9-mavzu: Ijtimoiy soliq
Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Download 352.21 Kb.
|
9-mavzu. Ijtimoiy soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvar «Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, PQ-104-son Qarori
- 80 foizini eksport
Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar tomonidan yil yakunlari bo’yicha soliqning hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etiladi. Soliqni to’lash har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvar «Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, PQ-104-son Qarori 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash. Bunda: - mazkur soliq imtiyozi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan, agar ularning mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi; - mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to‘xtatiladi hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvar “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-53-son farmoni 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarning kamida 80 foizini eksport qilgan korxonalarga: - ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash; - mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish huquqi beriladi. Bunda, soliqni kechiktirish muddati tugaganidan so‘ng soliq qarzi va hisoblangan foizlar kechiktirish muddatiga teng muddat mobaynida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq 2023 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to‘liq qoplab berilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Download 352.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling