9-mavzu: diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat
Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo’linishi, diqqat
Download 281.38 Kb. Pdf ko'rish
|
9-12
9.1. Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo’linishi, diqqat
ko’lami, diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi Diqqatning ko’lami - bir davrning o’zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo’lgan obyektlarning miqdori. Diqqatning ko’chuvchanligi - faoliyat jarayonida diqqatning ongli ravishda bir obyektdan ikkinchi obyektga ko’chirilishi. Diqqatning ko’chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvidagi alohida ahamiyatga egadir. Diqqatning taqsimlanishi - diqqatning bir vaqtning o’zida bir qancha obyektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Masalan: shofyorning, o’qituvchining ish jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir. Diqqatning barqarorligi - diqqatning o’z obyektiga kuchli yo’naltirilishi va faol to’planishidan iborat ijobiy xususiyati. Yuqorida ko’rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi odamda diqqat mavjud bo’lgandagina yuzaga chiqadi. Diqqat – ongimizning o’zimiz idrok etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga to’plash demakdir. Diqqat o’ziga alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarning aktiv borishi va sifatli bo’lishi uchun zarur shartdir, xolos. Ba’zi psixologlar (masalan G.A.Fortunatov) diqqatni psixik holatlarga qo’shadilar. Ammo, diqqat ong faolligining o’ziga alohida bir ko’rinishi ekanligini keyinroq yaqqol anglashiladi. Shu sababli diqqatni iroda sohasiga ham qo’shish mumkin. Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan, fikr yuritayotgan narsasiga va qilayotgan ishiga nisbatan ko’nglidan kechayotgan har xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg’ular emotsional sohaga (yoki hissiyot sohasiga) kiradi. Biz dilimizda xush yoki noxush tuyg’u his qilamiz, do’stlik, vatanga muhabbat his qilamiz, urush olovini yoquvchilarga qarshi g’azab his qilamiz. Odamning emotsional tuyg’ulari doimo uning ehtiyoj va manfaatlari bilan bog’liq bo’ladi. Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan va fikr yuritayotgan narsasiga va qilayotgan ishiga ijobiy yoki salbiy munosabati hissiyotda o’z ifodasini topadi. Emotsiyalar ham jarayon, ham holat bo’ladi. Psixik faoliyatning yuksak ko’rinishi, ya’ni niyatimizga (oldindan o’ylagan maqsadimizga) yetmoq uchun shu maqsadga erishish yo’llari va vositalarini qamrab olib, shuningdek, uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf qilishda g’ayrat ko’rsatib qilinadigan faoliyat iroda sohasiga kiradi. Ixtiyoriy (iroda bilan bo’ladigan) faoliyatni ixtiyorsiz (irodadan tashqari bo’ladigan) faoliyatdan ajratish kerak. Ixtiyorsiz faoliyat hayotimizdan tashqari va anglab, bilib g’ayrat ko’rsatmasdan turib yuzaga chiqadi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz faoliyat diqqat e’tiborda va ish- harakatda ko’rinadi. Shu sababli ixtiyorsiz diqqat bilan ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz harakatlar bilan ixtiyoriy (iroda bilan bo’ladigan) harakatlar farq qilinadi. Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o’zining yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Agar diqqatning manbai ongimizdan tashqarida bo’lsa tashqi deb ataladi. Masalan, shofyor, tikuvchi, muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo’ladigan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo’lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi yaratgan narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to’g’on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog’liq holatlar bunga misol bo’la oladi. Inson ongining o’zida sodir bo’layotgan o’z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu-istaklarini va shu kabilarni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi. Diqqatning har ikkala ko’rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo’shish imkoniyatiga egadir. Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A.A.Uxtomskiy tomonidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, dominanta orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash printsipini tashkil qiladi. Dominanta diqqatning fiziologik asosidir. Nerv jarayonlarining induksiyasi - oliy nerv faoliyatining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari o’rtasidagi o’zaro munosabat: MNSining biror markazida qo’zg’alish paydo bo’lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishning kelib chiqishiga, tormozlanish esa qo’zg’alishning kelib chiqishiga sabab bo’lishdan iborat qonuniyat. Nerv tizimi jarayonlarning konsentratsiyasi - markaziy asab tizimidagi qo’zg’alish yoki tormozlanish jarayonlarining vaqt o’tishi bilan dastlabki paydo bo’lgan uchastkasiga to’planish qonuni. Psixologik hodisalar subyektiv kechinmalar aks etiladigan narsa va hodisalarning miyamizdagi obrazlari shaklida ro’y beradi. Ammo, barcha subyektiv psixik hodisalar sirtda, organizmizning xilma-xil o’zgarish va harakatida: mimika, imo-ishora, nutq pantomimikada o’z ifodasini topadi. Download 281.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling