9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Korrupsiya shakllanishining tarixi


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

 
Korrupsiya shakllanishining tarixi Korrupsiya muammosi va unga qarshi 
kurash masalasi hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. 
CHunki bu illatning keng quloch yoyishi o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Korrupsiya xususan, demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi, 
iqtisodiy rivojlanish-ning sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va oqibatda 
barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, 
hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab 
bo‘ladi. 
SHuning uchun poraxo‘rlikka qarshi har bir davlat o‘z holicha kurashib keladi 
va qaysidir davlatda korrupsiyaga deyarli barham berilgan bo‘lsa, yana qaerdadir 
bu illat “gullab-yashnash”da davom etmoqda.


Korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish namunasi sifatida Singapurdagi 
islohotlarni ko‘rsatish mumkin. Bu davlat qisqa vaqt ichida Osiyoning qoloq 
mamlakatidan dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylandi. Buning 
zamirida esa korrupsiyaga qarshi kurash yotadi. 
Hukumat bu borada maxsus dastur ishlab chiqqan bo‘lib, unga ko‘ra barcha 
darajadagi amaldorlarning faoliyati to‘liq shaffof bo‘lishi ta’minlandi. Barcha 
darajadagi amaldorlarning fuqarolar bilan munosabatlarida tizimli nazorat 
o‘rnatildi va turli byurokratik to‘siqlar olib tashlanishi uchun bu munosabatlar 
mexanizmi takomillashtirildi. 
Bundan tashqari, barcha mansabdorlarning maoshlari sezilarli darajada 
oshirildi, sud tizimi mustaqilligi ta’minlandi, pora olganlik va berganlik uchun jazo 
keskinlashtirildi. SHu bilan bir vaqtda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi haqida 
jamoatchilikni xabardor qilib turuvchi mustaqil OAV shakllantirildi. 
Singapur etakchisi Li Kuan YUning korrupsiya ustidan g‘alaba qozonishni 
istagan inson o‘z qarindoshlari va yaqin do‘stlarini ham qamashga tayyor bo‘lishi 
kerakligi haqidagi mashhur iborasi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash 
ayovsiz bo‘lganidan dalolat beradi.
O‘zbekiston 2008 yil 7 iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish 
konvensiyasiga, 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti 
doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 
10 sentyabr) qo‘shilgan. SHuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni 
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha 
Evroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 
dekabrda ratifikatsiya qilingan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev: 

Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling