2. Xarajatlarni taqsimlash usullari
Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot ajralish nuqtasida tayyor hisoblansa, va yana qayta ishlashni talab qilmasa, kompleks xarajatlarni taqsimlashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
Sotishga asoslangan usul
Natural ko‘rsatkichlar usuli.
1) Sotishga asoslangan usul
Bu usul kompleks xarajatlarni ajralish nuqtasida mahsulotlarning bozor qiymati asosida taqsimlaydi, ya’ni bu usuldan foydalanilganda kompleks chiqimlar birgalikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ularni sotish qiymatining baholariga mutanosib taqsimlanadi, bunda sotishning yuqori narxlariga ko‘p xarajatlar muvofiq kelishi nazarda tutiladi.
Misol
Kompleks xarajatlar 1000 sh.b.
-
Mahsulotlar
|
Birliklar miqdori
|
Birlikning ajralish nuqtasidagi bozor qiymati, sh.b.
|
Sotishning jami qiymati, sh.b.
|
A Mahsulot
|
100
|
20
|
2000
|
B Mahsulot
|
400
|
15
|
6000
|
Jami
|
|
|
8000
|
A mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (2000 sh.b. / 8000 sh.b.) = 250 sh.b.
B mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (6000 sh.b. / 8000 sh.b.) = 750 sh.b.
Taqsimlangan jami kompleks xarajatlar 1000 sh.b.
Sotish qiymatiga asoslangan usul natural ko‘rsatkichlar usuli kamchiliklaridan holi bo‘lsa-da, uning bitta nuqsoni bor: u oldingi xarajatlar sotishdan olingan daromadlar bilan aniqlanadi, degan tasavvurga asoslanadi.
Masalan, sotishdan kam daromad tushadigan foydasiz mahsulotga kompleks xarajatlar-ning kam qismi tasdiqlanadi va shu bilan u foyda beradi, degan taassurot hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |