9-mavzu: Ijtimoiy soliq


Ijtimoiy soliqni solish obyekti hamda soliq bazasi


Download 352.21 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1534198
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu. Ijtimoiy soliq

Ijtimoiy soliqni solish obyekti hamda soliq bazasi
Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi:
- ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo’lganligi yoki sog’ligiga boshqacha shikast etganligi bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash tarzidagi, Soliq kodeksi 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari, ya’ni:
- jabrlanuvchi mehnatda mayib bo’lguniga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to’lovlar (voyaga etmagan shaxs mehnatda mayib bo’lib qolgan taqdirda, zararning o’rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam bo’lmagan miqdorda qoplanadi);
Ijtimoiy soliqni solish obyekti hamda soliq bazasi
- maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo’shimcha xarajatlar uchun oyiga mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi miqdoridagi to’lovlar;
- jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo’shimcha xarajatlar tariqasida har oyda mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdoridagi to’lovlar;
- xodimning sog’lig’iga shikast etkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo’la to’lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o’rtacha ish haqi miqdoridagi to’lovlar;
Ijtimoiy soliqni solish obyekti hamda soliq bazasi
- paxta yig’im-terimi bo’yicha mavsumiy qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to’lashga doir xarajatlar.
Soliq kodeksining 404-moddasiga muvofiq, ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi Soliq kodeksining 371-moddasi (Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar)ga muvofiq to’lanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
Ijtimoiy soliqni solish obyekti hamda soliq bazasi
O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning O’zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq to’lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi.

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling