganilmagan, xuddi shu bois ular “noma’lum hislar” doirasiga 
kiritilgandir. Ular to’g’risidagi bilimlar bilan tanishish, o’zgarib 
borishlarini tekshirish “kasalliklarning ichki manzarasi”ni ifodalab 
berishda muhim rol o’ynashi mumkin. Ichki organlarning xastaligida 
vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasalliklarni diagnostika qilishda 
alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar 
insonda juda erta uyg’onadi, shuning bilan birga ularning ifodalanishi 
o’ziga xos shakllarga egadir. Chunonchi, ular oldindan his qilish 
tariqasida paydo bo’lib, hatto inson ularni ta’riflab berish imkoniyatiga 
qodir emas, ko’pincha ushbu kechinmalar tush ko’rishda qaysidir 


kasallik xuruj qilayotganligidan darak beruvchanlik vazifasini o’tmaydi, 
xolos. Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o’zgarishida 
ko’zga tashlanadi, bolada esa xatti-harakatning keskin o’zgarishiga 
sabab bo’ladi. Chunki, bola o’z tana a’zolaridagi ichki holatlarning 
o’zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga ega emas, xuddi shu 
tufayli undagi xatti-harakatning umumiy o’zgarishi belgilaridan buni 
sezish mumkin. Bu hodisalarning yorqin misoli sifatida quyidagi 
voqelikni tahlil qilamiz: bola o’z ichki interioretseptiv sezgilarini 
namoyish qilish maqsadida “kasal” bo’lib qolgan qo’g’irchog’ini 
parvarish qila boshlaydi. 

Download 281.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling