9-mavzu: Investitsiya loyihalarini tijorat tahlili reja


Download 56.4 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi56.4 Kb.
#1003080
  1   2   3
Bog'liq
13 mavzu












9-mavzu: Investitsiya loyihalarini tijorat tahlili


REJA:



  1. Investitsiya loyihalarini tijorat tahlilining o‘ziga xos xususiyatlari. Tijorat tahlili va uning yo‘nalishlari.

  2. Ishlab chiqarish xarajatlari tahlili hamda loyiha marketingi tahlili.

  3. Foyda me’yorini ta’minlovchi moliyaviy xarajatlar va daromadlar nisbati. Tijorat tahlili uslubiyoti.



1.Investitsiya loyihalarini tijorat tahlilining o‘ziga xos xususiyatlari. Tijorat tahlili va uning yo‘nalishlari.


“Loyiha sikli” tushunchasiga loyihani turli ishlab chiarish va amalga oshirish bosqichlari kiradi. Misol uchun 6 ta jahon mamlakatlarining asosiy bosqichlari keltirilgan: masalani aniqlash; ishlab chiqarish; ekspertiza(tajriba) o‘tkazish; muloxazalar olib borish; amalga oshirish va baholash. Siklning birinchi bosqichiga asos bo‘lib hisoblangan g‘oyalarni tanlashga tegishli bo‘lib, ular eng muhim tarraqqiyot masalalarini bajarilishini ta’minlaydi. Loyihaning bunday g‘oyaviy ruyxatga qurilish loyihalari, kreditor bilan ta’minlanish va boshqa ishbilarmonlikdagi faollik taraqqiyoti siyosatini o‘zgarishi, boshqaruvdagi o‘zgarishlar tadbiri, hamda taraqqiyot masalasiga erishishni boshqa vositalari kiradi.
Ushbu bosqichda iqtisodiy taraqqiyot maqsadini bajarishda kumaklashuvchi barcha mavjud g‘oyalar ruyxati tuzilishi kerak. Loyiha bosqichlari bo‘yicha xarakatlanganimiz sari, usib boruvchi jiddiylik bilan tadbirlarni nixoyasiga yetgan kombinatsiyaning loyiha maqsadiga erishishni eng yaxshi yo‘l bilan ta’minlanishini belgilaydi. Birinchi bosqichda, loyihani amalga oshirilishida keladigan daromad uni ishga tushirilish xarajatlaridan ortiq bo‘lishi sharti bilan bo‘lishi kerak.
Shunday qilib loyiha siklining birinchi bosqichini iqtisodiy taraqqiyot maqsadini aniq ifodalanishidan boshlanadi va shu bilan birga Jahon bankining iqtisodiy siyosatini sektori tahlili bir tomondan va jahon banki tomonidan loyihaga kredit ajratilishi oralig‘idagi ko‘prikni tashqil qiladi. Iqtisodiy siyosat tahlili iqtisodiyot taraqqiyotini ustivor maqsadlari dasto‘rini belgilash va bu masalalarni yechishda siyosatda va raxbarlikda qanday o‘zgarishlar talab qilishi bo‘yicha izlanishlar olib borishni uz vazifasi deb biladi.
Loyihani tijorat jihatlari loyiha uchun sarflanadigan resurs va xizmatlarga va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotilishiga (marketingi) tegishli tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Loyiha g‘oyasi siklni birinchi bosqichdan o‘tgandan so‘ng (vazifalarini aniqlash) g‘oyani ko‘rib chiqilishini davom ettirish kerakli yoki yuqligi xaqida qaror qabul qilishi zarur.
Loyihani ishlab chiqarish sikli birinchi bosqichda taklif qilingan g‘oyalarni, ularni izchil o‘rganishlar olib borish hisobiga torayishlar borishini uz ichiga oladi. Birinchi turdagi izlanishlar shular jumlasidan bajariladigan muxandislik loyihalashtirilishni, iqtisodiy va moliyaviy amalga oshirilishi, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun ma’muriy boshqaruv tizimini ko‘rib chiqish va uni so‘nggi ishlatilishda atrof muxitni ximoya qilish nuqtai nazaridan muqobil variantlarni baholash boshqalar. Loyihani amalga oshirishdagi turli yondashuvlar xaqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lganimiz sari nobob variantlarni chetlashtirib tanlab olingan loyihalarni elementlarini jiddiylik bilan erishamiz. Ekspertiza, loyihani hamma tomonlarini, uni moliya bilan ta’minlanishiga talab qӯyilishi oldindan qat’iy baholashni amalga oshiradi. Loyihaning ishlanishi oxirgi bosqichida uni maqsadga muvofiqligini va amalga osha olishini aniq asoslanishini tayyorlaydi. Buning uchun loyihaning eng ko‘p daromad keltiradigan tarkibiy kismlari aniqlanadi. Ekspertiza bosqichida asosiy diqqat e’tibor muqobil variantda jamlanadi va iqtisodiy samara va xarajatlarni noaniqlik omillarini va ular bilan bo‘lib tavakkalchilik hamda boshqaruvdagi yoki strategiyadagi, loyihani amalga oshirishda talab qilinadigan xar qanday o‘zgarishlar batafsil o‘rganiladi.
Loyihani vazifasini aniqlashdan boshlanadigan jarayon ishlab chiqarish va ekspertiza bosqichlarida ham davom etadi va pirovard natijada uni amalga oshirish uchun mablag‘ olish imkonini xal qilishga olib keladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bu sillik va birin-ketin bajariladigan jarayon bo‘lmay, balki inversiyadir. Unda utib ketilgan bosqichlarga yana kaytish avval ifodalangan goyalarni o‘zgartirish muqobil variantlarni amaldagilar bilan ularni nisbiy qiymati va daromadliligini taqqoslash yo‘li bilan loyihani turli darajadagi aniqlikda texnik, ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy, moliyaviy va tashqiliy tomonlarini tahlil qilish bilan amalga oshiriladi.
Loyihalarni maqsadlarini va ularga erishish vositalarini aniqlashtirish, loyiha faoliyatida muhim kismini tashqil qiladi. Aniqlashtirish turli yo‘llar bilan olib boriladi. Masalan, ishlab chiqarishni vazifalari aniq bo‘lib, bosqichma-bosqich ma’lum mahsulot to‘rini ishlab chiqarishni ko‘paytirib borishdan iboratdir.
Loyihani oldindan amalga oshish yoki oshmasligi, tahlil qilingan yoki qilinmaganligidan kat’iy nazar, amalga osha olishini asosiy tahlilini loyiha ishlab chiqilishi jarayonining markaziy negizini tashqil qilishi kerak bo‘ladi. Loyiha masalalari turli yo‘llar bilan aniqlanadi. Ba’zi loyihalar goyasi xoqimiyat yoki sanoat tarmokiga karashli investitsiyalarni rejalashtirishda yuzagakeladi. Boshqa loyihalar esa amaldagi loyihalarni davomi yoki taraqqiyoti hisoblanadi. Loyihalarni yana bir guruhi uzoq muddatli tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash uchun avvaldan keltirilgan tadbirlar majmuasini bir kismi sifatida tarmok yoki ulka iqtisodida tuziladi. Loyihalarni yana bir manbai sifatida kredit beruvchilar bilan milliy yoki tarmok iqtisodini taraqqiyoti infratarkib loyihalari uchun taalukli bo‘lgan jiddiylik va tizimli yondashuv uni hamma loyihalar uchun kerakli qiladi, oddiy va qaytariladigan kapital mablag‘lar kiritish bundan mustasno.
Loyihani amalga osha olishi tahlili loyihani olib borish va kerakli loyiha maqsadiga erishishda qanday variantni afzal ekanligini belgilab berishi kerak.
O‘z-o‘zidan tushunarli bo‘lib to‘rgan ushbu holdagi tahlil amalga oshishini aniqlash uchun yoki loyihani tulaligicha asolash uchun uni barcha asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha, ya’ni texnik rejasi, atrof muxitga ta’siri, bozor samarasi, tashqiliy tarkiblar, ijtimoiy va madaniy tomonlar, moliya va iqtisodiy qiymati va boshqalar kerak bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlarni xar biri umumiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi uchun tahlil qilinadi va asta sekinlik bilan yaqinlashish usuli ishlatiladi. Masalan, ishlatilishi mumkin bo‘lgan talab bilan loyihani amalga oshiruvchi tashkilotni ma’muriy imkoniyatlariga hamda so‘nggi ishlab chiqaruvchi va istemolchilarni moddiy an’analari va ijtimoiy huquqiga bog‘liqdir.
Loyihaning aniq goyalari moliyaviy vosita olish uchun yetarli yoki yetarli emasligini belgilash, loyihani vazifasi hisoblanmaydi. Tahlilni imkonli yechimidan yeng yaxshisi o‘ziga xos tarzda tanlab olish va loyihaning bu sharoitlarini ko‘rinishini o‘zgartirilishini ko‘rsatishdan iboratdir.
Ko‘rsatilgan umumiy tavsiflardan tashqari loyihalarni amalga oshishini tahlil qiluvchi loyihalar usuli kabi bir-biridan katta farq qiladi. Loyihani tahlilini ko‘lami va davomiyligini shunday omillar bilan, ya’ni loyiha uchun tavsifli majmuaviylik loyiha xakida nimalar ma’lum va ular innovatsion bo‘lib hisoblanadimi yoki utmishdagi loyihalarni takrorlaydimi kabilar bilan aniqlanadi. Loyihalarni amalga oshirilishini tahlili bir necha oy, yil davom etishi mumkin.
Tahlil o‘tkazishga ketadigan xarajatlar bir necha ming AKSh dollaridan(oddiy loyiha bo‘ladigan bo‘lsa) to bir necha million dollarga yetishi mumkin(murakkab loyihalar bo‘lsa). Loyihaning tahlilini amalga oshirayotgan davlat, salmokli pul vositalarini loyiha ishlanishi uchun talab qilishi mumkin. Shu sababli bu kabi xarajatlar o‘rinlimi yoki yo‘qmi degan savol tugilishi tabiy. Loyihaning tahlili rejasini bajaruvchi shaxslar shuni esda tutishlari kerakki, barcha xarajatlarni va pul vositalarini iqtisod qilishga o‘rinishlari o‘rinsizdir, chunki loyihani amalga oshishi va daromadni ko‘payishi hisobiga o‘zini ko‘p martalab oqlashi mumkin.
Resurslarni yetkazib berish bitimi juda muhim, chunki samarasiz sotib olish faoliyati yuqori harajatlarga va loyihadan daromad olishini sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Mahsulot yetkazib berishiga tuzilgan bitim ekspertizasi davlat va loyihani o‘ziga xosligi to‘g‘risida axborot berdi.



Download 56.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling