9-Mavzu: Jamiyat va tarix falsafasi Reja


Jamiyatning vujudga kelishi


Download 108.5 Kb.
bet2/12
Sana16.06.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1500657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Falsafa 9-mavzu

Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug’ mutafakkirlar e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo bilan bog’lab izohlashdir. Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib birlashishga ko’nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan.
Tabaqalar va sinflar. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishida tabaqalar va sinflar salmoqli o‘rin egallaydi. Tabaqalar – sanoatlashish bosqichidan oldingi jamiyatlarda vujudga kelgan, yuridik yoki odatga asoslangan va avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan huquqlar va burchlarga ko‘ra farq qiladigan ijtimoiy guruhlar. Tabaqaviy bo‘linish jamiyatning murakkab ierarxiyaviy tuzilishining shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Yirik guruhlar orasida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-psixologik maqomiga ko‘ra farqlanadigan sinflar alohida o‘rin egallaydi. Iqtisodiy belgi sinfning bosh belgisi hisoblanadi, zero sinfiy bo‘linish shakllari ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan munosabat hamda mulk shakllari bilan belgilanadi. Hozirgi zamon sotsiologiyasida sinflarni farqlashning boshqa asoslari ham mavjud. Masalan, ijtimoiy guruhlar ega bo‘lgan ijtimoiy boylik ulushiga ko‘ra ular oliy, o‘rta va quyi sinflarga bo‘linadi. Bunda daromad manbai hisobga olinmaydi, shu bois oliy sinf vakillari orasidan mashhur kinoaktyorlar, estrada yulduzlari va bankirlar ham o‘rin olishlari mumkin. Bu hol o‘rta va hatto quyi sinflarda ham kuzatiladi. Shuningdek ijtimoiy mehnatni tashkil etishdagi roliga ko‘ra boshqaruvchilar sinfi farqlanadi.
Hozirgi zamon jamiyatida yuqori malakali aqliy mehnat bilan professional tarzda shug‘ullanadigan kishilarning katta ijtimoiy guruhi – ziyolilar alohida rol o‘ynaydi. Ziyolilar soni tinimsiz ko‘payib, ularning jamiyat hayotidagi roli ortib bormoqda. Bu avvalo fan-texnika taraqqiyoti, shuningdek hozirgi jamiyatda ma’naviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq. Ziyolilar guruhi o‘z kelib chiqishiga ko‘ra ham, ijtimoiy maqomiga ko‘ra ham turli jinslidir. Tegishli ravishda uning siyosiy mo‘ljallari ham har xildir.
Institutlar. Jamiyatning rivojlanish jarayoni alohida muhim vazifalarni bajaradigan va aniq tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lgan ijtimoiy va siyosiy tashkilotlar – institutlarning tarmoqlangan tizimi yaratilishi bilan tavsiflanadi. Institutlar jamiyat normal faoliyatining zaruriy omili sanalgan ijtimoiy muhim faoliyatni amalga oshiradi. Bunday institutlar qatoriga davlat va uning institutlari, partiyalar va harakatlar, ommaviy axborot vositalari, diniy muassasalar, ta’lim va madaniyat muassasalari, sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati tizimlari, bozor, banklar va hokazolar kiradi. Ijtimoiy institutlar faoliyati ijtimoiy hayotning barcha jabhalari: oila va ishlab chiqarish, tovarlar va pullar harakati, ishlab chiqarish, iste’mol va hokazolarga nisbatan tatbiq etiladi. Institutlar turli birliklar va guruhlarning manfaatlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularning samarali o‘zaro aloqasini ta’minlaydi, vujudga kelgan ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlaydi va yangilarini yaratadi.

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling