9-mavzu. Elektron tijorat tizimlari. Reja


Download 56.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana21.10.2023
Hajmi56.04 Kb.
#1714405
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu Elektron tijorat tizimlari.docx

Offlayn reklama. Offlayn reklama bu Internet- kompaniyalarning tovarlarini 
radio orqali reklama qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, Internet- kompaniyalar 
o’zining ishlash jarayonida o’z eьtiborlarini asosan radio, televizion, bosma 
reklamaga qaratishadi. YAngi elektron markani yaratish va firma imidjini orttirish 
uchun radioreklama juda xam mos xisoblanadi. Sababi radioreklama 
auditoriyasida 35-55 yoshgacha bo’lgan insonlar sanaladi. 
Qidiruv tizimlariga va kataloglarga ro’yxatga o’tish orqali reklama.
Katalog – bu tovarlarni topishga oson bo’lishi uchun bir tartib qilib yig’ilgan va 
spravochnik ko’rinishida chiqarilgan nashr. Kataloglar odatda bir necha katalog 
ostilarga bo’linadi, ular esa o’z navbatida direktivalarga ajratiladi. Bunday 
kataloglarda ro’yxatdan o’tish uchun kerakli ularning WEB saxifasida 
ko’rsatilgan amallarni bajarish kerak. 
Elektron savdo- sotiqning barqarorligi ko’p xollarda axborot oqimining 
doimiyligi bilan aniqlanadi. 
Firma Internet orqali elektron savdo- sotiq bilan shug’ullansa, unda bu firma 
o’zining raqobatbardoshligini oshiradi. Shu bilan bir qatorda firmaning xizmat 
ko’rsata olish chegaralari ancha kengayadi. 
Interaktiv 
biznesni 
qullab-quvvatlanishini 
asosiy 
faktori 
sifatida 
kelishuvlarni va moliyaviy operatsiyalarni bajarish uchun juda kam vaqt ketadi. 
Internet – logistika 
Logistika qo’yidagi oqimlar bilan ishlaydi. 

Tovar ko’rinishida maxsulotlar oqimi yoki material oqim 

Xizmatlar oqimi 

Axborot oqimi 

Turistlar oqimi 

Ishchi kuchi oqimi 

Bank maxsulotlari oqimini, sug’urta oqimini, invistitsion oqimini o’z 
ichiga oluvchi moliyaviy oqim . 
Biznes-logistika yuqorida aytilgan oqimlarni boshqaradi. Boshqacha qilib 
aytganda, berilgan vaqtda aniq tovarni talab va taklifni koordinatsiya qilish va 
xarakatiga yordam beruvchi su’bekti ishining menejmentidir. 
Biznes –logistika kontsepsiyasi menejmentning integral quroli sifatida 1960 
y. AQSHda yaratilgan. Shu yo’l bilan logistika fani, biznes-logistikani tariflovchi 
amaliy ishi uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. 
Internet rejimida biznes-logistika, tadbirkor shaxs va kompyuter o’rtasida 
birgalikdagi biznes-logistika amallari asosidagi logistikani tashkil qiladi. 
Bunday logistika “Internet biznes-logistika” yoki qisqa qilib “Internet - 
logistika” deb ataladi. 


Internet logistikaga kompyuter, protsessor va internet yaratilganda asos 
solingan. 
Mikroprotsessor texnikasining rivojlanishi va ularni mamlakatlarda iqtisod 
sohasiga kirib kelishi axborot-kompyuter texnologiyalarining revolyutsiyasiga 
asos bo’ldi. Bugungi kunda elektron axborot bozor iqtisodining asosiy elementiga 
aylandi. Internet ma’lumotlar bazasi va banklarini, elektron shartnomalar tizimi 
va standartlarini yaratishga muljallangan. 
Demak, elektron tijorat – bu Internet orqali sotish va sotib olishdir. 
Sotuvchilar ham, sotib oluvchilar ham, Internetdan o’zlariga kerakli maьlumotlar 
manbai sifatida foydalanishlari mumkin. 
Sotib oluvchi sotuvchi bilan pul o’tkazish yo’li bilan xisoblashishi 
jarayonida nakd pul ishtirok etmaydi, faqatgina sotib oluvchi xisob raqamidan 
sotuvchining xisob raqamiga pul ko’chiriladi. 
Intellektual karta - umumiy termin bo’lib, ishlatilish maqsadi, xizmat 
ko’rsatish to’plamlari, texnik imkoniyatlari, ishlab chiqargan instituti bilan 
farqlanadigan hamma kartalarni o’z ichiga oladi. 
Intellektual kartalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ular amaliy 
dasturlarda ishlatiladigan ma’lumotni o’zida saqlaydi. Bunday kartalarni binoga 
kiruvchi kalit, kompyuterga kiruvchi kalit, xaydovchilik guvohnomasi sifatida 
ishlatish mumkin. 
Nazorat uchun savollar? 
1. Elektron tijorat asoslari.
2. Elektron tijorat tarkibiy qismlari.
3. Elektron tijorat texnologiyalari.
4. Elektron tijorat kategoriyalari.
5. Elektron tijorat muhim jarayonlari.
6. Elektron to`lov jarayonlar tijorat dasturiy ilovalari.
7. Elektron tijorat tendensiyalari.
8. Biznes-iste’molchilar uchun elektron savdo.
9. Veb-do`konga qo`yiladigan talablar.
10. Business-to-Business elektron tijorat.

Download 56.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling