9-mavzu: Investitsiya loyihalarini tijorat tahlili reja


Ishlab chiqarish xarajatlari tahlili hamda loyiha marketingi tahlili


Download 56.4 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi56.4 Kb.
#1003080
1   2   3
Bog'liq
13 mavzu

2.Ishlab chiqarish xarajatlari tahlili hamda loyiha marketingi tahlili.
Loyihaning kelgusi hayotiyligini aniqlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining bashorati juda muhimdir.
Xarajatlar tarkibi va uning muhim moddalari tahlili, shuningdek o‘xshash loyihalarni tanqidiy tarzda taqqoslash investitsiyalarni moliyaviy jihatdan amalga oshirish bashoratlari va istiqbolli harakatlarini baholashning aniqligi va ishonchliligini oshirishning samarali vositasi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari to‘liq yillik xarajatlar kabi va mahsulot birligiga nisbatan nisbiy yillik xarajatlar sifatida hisoblanishi lozim.
Ishlab chiqarish xarajatlari loyihadan manfaatdor moliyaviy tashkilotlar va investorlar uchun gorizont rejalashtirishga mos keluvchi ishlatilish davri va quvvatlardan foydalanishning turli xil darajalari bo‘yicha aniqlanishi lozim.
To‘liq ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarning barcha elementlari rejalashtirishning butun davri va ishlab chiqarish dasturiga muvofiq holda rejalashtirilishi va loyihalashtirilishizarur.
Ishlab chiqarish xarajatlarining doimiy va o‘zgaruvchan bo‘limlari va mahsulot ishlab chiqarishning rejalashtirilgan darajaga chiqishidagi ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlab olgandan so‘ng doimiy xarajatlarning, haqiqatda, o‘zgarishsiz qolishini nazarda tutgan holda o‘zgaruvchan xarajatlarni quvvatlardan foydalanish foizlariga (darajasiga) proporsional ravishda o‘zgartirib turish mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdorini olish uchun barcha xarajat elementlarini birgalikda umumlashtirish lozim.
Umumishlab chiqarish va ma’muriy ustama xarajatlari summasi loyihaning ishlatilish (ekspluatatsiya) xarajatlari sifatida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari o‘z ichiga quyidagi moddalarni qamrab oladi:
- materiallar (asosan, o‘zgaruvchan xarajatlar), ya’ni xom ashyo, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish materiallari, ehtiyot qismlar;
- ishchi kuchi (ishlab chiqarishdagi xodimlar);
- ishlab chiqarish elementlari va mehnatning turlariga bog‘liq holdagi doimiy yoki o‘zgaruvchan xarajatlar;
- umumishlab chiqarish ustama xarajatlari (ya’ni, doimiy xarajatlar).
Amortizatsiya xarajatlari – bu har yillik sof daromad (foyda va zararlar hisoboti) hisobotida aks etuvchi ajratmalar va ular asosiy kapitalning ishlab chiqarishda ishlatilishi xarajatlari holida emas, aksincha, investitsion faza mobaynidagi real pul chiqimi uchun amalga oshiriladi. Ular o‘zlarini ishlab chiqarish yoki investitsiya xarajatlari sifatida namoyon etadilar.
O‘z navbatida, sof real pul oqimi sof daromadlar to‘g‘risidagi hisobotlarda keltirilgan sof foydadan (soliq to‘langandan keyingi) hisoblansa, amortizatsiya ajratmalari qayta qo‘shilishi lozim.
Amortizatsiya ajratmalari qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqqa tortiladigan daromad shunchalik past bo‘lishi va daromaddan olinadigan soliqqa muvofiq real pul chiqimi shunchalik kam bo‘lishi sababli, amortizatsiya xarajatlari sof real pul oqimlariga kuchli ta’sir etadi. Xarajatlar tarkibiva uning loyihafoydaligiga (investitsiyalar foydasi va tegishlicha aksiyador kapitali foydasi) ta’siri to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lib, TIAdagi xarajatlarning turli xil elementlarining o‘zarota’siri 3-ilovada keltirilgan.
Real pul oqimini tahlil qilish uchun har yilgi xarajatlarni hisoblash yetarlidir, lekin texnik-iqtisodiy asoslash uchun mahsulot ishlab chiqarishga nisbatan sotish baholari bilan taqqoslashni yengillashtirishda nisbiy xarajatlarni ham aniqlash zarur. Bir turdagimahsulot ishlab chiqaruvchi korxona loyihalari uchun nisbiy xarajatlar tayyorlangan mahsulotlar soniga ishlabchiqarishxarajatlarini bo‘lish yo‘li bilan hisoblab topiladi.
Agar masala bir necha turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardagi loyihalar ustida ketsa, unda xarajatlarning bevosita hisobini qo‘llash va to‘g‘ri (bevosita) xarajatlar kabimahsulotbirligini tayyorlash va sotishdan tashkil topgan foydani ham hisoblash tavsiya etiladi.
Bunday foyda yig‘indisi bilvosita va ustama xarajatlarni, ya’ni aniq bir mahsulotga bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni qoplash uchun xizmat qiladi. Nisbiy ustama xarajatlarni aniqlash uchun hisoblashning oddiy usuli – bu turli xil foiz ustamalari yordamida ishchikuchigaqilingan bevosita nisbiy xarajatlar va materiallarga qilingan bevosita nisbiy xarajatlarning moddalari bo‘yicha ustama xarajatlarningtaqsimlanishi. Ishlab chiqarishdagi xarajatlarni hisobga olishdagi ustamalar turli davlatlarda turlichadir. Davom etuvchi loyiha uchun ustamalar o‘tgan yilgi ma’lumotlarga asoslanadi.
Ishlab chiqarish va marketing xarajatlari bevosita va bilvosita xarajatlarga bo‘linishi lozim. To‘g‘ri xarajatlar bevosita mahsulot birligiga taalluqli bo‘lib, ishlab chiqarish xodimlari va ishlab chiqarish materiallariga qilinadigan xarajatlar ko‘rinishida aks ettiriladi.
Egri xarajatlarni (ishlab chiqarish va boshqaruv xarajatlari, shu jumladan, boshqaruvchilar va xodimlarni nazorat qiluvchilarning ish haqi, aloqa vositalari xarajatlari va boshqalar) mahsulotning aniq birligiga bevosita olibborishmumkin emasligi sababli ularni,avval,xarajatlar markazi bo‘yicha taqsimlashga,so‘ngra xarajatlar hisobini bajaruvchi bo‘linmalar tomonidan aniqlangan ustama yordamida ishlab chiqarishning ustama bahosiga kiritishga to‘g‘ri keladi.
Bevosita va bilvosita xarajatlar orasidagi chegaralanishlar xarajatlar moddalari va xarajatlar markazi o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatish uchun belgilanadi. Bupaytda ishlab chiqarish hajmi va xarajatlar moddalari o‘rtasidagi aloqa o‘zgaruvchanlik (yoki o‘zgarmaslik) kabi tavsiflanadi.
YuNIDO qo‘llanmasida kutilayotgan nisbiy sotish bahosidan o‘zgaruvchan nisbiy xarajatlarni chiqarib tashlash va so‘ngra qolgan foydani ishlab chiqarilgan mahsulot birligi miqdoriga ko‘paytirish usuli qo‘llaniladi.
Yillik foyda ushbu davr mobaynida yuzaga keluvchi barcha xarajatlarni, shuningdekinvestorlar tomonidan taqdim etilgan yetarlicha ortiqchalikni (ortiqcha chiqimni) qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim.
Investitsiya loyihalarida marketing xarajatlarini hisobga olishning alohida ahamiyatli tamoni mavjud. Binobarin, har qanday investitsiya loyihasini amalga oshirishda marketing tadqiqotlari asosiy o‘rinni egallaydi. Bunda unga qilingan xarajatlar tarkibi va miqdorini tahlil etish xarajatlarning to‘g‘ri tashkil etilganligini va o‘tkazilgan tadqiqotlarning samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Zero, ijobiy natijalarni aniqlash uchun keragicha qilingan har qanday marketing xarajatlari kelgusida qo‘shimcha xarajatlarning amalga oshirilishining oldini olish bilan birga qo‘shimcha foyda keltirishi bilan ham o‘z samarasini ko‘rsatadi.
Marketing xarajatlari o‘z ichiga marketing faoliyatidagi barcha xarajat turlarniqamraboladiva bevosita va bilvosita xarajatlarga bo‘linishi mumkin. Bevosita marketing xarajatlari harbirmahsulot uchun yokimahsulotlar guruhi uchun olinishi mumkin.Masalan,saqlash va qadoqlash, savdo xarajatlari,sotish xarajatlari vahakozo.Bilvosita marketing xarajatlari esamarketing bo‘limining ustama xarajatlarini (bozor tadqiqotlari, reklama va hakozo) aks ettiradi.
Bu xarajatlarnitahlil etish xarajatlarni hisoblashning turli xil guruhlari bo‘yicha, masalan, hududlar bo‘yicha, iste’molchilarning muayyan kategoriyalari bo‘yicha (ulgurji,chakana sotuvchilar, hukumat tashkilotlari va hakozo), mahsulotlar va mahsulot guruhlari bo‘yicha taqsimlanishini ko‘zda tutadi.
Marketing va sotish xarajatlari o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘lganda ham ular muayyan davr xarajatlari kategoriyasiga taalluqli bo‘ladilar va ular o‘rin tutgan hisobot davri operatsiyalariuchunshunday hisobga olinadi.



Download 56.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling