9 Mavzu. Kompleks ishlab chiqarish va qo‘shimcha mahsulot xarajatlarini hisobi
a. Ajralish nuqtasida sotish qiymati usulida; b
Download 184.5 Kb.
|
мавзу9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
a. Ajralish nuqtasida sotish qiymati usulida;
b. Natural ko‘rsatkichlari usulida; v. Sof sotish qiymati usulida. 2. «Sanshayn Oyl» A, V yoki D mahsulotlarni qayta ishlashni davom ettirish to‘g’risida boshqa qaror qabul qilib, operatsiya foydasini ko‘paytira olarmidi? Siz tavsiya qilgan o‘zgarishlarning operatsiya foydasiga ta’sirini ko‘rsating. 9-4. «Garrison» korporatsiyasi uch xil mahsulot ishlab chiqaradi: Alfa, Beta va Gamma. Alfa va Gamma kompleks mahsulot, Beta esa Alfaga qo‘shimcha mahsulot. Kompleks xarajatlar qo‘shimcha mahsulotga taqsimlanmaydi. Yil davomida ishlab chiqarish jarayonlari quyidagicha: 1. 1- sexda 110 000 kg asosiy material qayta ishlanadi va qayta ishlashga umumiy xarajatlar 120 000 sh.b.ni tashkil qiladi. Qayta ishlangandan so‘ng 1- sexdan 60 % birlik 2- sexga o‘tkaziladi, 40 % birlik (endi bu Gamma) 3- sexga o‘tadi. 2. 2- sexda material yana qayta ishlanadi va qo‘shimcha 38 000 sh.b. xarajat qilinadi. So‘ngra bu birliklarning 70 % (endi bu Alfa) 4- sexga o‘tkaziladi, va 30 % qo‘shimcha Beta mahsulotga aylanadi va har kilogrammi 1.20 sh.b. bo‘yicha sotiladi. Betani sotishga taqsimlanadigan xarajatlar 8 100 sh.b.ni tashkil qiladi. 3. 4- sexda Alfaga ishlov beriladi va qo‘shimcha 23 660 sh.b. xarajat qilinadi. Shu ishlovdan so‘ng Alfa xar kilogrammini 5.00 sh.b. bilan sotishga tayyor bo‘ladi. 4. 3- sexda Gammaga ishlov beriladi va bunga 165 000 sh.b. xarajat qilinadi. Bu sexda Gamma me’yoriy kamayadi, kamayish chiqariladigan sifatli Gamma mahsulotning 10 % ni tashkil qiladi. Sifatli Gamma mahsulot so‘ngra har kilogrammi 12.00 sh.b. dan sotiladi. Talab qilinadi: 1. Kutilayotgan sof sotish qiymati usulidan foydalanib, kompleks xarajatlarni Alfa va Gamma o‘rtasida taqsimlash jadvalini tayyorlang. Betaning kutilayotgan sof sotish qiymati birinchi sexning 120 000 sh.b.ni tashkil qiluvchi kompleks xarajatlari kamaytiriladigan miqdor bo‘ladi. 2. 1 – topshiriqqa javobingiz qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, 102 000 sh.b. umumiy kompleks xarajatlar tegishli ravishda Alfaga taqsimlangan deb tasavvur qiling. Yana sotishga tayyorlab qo‘yilgan 48 000 kilogramm Alfa va 20 000 kilogramm Beta mavjudligini tasavvur qiling. Quyidagi faktlarga asoslanib, Alfadan olinadigan yalpi foydaga qadar moliya-xo‘jalik faoliyatining natijalari to‘g’risida hisobot tayyorlang: Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling