9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning to’rt


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning to’rt 
asosiy tipini farqlash mumkin.
Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo’lishi mumkinligini 
ko’rsatish uchun tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo’nalishda yuz beradi, 
kelajakning muayyan davrida prognoz ob’ektining holati qanday bo’lishi mumkin, 
degan savollarga javob beradi.
Normativ prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo’llarining oqilona 
tashkil etilgan tahlili. Bu prognoz obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi
chunki unda o’rganish teskari yo’nalishda – kelajakdan hozirgi davrga qarab 
amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo’yilgan maqsadlarga erishish yoki 
qo’yilgan vazifalarni yechish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga 
javob beradi. Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar 
xususiyatini butunlay o’zgartirishga qodir bo’lgan g’oyalar, gipotezalar, farazlar, 
axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va mo’ljallar amal qiladi.
Analitik prognoz kelajakni o’rganishning turli metodlari va vositalarining 
bilishga doir qimmatini ilmiy maqsadlarda aniqlash uchun tuziladi.
Prognoz-ogohlantirish kishilarni ehtimol tutilgan kelajakning masalan, yuz 
berishi kutilayotgan ekologik halokatlarning oldini olishga majbur qilish 
maqsadida ularning ongi va xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko’rsatish uchun ishlab 
chiqiladi.
SHuni qayd yetish lozimki, prognozlarning asosiy tiplari o’rtasidagi farq 
shartlidir; ayni bir konkret ijtimoiy prognozda bir necha turdagi belgilar mavjud 
bo’lishi mumkin.
SHunday qilib, ijtimoiy hayotni tartibga solishning ijtimoiy qonun, zaruriyat, 
ehtiyoj, manfaat, muammo, maqsad, vazifa, ideal, norma, kishilar faoliyatining 
tamoyili vositalaridan ongli ravishda foydalanish zamirida prognoz qilish yotadi. U 
bilishni amaliyot bilan bog’lovchi bo’g’in sifatida amal qiladi, fanning nazariyani 
kundalik hayot bilan, bilishning amaliy voqeligi bilan uzviy bog’lovchi funksiyasi 
hisoblanadi. Ilmiy boshqarish, xususan, uning muhim funksiyalaridan biri – 
rejalashtirish prognoz qilishga asoslanadi. Prognoz qilish yuz berishi muqarrar 
bo’lgan yoki ehtimol tutilgan maqbul ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni ham
nomaqbul ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni ham shakllantiradi.

Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling