9-mavzu. Elektron tijorat tizimlari. Reja


Download 56.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.10.2023
Hajmi56.04 Kb.
#1714405
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu Elektron tijorat tizimlari.docx



9-mavzu. Elektron tijorat tizimlari. 
Reja:
1. Elektron tijorat asoslari.
2. Elektron tijorat tarkibiy qismlari.
3. Elektron tijorat texnologiyalari.
4. Elektron tijorat kategoriyalari.
5. Elektron tijorat muhim jarayonlari.
Internet – elektron tijoratning asosi 
Elektron tijorat nima? Bu texnologiya O’zbekistonga ham kirib keldi. 
Elektron tijorat – bu Internet orqali sotish va sotib olishdir. Uning imkoniyatlari 
turli tuman. Internet yordamida o’zingizga zarur kitob, kiyim, yoki kompyuter va 
xattoki oziq - ovqat mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin. Xo’sh Internet
qanday imkoniyatlarni yaratadi ? 
Bu texnologiya bir necha yillar davomida ravnaq topdi. Undan Dell, Cisco, 
IBM, HP, Oracle, Microsoft va Sun kompaniyalari juda keng ko’lamda 
foydalanishadi. Cisco kompaniyasi mahsulotlarni sotish faoliyatining ¼ qismini 
Internet orqali amalga oshiradi. 
Internetdan foydalanish sotuvchilarga qo’yidagi imkoniyatlarni beradi. 

Uzining maxsuloti va tovarini xalqaro va regional darajada reklama 
qilish. Bundan tashqari reklama o’z ichiga umumiy tariflar bilan 
birgalikda, tovarning rasmini, sotuvchi taklif qilayotgan chigirmalar 
hamda qo’shimcha ma’lumotlarni olishi mumkin 

Qo’shimcha biznes sheriklar orttirish maqsadida o’zining korxonasini 
reklama qilishi mumkin. 

Bozordagi narxlarni o’zgarishini tezkor kuzatib borishi mumkin; 

Invistrlar topish maqsadida o’zining loyixalarini reklama qilishi mumkin; 

Sotilayotgan tovarlar uchun internetdan buyurtma qabul qilish tizimini 
yaratishi mumkin; 

Elektron pochta orqali sotuv vakillari bilan tezkor aloqa o’rnatish xamda
biznes bo’yicha sheriklarni maьlumotlariga to’g’ridan to’g’ri kira olish 
imkoniyati yaratiladi. 
Sotib oluvchiga esa: 

Kerakli tovarni sotadigan korxonani tezkor topish; 

Bozordagi narxlar bilan tanishish, hamda kerakli tovarni sotadigan va 
narxi kanoatlantiradigan sotuvchini topish; 

Elektron pochta yordamida sotuvchi – firmaga aniq surovlar yuborish 
hamda javob olish

Tovar buyurtma qilish; 

Ekspiditor va transport xizmatini ko’rsatuvchilarni tanlash; 

YUkni olib kelishini buyurtma qilish; 

Tulovlarni amalga oshirish v.b. 
Sotuvchilar 
ham, sotib oluvchilar ham, Internetdan o’zlariga
kerakli maьlumotlar manbai sifatida foydalanishlari 
mumkin. 


Internetning tuzilishi xar doim takomillashtirilmoqda, imkoniyatlari esa 
kengaymoqda. Xozirda “Internet Help” deb nomlangan umuman yangi qidiruv 
tizimi yuzaga kelgan. Bu tizimning yangiligi shundaki, foydalanuvchi kerakli 
surovlarni oddiy tilda (yoki shevada) beradi. Bu surovnomalarni qabul qilgan 
operator shu surovnomaga taaluqli WEB-manzillarni yuboradi. 
Bugungi kunda Internet jadal tarzda nafaqat kompyuter texnikasi, balki 
boshqa texnologik jixatdan murakkab bo’lgan tovarlarni (telvizorlar, telefonlar) 
ishlab chiqaradigan korxonalarga ham kirib bormoqda. Bunday korxonalarning 
maqsadi – uy-jixoz bozori imkoniyatlaridan to’liq foydalanish. 
Shu sababdan kompyuter va mobil telefon texnologiyalaridan keng 
foydalaniladi, hamda virtual reallikga kirib borish vositalarini narxi tushiriladi, bu 
esa maьlumotlarga Internet orqali etishishni iqtisodiy imkoniyatini oshiradi. 
Natijada alternativ qurilmalarni afzalliklarini yo’qqa chiqishiga olib keladi. 
Misol tariqasida, Microsoft kompaniyasi muxandislari oldiga qo’yilgan 
masalalarni olishimiz mumkin: kompyuterni inson ovozi yordamida boshqarish, 
kompyuterlarda tasvir sifatini oshirish v.b. 

Download 56.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling