9-mavzu. Elektron tijorat tizimlari. Reja


Elektron to’lov texnologiyasi


Download 56.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.10.2023
Hajmi56.04 Kb.
#1714405
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu Elektron tijorat tizimlari.docx

Elektron to’lov texnologiyasi 
Sotib oluvchi sotuvchi bilan pul o’tkazish yo’li bilan xisoblashishi 
jarayonida nakd pul ishtirok etmaydi, faqatgina sotib oluvchi xisob raqamidan 
sotuvchining xisob raqamiga pul ko’chiriladi. Pul o’tkazish yordamida xisob 
kitob qilishni bir necha usuli mavjud (bankdan pul o’tkazish, bank kartasi 
erdamida xisob- kitob qilish, cheklar va shunga o’xshash usullar). 
Istagan maqsadda bankdan po’l o’tkazish operatsiyasi tranzaktsiya deb 
nom olgan (lotinchadan transaction- kelishuv, shartnoma ma’nosini anglatadi). 
Tranzaktsiya – bu bank kartaning egasi tomonidan ruxsat berilganda, bank 
kartaning egasiga xizmat ko’rsatish uchun tizim katnashchisidan katnashchiga 
uzatiladigan, tizim qatnashchilari tomonidan yaratiladigan ma’lumotlar ketma- 
ketligidir. Tranzaktsiya qo’yidagi asosiy xossalarga ega: 

Bo’linmaslik; 

Izolyatsiyalangan; 

Ishonchliligi 

Karta egasi va xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi aloqa. 
Tranzaktsiyaning bo’linmasligi – yaьni tranzaktsiya operatsiyalarini 
hammasini bajarish kerak yoki bitta ham operatsiya bajarish kerak emas. 
Tranzaktsiyaning kelishilganligi - yaьni ma’lumotlar bazasidagi kartalar, 
xisob raqamlari xaqidagi ma’lumotlar o’zgartirilmaydi. 
Tranzaktsiyaning izolyatsiyalanganligi – bir tranzaktsiya boshqa 
tranzaktsiyalarga bog’liqmasligini ko’rsatadi. 
Tranzaktsiyaning 
ishonchliligi 
quyidagida ko’rinadi, tugallangan 
tranzaktsiya o’zidan so’ng tiklanishi mumkin, tugallanmagan tranzaktsiya esa 
bekor qilinadi. 
Karta egasi va xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi aloqa deb shunday aloqa 
nazarda tutilganki, uning natijasida karta egasining xisob raqamida qandaydir 
o’zgarish ro’y beradi. 


Elektron to’lov ko’p tomondan, oddiy dukonlarda ishlatiladigan telefon 
orqali tovarlarni buyurtma qilishni eslatadi. Farqli tomoni shundaki, elektron 
tulov jarayoni sotib oluvchining kompyuteri hamda sotuvchining WEB-serveri 
orqali amalga oshiriladi (1-rasm). 
Rasm 1. Elektron to’lovlarni amalga oshirish tizimi 
Ushbu rasmdan ko’rinib turgandek, sotib oluvchi brouzer yaьni dastur 
yordamida tovar sotuvchining WEB-serverida joylashgan formani tuldirib kerakli 
buyurtmani amalga oshiradi. Ko’pgina sotuvchilarning WEB- serverlarida 
buyurtma qoldirish uchun muljallangan formalar mavjud. To’ldirilgan forma 
sotuvchining serverida joylashgan ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. 
Elektron to’lov tizimi o’z ichiga quyidagi xisoblashish ko’rinishlarini oladi: 

Bank kartalari; 

Elektron cheklar; 

Raqamli pullar; 

Elektron pullar. 
Bank kartalari katta va o’rta miqdordagi to’lovlarni amalga oshirish uchun 
ishlatiladi. Elektron cheklar esa asosan kichik miqdordagi, tez amalga oshirilishi 
kerak bulgan to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Elektron pullar, yaьni 
pullarni elektron ko’rinishda uzatish nazarda tutilmoqda, asosan katta miqdordagi 
tulovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Bank kartalari - bu intellektual 
kartalarning bir turidir. 
Intellektual karta - umumiy termin bo’lib, ishlatilish maqsadi, xizmat 
ko’rsatish to’plamlari, texnik imkoniyatlari, ishlab chiqargan instituti bilan 
farqlanadigan hamma kartalarni o’z ichiga oladi. 
Intellektual kartalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ular amaliy 
dasturlarda ishlatiladigan ma’lumotni o’zida saqlaydi. Bunday kartalarni binoga 
kiruvchi kalit, kompyuterga kiruvchi kalit, xaydovchilik guvohnomasi sifatida 
ishlatish mumkin. 

Download 56.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling