9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Texnopessimizm fan texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk ko’chaga olib 
kiradiva pirovardda u halok bo’ladi deb hisoblaydi. Ko’rib chiqilayotgan 
nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga
xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma’lum darajada e’tibor 
bergan bo’lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-
yillarning o’rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. CHunki, fan-texnika 
taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi.
Ayni zamonda 1960-yillarning oxirlaridan ekologik qiyinchiliklardan tashqari 
aksariyat davlatlar va hatto qit’alarga tahdid solgan boshqa muammolar: aholining 
nazoratsiz o’sishi, turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining 
notekisligi, xom ashyo resurslari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va 
boshqalar tobora bo’rtibroq namoyon bo’la boshladi. Tez orada ular fan va falsafa 
diqqat markazidan o’rin olib, qizg’in bahs va munozaralar predmetiga aylandi.
Ko’rsatilgan muammolarni falsafiy tahlil qilish borasidagi dastlabki 
urinishlarning o’ziyoq texnokratik tendentsiyalarga zid bo’lgan, keyinchalik 
«texnologik 
pessimizm» 
deb 
nomlangan 
qarashlarni 
namoyon 
etdi. 
«ekopessimizm», asosiy e’tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit 
muammolariga qaratilgan, ularni yechish imkoniyatlari salbiy tusda ko’rilgan 
holdir.
Ko’pgina taniqli olimlar va faylasuflar, xususan G.Markuze, T.Rozzak, 
P.Gudmen va boshqalar o’z o’tmishdoshlarini shafqatsiz stsientizmda
4
, insonni fan 
va texnika quliga aylantirishga urinishda ayblab, fan-texnika taraqqiyotiga qarshi 
chiqdilar. Fan-texnika taraqqiyotiga va umuman ijtimoiy taraqqiyotga qarshi 
norozilikning Yangi to’lqini yuzaga kela boshladi. Bu to’lqin ta’sirida paydo 
bo’lgan g’oyalar «aksiliste’mol» jamiyatini asoslashga harakat qilar va «o’rtacha 
odam»ni ozginaga qanoat qilish lozimligiga ishontirishga qaratilgan edi. Global 
muammolar paydo bo’lishining aybdorini topishga urinish jarayonida asosiy ayb 
«zamonaviy texnologiya»ga qo’yildi. Nafaqat fan yutuqlari, balki taraqqiyot 
g’oyasi ham shubha ostiga olindi. O’z davrida J.J.Russo ilgari surgan «tabiat 
bag’riga qaytish»ga chorlovlar paydo bo’ldi, iqtisodiy rivojlanishni erishilgan 
darajada «to’xtatish» taklif qilindi.

Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling