Tayyorlanish xususiyati va darajasiga ko‘ra:
qoralama;
asl nusxa;
ikkinchi nusxa (dublikat);
ko‘chirma.
Xizmat mavqeyiga ko‘ra:
tashkiliy hujjatlar – nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar;
farmoyish hujjatlar – buyruq, ko‘rsatma, farmoyish;
ma’lumot–axborot hujjatlar – dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma va sh.k;
xizmat yozishmalari mazmunan xilma – xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat xati kabilar aks ettiriladi. Shu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqador.
Т A R J I M A Y I H O L
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimayi hol deyiladi. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol)
2. Matn:
a) muallif ismi va otasining ismi, familiyasi;
b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi, ijtimoiy kеlib chiqishi;
c) millati;
d) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (ismi va otasining ismi, familiyasi va ish joyi, lavozimi);
e) ma’lumoti (qayеrda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi);
f) ish faoliyatining turlari;
g) oxirgi ish joyi va lavozimi;
j) mukofot va rag‘batlantirishlar;
z) jamoat ishlarida ishtiroki;
i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
k) pasport ma’lumotlari;
l) turar joyi (uy adrеsi), tеlеfoni.
3. Sana.
4. Imzo.
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologik) asosida, aniq sanala bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) bеriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kеrakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |