Hujjat va uning turlari
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir.
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi:Tuzilish o‘rniga ko‘ra:
ichki hujjatlar - ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlar;
tashqi hujjatlar – boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar.
Hujjat va uning turlari
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir.
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi:
Tuzilish o‘rniga ko‘ra:
ichki hujjatlar - ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlar;
tashqi hujjatlar – boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar.
Mazmuniga ko‘ra:
sodda hujjatlar – bir masalani o‘z ichiga oladi;
murakkab hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra:
xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga xos, betakror, erkin bayon;
namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi;
qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.
Tegishlilik jihatiga ko‘ra:
xizmat hujjatlari muassasa yoki mansabdor shaxslar tomonidan tayyorlanadi (bayonnoma, tavsifnoma, dalolatnoma va sh.k);
shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yoziladi (shaxsiy ariza, shikoyat, ishonchnoma, tarjimayi hol va sh.k).
Do'stlaringiz bilan baham: |