9-mavzu. Gidravlik bog`lovchi moddalar Ma’ruza rejasi
Download 1.1 Mb.
|
9-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kombinatsiyalashgan usulda
- Portlandsementning maxsus turlari
- O‘ta tez qotuvchan sement (OBTS)
Quruq usulda klinker siklonli issiq almashinuvchi reaktordekarboniza-torlarda bir texnologik tizimda 3000 tonnagacha klinker kuydiriladi. Bu usulda yoqilg‘i hol usulga nisbatan 30–40% kam sarflanadi. Quruq usulda ohaktosh va giltuproq tegirmonda 1–2% qoldiq namlikgacha maydalanadi.
Kombinatsiyalashgan usulda ho‘l usulsingari bo‘lakchalar tayyorlanadi, quritiladi va quruq usulga binoan kuydiriladi. Bunda yoqilg‘I ho‘lusulga nisbatan 20-30% kam sarflanadi 2-rasm. Portlandsement ishlab chiqarish sxemasi: 1 – giltuproq v;j ohaktosh karyerdan keladi; 2 – xom ashyoni tayyorlash; 3 –dozator; 4 –aylanma xumdon; 5 - yoqilg‘i uzatish; 6 –klinkerni uzatish; 7 –klinker omborxonasi; 8 –gipsni maydalash va dozirovkalash; 9 –gips omborxonasi; 10 –klinkerni (gipsni) maydalaydigan quvursimon tegirmon; 11 –pnevmatik nasos; 12 –kompressor; 13 –sement omborxonasi (siloslar); 14 –semenlni qoplash. Portlandsementning maxsus turlari Maxsus turdagi sementlar ishlatish sohasidan, xossalarni boshqarishdan, sanoat chiqindilarini ishlatish, klinkerni tejash muammolaridan kelib chiqadi. Tez qotuvchan sement (BTS) - tarkibida alit (C3S) va belit (C3A) mine-rallarining yig‘indisi, klinker 60-65% dan kam bo‘lmasligi, mineral qo‘shimchalar esa 15% bo‘lishi kerak. BTS 3 sutka davomida markadagi mustahkamlikning 50% iga erishadi. Tez qotuvchan sement solishtirma yuzasi 3500-4000 sm2/g gacha maydalanadi va 400, 500 markalarda ishlab chiqariladi. O‘ta tez qotuvchan sement (OBTS) - tarkibidagi alit (C3S) 65-68%, belit (C3A) 18%, maydalik darajasi 4000 sm2/g bo‘ladi. OBTS 1 sutka 35%, 3 sutka 65% markadagi mustahkamlikka erishadi. Bu turdagi sementlar yirik yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarishga, gidratatsiya paytida ko‘p issiqlik ajratishi esa qishki mavsumda beton ishlarini bajarishga imkon yaratadi. Lekin issiqlikning ko‘p ajratishi bu sementlarni massiv konstruksiyalarda ishlatishda qiyinchilik tug‘diradi. OBTS tarkibida C3A ning ko‘p bo‘lishi sulfoaluminatli korroziya ehtimoli bor joylarda beton ishlarini olib borishga imkon bermaydi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling