9 Mavzu. Kompleks ishlab chiqarish va qo‘shimcha mahsulot xarajatlarini hisobi


Download 184.5 Kb.
bet10/10
Sana08.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1168541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
мавзу9

Sotish narxi

Vazni
(kg)

Daromad

-

Taqsimlangan kompl. xarajat

=

Operas. Foydasi

2-kun Qassob xuddi shunday cho‘chqani sotib oladi va cho‘chqa tuyoqlarini ular zarar keltirgani uchun tashlab yuboradi. Endi undan jami 185 kg mahsulot chiqadi.




Sotish narxi

Vazni
(kg)

Daromad

-

Taqsimlangan kompleks xarajat

=

Operas. foydasi

Lahm go‘sht

4,00 sh.b.

30

120 sh.b.

-

48,65 sh.b.

=

71,35

Son

3,00

50

150

-

81,08

=

68,92

To‘sh

1,60

100

160

-

162,16

=

(2,16)

Teri

10,00

5

50

-

8,11

=

41,89










480 sh.b.

-

300,00 sh.b.

=

180,00

3-kun Qassob xuddi shunday cho‘chqani sotib oladi va zarar keltiradigan bo‘lgani uchun cho‘chqa tuyoqlarini va to‘shini tashlab yuboradi. Endi undan 85 kg mahsulot chiqadi.




Sotish narxi

Vazni
(kg)

Daromad

-

Taqsimlangan kompleks xarajat

=

Operas. foydasi

Lahm go‘sht

4,00 sh.b.

30

120 sh.b.

-

105,88 sh.b.

=

14,12

Son

3,00

50

150

-

176,47

=

(26,47)

Teri

10,00

5

50

-

17,65

=

32,35










320 sh.b.

-

300,00 sh.b.

=

20,00

4-kun Qassob shunday cho‘chqani sotib oladi va foyda chiqmagani uchun cho‘chqa tuyoqlari, to‘shi va sonini tashlab yuboradi. Endi cho‘chqadan 35 kg mahsulot chiqadi.




Sotish narxi

Vazni
(kg)

Daromad

-

Taqsimlangan kompleks xarajat

=

Operas. foydasi

Lahm go‘sht

4,00 sh.b.

30

120 sh.b.

-

257,14 sh.b.

=

(137,14)

Teri

10,00

5

50

-

42,86

=

7,14










170 sh.b.

-

300,00 sh.b.

=

(130,00)

5-kun Qassob xuddi shunday cho‘chqani sotib oladi va har bir mahsulot foyda bermagani uchun hammasini tashlab yuboradi. Endi undan 5 kg mahsulot chiqadi.




Sotish narxi

Vazni
(kg)

Daromad

-

Taqsimlangan kompleks xarajat

=

Operas. foydasi

Teri

10,00

5

50

-

300 sh.b.

=

(250)

6-kun Qassob xuddi shunday cho‘chqani sotib oladi va zararli bo‘lgani uchun hammasini tashlab yuboradi. Demak u 300 sh.b. zarar ko‘radi.
Talab qilinadi:
1. Yuqorida keltirilgan qarorlar turkumini sharhlang.
2. Ajralish nuqtasidagi qiymat usulidan foydalanganda kompleks xarajatlar bu besh mahsulotga qanday taqsimlanadi?
3. Alohida mahsulotlarni sotish kerakmi yoki sotish kerak emasmi, buni aniqlash uchun
2-masaladagi operatsiya foydasi miqdoridan foydalanish lozimmi?
9-6. «Prinses» korporatsiyasi olma yetishtiradi va uni qayta ishlab, uch xil kompleks mahsulot: (a) pishiriqda ishlatiladigan yaproq-yaproq kesilgan olma,
(b) olma pyuresi
(v) olma sharbati ishlab chiqaradi, idishlarga joylab sotadi.
Olma po‘sti hayvonlarga qayta ishlangan yem, qo‘shimcha mahsulot sifatida hisobga olinadi. «Prinses» kompleks jarayon xarajatlarini o‘z kompleks mahsulotlariga taqsimlash uchun kutilayotgan sotish sof qiymati usulidan foydalanadi. Qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarilgandan so‘ng kutilayotgan sotish qiymati bo‘yicha schetda tan olinadi. Ajralish nuqtasigacha bo‘lgan kompleks ishlab chiqarish xarajatlari qo‘shimcha mahsulotning kutilayotgan sof sotish qiymati miqdoriga kamaytiriladi.
«Prinses» kompaniyasidagi ishlab chiqarish jarayoni to‘g’risida quyidagi axborot mavjud:
• Tozalash sexida olma yuviladi, po‘sti archiladi. So‘ngra urug’ qismi olib tashlanadi, va yaproq qilib to‘g’ralishga tayyorlanadi. Tozalash sexida ishlangandan so‘ng uchta kompleks mahsulot va qo‘shimcha mahsulot turlicha bo‘lib ajraladi. So‘ngra barcha mahsulotlar so‘nggi ishlov berish uchun alohida sexlarga o‘tkaziladi.
• Qirqishga tayyorlab qo‘yilgan olmalar qirqish sexiga tushadi, bu yerda yaproq qilib qirqiladi va muzlatiladi. Qirqish chog’ida chiqqan olma sharbati ham qo‘shib muzlatiladi.
• Olmani qirqishga tayyorlash jarayonida olingan olma bo‘laklari maydalash sexida qayta ishlanib, olma pyuresiga aylantiriladi. Shu jarayon davomida olinadigan olma sharbati pyureda foydalaniladi.
• Sharbatni ezib chiqarish sexida olmaning urug’li qismi va tozalash sexida olingan boshqa parchalari sharbat olish uchun eziladi. Yo‘qotish shu sexda olinadigan mahsulotning 8% tashkil etadi.
• Olma po‘sti hayvonlar uchun ozuqa qilib maydalanadi va ozuqa sexida paketlarga joylanadi. Bu ozuqa talab paydo bo‘lguncha past haroratda saqlanadi.
Noyabrda tozalash sexida 270 000 kg olmaga ishlov berildi. Quyidagi jadvalda har bir sexda qilingan xarajatlar, pirovard qayta ishlash uchun to‘rtta sexga o‘tkazilgan mahsulotlarning mutanosib vazni va har bir pirovard mahsulotni sotish narxi keltirilgan.

Qayta ishlash to‘g’risidagi ma’lumotlar va xarajatlar


2000 yil noyabr



Sex

Vujudga kelgan xarajatlar

Sexlarga o‘tkazilgan mahsulotlarning mutanosib og’irligi

Oxirgi qoldiq mahsulotning har kg.ni sotish narxi

Tozalash

60 000 sh.b.







Qirqish

11280

33 %

0,80 sh.b.

Maydalash

8550

30

0,55

Sharbat chiqarish

3000

27

0,40

Ozuqa

700

10

0,10

Jami

83 530 sh.b.

100 %




Talab qilinadi:
1. 2000 yil noyabr oyi bo‘yicha quyidagilarni hisoblang:
a. Yaproq qilib qirqilgan olma, olma pyuresi, olma sharbati va hayvonlar uchun ozuqa chiqishi, kilogramm hisobida.
b. Har bir mahsulotning ajralish nuqtasida kutilayotgan sof sotish qiymati.
v. «Prinsess» kompaniyasining tozalash sexi bo‘yicha xarajatlar summasini yuqorida aytilgan xarajatlarni taqsimlash usuli bo‘yicha har bir kompleks mahsulotga tegishliligini, shartli birlikda
g. Har bir kompleks mahsulot bo‘yicha solishtirma yalpi foydasi, sh.b. hisobida.
2. Har bir kompleks mahsulot bo‘yicha solishtirilgan yalpi foyda to‘g’risidagi axborot rejalashtirish va nazorat maqsadlari uchun (zaxiralar tannarxini kalkulyatsiyalash maqsadlaridan farqli ravishda) raxbariyat uchun muximligini sharhlab bering.
9-7. (9-6 topshiriqning davomi).
«Prinses» korporatsiyasi xayvonlar uchun ozuqani qo‘shimcha mahsulot sifatida tasnif qiladi. Ishlab chiqarishdan so‘ng qo‘shimcha mahsulot kutilgan sotish qiymati schetida e’tirof etiladi. Ajralish nuqtasigacha bo‘lgan kompleks ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni sotishning sof qiymati miqdoriga kamaytiriladi. 1-yilga qadar «Prinses» kompaniyasi hayvonlar uchun ozuqanigina emas, olma sharbatini ham qo‘shimcha mahsulot hisoblagan. Bu qo‘shimcha mahsulotlar sotilmaguncha hisobda e’tiborga olinmas edi. Ularni sotishdan olingan daromad moliya-xo‘jalik faoliyatining natijalari to‘g’risidagi hisobotda daromad moddasi sifatida aks ettirilar edi.
«Prinses» korporatsiyasi o‘z menejerlarining mehnatiga haq to‘lash uchun samaradorlikni baholash usuli bilan boshqarishdan foydalanadi. Har olti oyda menejerlar oldiga daromadga operatsiya foydasi koeffitsientini oshirish maqsadi qo‘yiladi. Agar maqsadga erishilmasa, ular hech qanday foyda olishmaydi, agar maqsadga erishilgan bo‘lsa yoki erishilayotgan bo‘lsa, belgilangan mukofotni olishadi.
Talab qilinadi:
1. «Prinses» kompaniyasining menejerlari vaqt o‘tishi bilan o‘z mukofotlarini ko‘paytirishni ko‘zlashayotgan bo‘lsa, menejerlar qo‘shimcha mahsulot uchun qanday usulni
(1-yilda foydalanilgan usulni yoki 2-yildagini) afzal ko‘rishadi?
2. Olma mahsulotlari bo‘yicha menejer o‘z mukofotini ko‘paytirish uchun hisob tizimini suyiste’mol qilmayotganini bosh buxgalter qanday tekshirishi mumkin?



Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling