9-mavzu. Gidravlik bog`lovchi moddalar Ma’ruza rejasi
Download 1.1 Mb.
|
9-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinker ishlab chiqarish.
- Ho‘l usulda
Klenkerning mineralogik tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasi.
Klinker. Portlandsementning sifati klinkerning xususiyatlariga bogliq. Klinkerning xossalari xom ashyoning turi, uni kuydirish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Klinker tarkibini ko‘plab oksidlar erkin va minerallarga birikkan holda tashkil qiladi. U, asosan, kristall va qisman shishasimon tuzilishga ega. Klinkerning kimyoviy tarkibini quyidagi oksidlar tashkil qiladi (massa bo‘yicha, %): CaO-63-66, SiO2 - 21-24, AL2O3.,- 4-8, Fe2O3-2-4; bundan tashqari, oz miqdorda MgO, SO2, Na2O va K2O hamda TiO2, Cr2O3,P2O2. Asosiy 4 oksidlar miqdori klinkerning 95–97% ni tashkil qiladi. Klinkerni kuydirish jarayonida oksidlar qayta birikib silikatlarni, aluminatlarni, alumoferritlarning kristall strukturasini tashkil etadi. Klinker mineral tarkibiga alit, belit, uch kalsiyli silikat, to‘rt kalsiyli alumoferrit kiradi. Klinker ishlab chiqarish. Klinker xom ashyo tarkibini 75–78% ohaktosh va 22–25% giltuproq tashkil etadi. Xom ashyo tarkibini boyitish uchun tarkibiy oksidlarning birini tashkil etuvchi komponentlar kiritiladi. Kremniy oksidning miqdorini oshirish uchun kolcliedan ogarkalari yoki rudasi qo‘shiladi. Bundan tashqari, shlak, toshko‘mir kuli va shu kabilar ishlatiladi. Ularning tarkibida 50–60% CaO; 25-30% SiO2; 2-5% A12O3; 3-8% boshqa oksidlar bo‘ladi. Bu komponentlarning sement tarkibiga kiritilishi yoqilg‘i sarfini 20-25% kamaytiradi.
1-rasm. a- ohaktosh, b- giltuproq, v- Klinker. Klinkerni kuydirishda tabiiy gaz, toshko‘mir kukuni, mazut va aralash yoqilg‘ilar ishlatiladi. Gaz yoqilganda klinker toza kuydiriladi, ko‘mir va mazut yoqilganda klinkerda 10-20% nokerak aralashmalar hosil bo‘ladi. Sement ishlab chiqarish quyidagi jarayonlardan iborat: ohaktosh va giltuproqni zavodga keltirish; xom ashyoni tayyorlash; xom ashyoni kuydirib klinker olish; gips va 15% gacha gidravlik qo‘shimchalar qo‘shib klinkerni tuyish; sementni omborxonaga joylashtirish. Xom ashyo 3 usulda tayyorlanadi: quruq, ho‘l va kombinatsiyalashgan usullar. Ho‘l usulda xom ashyo komponentlari turli usullarda maydalanib aralashtiriladi va suv (35-45%) ishtirokida tuyiladi. Uning tarkibidagi oson eruvchan ohaktosh va giltuproq mayin shlam majmuani hosil qiladi. Ho‘l usulda yoqilg‘i sarfi quruq usulga nisbatan 1,5–2 marta ko‘p sarflanadi. Bu usulda ohaktosh karyerdan keltiriladi, jag‘li va to‘qmoqli maydalagichlarda 5 mm kattalikgacha maydalanadi. Giltuproq loy aralashtirgich ezg‘ilanadi. Maydalangan ohaktosh va giltuproq birgalikda sharli tegirmonlarda suspen-ziya holatigacha tuyiladi. Sharli tegirmon uzunligi 15 m, diametric 3.2 m bo‘lgan, po‘latdan ishlangan silindr bo‘lib, ichi 3 bo‘lakka bo‘lingan. Xom ashyo ichi bo‘sh vallar orqali bosim ostida bir tomondan beriladi, ikkinchi tomondan esa olinadi. Tegirmon ichida 1 va 2 bo‘lmalar polat yoki cho‘yan sharlar bilan, 3 bo‘lma silindrchalar bilan toldiriladi. Quvursimon tegirmon-lar to‘xtovsiz ravishda soatiga 30–50 tonna xom ashyoni shlam massasiga aylantiradi. Shlam nasoslar shlambasseynlarga yuboriladi va 5–7 kunlik zaxira miqdorida saqlanadi. Basseyndan shlam o‘lchovli ta'minlovchi orqali aylanma xumdonlarga uzatiladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling