9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


“Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

“Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa 
huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga 
jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda 
ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” ligini qayta-qayta 
uqtirib, “Xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun 
qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz 
birinchi darajali vazifamiz hisoblaymiz” deb, ta’kidlamoqda. Ana shu maqsadda 
davlatimiz 
rahbarining 
tashabbusi 
bilan 
O‘zbekiston Respublikasining 
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni ishlab chiqildi. 
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun Qonunchilik palatasi 
tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil 
13 dekabrda ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 
yil 3 yanvarda imzolangan va 2017 yil 4 yanvarda matbuotda e’lon qilingan bo‘lib, 
6 bob, 34 moddadan iborat.
Ushbu qonunning 3-moddasida korrupsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan:
Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy 
manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki 
nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi 
shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish. 


4-moddada Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari keltirilgan. 
Ular quyidagilardan iborat: 
 qonuniylik; 
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; 
 ochiqlik va shaffoflik; 
 tizimlilik; 
 davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; 
 korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; 
 javobgarlikning muqarrarligi. 
5-moddada Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining 
quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilangan: 
 aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda 
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; 
 davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga 
doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
 korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek 
qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni 
bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun 
javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash. 

Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling