9-Mavzu: Jamiyat va tarix falsafasi Reja
Download 108.5 Kb.
|
Falsafa 9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy kichik tizim.
Hududiy guruhlar. Aksariyat mamlakatlarda hududiy guruhlarning o‘zaro munosabatlarida jiddiy muammolar yuzaga keladi. Bu ma’naviy hayot an’analari va iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra farq qiladigan viloyat va markaz, poytaxt va chekka o‘lka hamda yirik mintaqalarning munosabatlari bo‘lishi mumkin (masalan, AQSh yoki Italiyada Shimol va Janub munosabatlari). Etnik yoki diniy farqlar, bir ma’muriy birlikning boshqa ma’muriy birliklarga hududiy e’tirozlari hududiy guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirishi mumkin.
Jamiyat rivojlanishiga qarab uning ijtimoiy tuzilmasi murakkablashib boradi. Bu miqdor va sifat jihatidan har xil ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqasi va manfaatlarini muvofiqlashtirishni talab etadi. Ijtimoiy birliklar va guruhlarning turlari ularning o‘rtasidagi munosabatlar va ijtimoiy aloqalar xususiyatini ham belgilaydi. Aloqalar uzoq yoki qisqa muddatli, mustahkam yoki bo‘sh va zaif, bevosita yoki bilvosita bo‘lishi mumkin. Aloqalar xususiyatining shakllanishida manfaatlar muhim rol o‘ynaydi, ularni muvofiqlashtirish vazifasini esa jamiyatning maxsus institutlari, avvalo siyosiy tizim hal qiladi. Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z mohiyatini yo’qotadi. Siyosiy kichik tizim. Rivojlangan ijtimoiy tizimga ega bo‘lgan jamiyatda ijtimoiy, etnik va diniy tabaqalanishning kuchayishi muqarrardir. Mavjud mavqeidagi tub o‘zgarishlardan kelib chiqadigan qarama-qarshi manfaatlarni ko‘zlovchi ijtimoiy birliklar va guruhlar mavjudligi ularning o‘rtasida siyosiy munosabatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu manfaatlarni muvofiqlashtirish zaruriyati jamiyat siyosiy tizimining tuzilishi va funksiyalarini belgilaydi. Siyosiy tizim jamiyatda siyosiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlat va siyosiy tashkilotlar, institutlar va muassasalar majmuidir. Siyosiy tizim murakkab tuzilishga ega. Jamiyatda fuqarolarga nisbatan qonuniylashtirilgan majburlov choralarini qo‘llash yo‘li bilan o‘zining siyosiy munosabatlarni tartibga solish borasidagi funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat siyosiy tizimning bosh elementi hisoblanadi. Davlat jamiyatning muhim ijtimoiy-siyosiy instituti bo‘lib, muayyan hududda unga oliy hokimiyat vakolatlari beriladi. Bu vakolatlardan davlat odamlar, ularning guruhlari va birlashmalari xulq-atvorini boshqarish uchun foydalanadi. Davlatning asosiy belgilari: 1. Jamiyatdan ajratilgan xalq hokimiyati. Hokimiyat – bir sub’ekt (hokimiyat boshlig‘i)ning o‘z hukmi ostidagi fuqarolarga buyruqlar berish, ularning bajarilishi ustidan nazorat olib borish va ularni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkoniyati. 2. Suverenitet, ya’ni o‘z mamlakati hududida oliy hokimiyatga to‘liq egalik qilish va tashqi siyosatda mustaqillik. 3. Hokimiyat chiqargan qonunlar va uning vakolatlari amal qilinadigan hudud. 4. Butun aholi uchun majburiy sanalgan qonunlar va normalar qabul qilish mutlaq huquqi. 5. Davlat xizmati xodimlari, qurolli kuchlar, majburlov organlari va hokazolarni ta’minlash uchun aholidan soliqlar undirish huquqi. Davlatning boshqaruv shakli (ya’ni hokimiyatni tashkil etish usuli) va davlat qurilishi shakllari mavjud. Boshqaruv shakllariga ko‘ra monarxiya va respublika farqlanadi. Monarxiya quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: birinchidan – hokimiyat bir shaxsga qarashli bo‘ladi; ikkinchidan – davlat boshlig‘iga hokimiyat meros bo‘lib o‘tadi. Davlat boshlig‘ining vakolatlari hech qanday konstitutsiyaviy normalar bilan cheklanmaydigan mutlaq monarxiyalar va monarx vakolatlari konstitutsiya bilan cheklanadigan konstitutsiyaviy monarxiyalar farqlanadi. Respublikaning asosiy xususiyati shundan iboratki, unda hokimiyat manbai xalq hisoblanadi, zero davlatning oliy organlarini xalq saylaydi. Parlament, prezidentlik respublikalari va aralash respublikalar farqlanadi. Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling