9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»


Download 429.65 Kb.
bet5/11
Sana13.05.2023
Hajmi429.65 Kb.
#1455990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu. Mehnat potensiali

Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari mehnat potensialiga «omil» sifatida yondashib, potensialning tarkibini aniqlashda shaxsiy va insoniy omillar (sifat) nuqtai nazaridan yondashadilar. O‘z qarashlarda ular sifat ko‘rsat-kichlariga alohida ahamiyat beradilar.

M. I. Skarjinskiy potensialga shaxsiy omil harakatining iqtisodiy shakllaridan biri sifatida qarashni taklif qiladi. Uning fikricha, mazkur kategoriya uch bosqichli harakatdan o‘tadi: mehnat resurslari, ishlab chiqarish sharoitlari (ishchi kuchi) va mehnat potensiali. Olimning ta’riflashicha, mehnat salohiyati jamiyatni harakatga keltirishning real va potensial im-koniyatidir.


«Potensial» tushunchasini ta’riflashda Ural davlat iktisodiyot uni-versitetining professori N. I. Shatalova omilga alohida urg‘u berar ekan, mehnat potensiali inson omilining aniq tarzda namoyon bo‘lishidir, degan kisqa ta’rifni keltiradi.


Shunga o‘xshash nuqtai nazarni I. A. Kokorevning iqtisodiy qarashlari-da ham uchratish mumkin. U ham potensialning mazmun-mohiyatini yoritishda omilga alohida e’tibor qaratib, mehnat potensiali inson omilining ishga oid shaxsiy sifatlar yig‘indisidir, degan fikrni ilgari suradi.


M. I. Dolishniy, S. N. Zlupko, V. Dobrik, T. M. Paliya, T. Shuls va bosh­ qalardan iborat iqtisodchilar guruhi potensialga omilni shakllantiruv-chi kategoriya sifatida qaraydilar. M. I. Dolishniy mehnat potensialini baholash uchun uning tarkibini aniqlaydigan quyidagi formulani taklif etadi:


MP = JMpr + JMrr + JMz,


bu yerda, MP – mehnat potensiali; JMpr – jonli mehnatning potensial re-surslari; JMrr – jonli mehnatning real resurslari; JMz – jonli mehnat zaxirasi.


Shuningdek, M. I. Dolishniy talqinida mehnat potensiali quyidagi sa-bablar birikmasidan iboratdir: demografik, tibbiy-biologik, ta’lim va kasb-malaka ko‘rsatkichlari.

V. S. Bulanovning ta’kidlashicha, potensial o‘zida alohida insonning, shuningdek, jamiyatdagi turli ishchilar guruhining barcha mehnat imkoniyat-larini mujassam etadi. Xizmatning ko‘lami, tarkibi va miqdorini aniqlov-chi resurslardan farqli ravishda, potensial uning sifati va salohiyatli im-koniyatlarini tavsiflaydi.


G. E. Slezinger mehnat potensialini ishlab chiqarish omilining shaxsiy xu-susiyatlari yig‘indisidir, deb hisoblaydi. B. M. Genkinning fikricha, mehnat potensiali insonning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etish imkoniyatidir.


L. A. Kostinning fikriga ko‘ra, mehnat potensiali insonning ishga la-yoqatini aniqlovchi turli sifat ko‘rsatkichlari yig‘indisidan iborat: birin-chidan, ishchining sog‘ligi, mehnatga yaroqliligi, chidamliligi, jismoniy va ruhiy salohiyati; ikkinchidan, tug‘ma qobiliyatlar, insonning umumiy va max-sus bilimlari, mehnat ko‘nikmalari va tajribalari; uchinchidan, ishchilar-ning mas’uliyat, manfaat va talab-ehtiyojlari darajasi.




Uchinchi yunalish namoyandalari esa mehnat potensialini ham miqdor, ham sifat jihatdan o‘rganib, mazkur kategoriyani ta’riflashda har ikkala ko‘r-satkichni teng qo‘yadilar. Ularning nazarida, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari-ning o‘zaro uyg‘unligi potensial, demakdir.

Rus olimlari V. Kostakov va A. Popovlar uning miqdor va sifat omil-larining mushtarakligiga e’tiborni qaratib, «mehnat potensiali» tushun-chasini – mamlakat mehnat resurslarining sifat va miqdor jihatlarining o‘zaro uyg‘unligidir, deb ta’riflaydilar.


Yana bir rossiyalik tadqiqotchi A. Ya. Kibanov shu kategoriya yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etar ekan, mehnat potensialiga jamiyatning mod-diy ne’matlar yaratuvchi kuchi sifatida qaraydi va unga quyidagicha ta’rif beradi: «Potensial o‘zida mehnat resurslari ishga bo‘lgan qobiliyatlarining sifat va miqdor xususiyatlari umumlashmasini ifoda etadi. Biroq bunda ‘‘potensial’’ va ‘‘resurs’’ tushunchalarini o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish kerak emas, chunki potensial jamiyat, jamoa va shaxs tomonidan yaratilgan, kelgu-sida amal qilish va taraqqiy etish imkoniyatini ta’minlovchi sifatlarni ifoda etib, mohiyat jihatdan ‘‘resurs’’ tushunchasiga mos keladi».


I. S. Maslova o‘z iqtisodiy qarashlarida potensialga quyidagicha ta’rif beradi: «Mehnat potensiali – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining muayyan darajasida ijtimoiy foydali faoliyatda ishirok etishiga ko‘ra, ishga layoqatli aholi, turli xizmatchilar guruhi yoki alohida inson barcha mehnat imkoniyatlarining sifat va miqdor xususiyatlari birligidir».


A. S. Pankratovaning qarashlarida ham miqdoriy, ham omilli yondashuv­ ni ko‘rish mumkin. Biroq bunda u mehnat potensialining har ikkala (miq-dor va sifat) jihatlarini o‘zaro uyg‘unlik orqali ko‘radi. Uning fikricha, mehnat potensiali – jamiyatning ishlab chiqarishni rivojlantirish talab­ lariga mos keluvchi shaxsiy omil bilan ta’minlash imkoniyatini miqdoriy ta’riflaydigan tushunchadir. Boshqa olimlardan farqli o‘laroq, A. S. Pan-kratova potensial – shaxsiy omilning miqdoriy namoyon bo‘lishidir, deb ta’riflaydi. Shuningdek, tadqiqotchi mehnat potensialini aniqlashda ishga layoqatli aholining soni, ish vaqti miqdori (davomiyligi) va unumdorlik kabi ko‘rsatkichlarga ham alohida e’tibor qaratadi.

A. E. Kotlyar mehnat potensiali kategoriyasini tadqiq etar ekan, uning miqdor va sifat jihatlarini quyidagi tarzda ajratib beradi: miqdor ko‘r-satkichlar o‘zida ishga layoqatli aholining sonini va unumdorlikning muayyan darajasida ularning ishlagan vaqtlari hajmini aks ettirsa, sifat jihat-lar esa xizmatga layoqatlilarning sog‘ligi, jismoniy qobiliyatlari, ma’lu-moti, malakasi va g‘oyaviy-siyosiy darajasi bilan ifodalanadi.


Kategoriyaning miqdor va sifat ta’riflari o‘zbekistonlik olima D. N. Rahimova tomonidan ham keng yoritib berilgan, uning fikricha, mehnat potensiali miqdor ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda sifat tomonlariga ham ega bo‘lishi kerak.


Mazkur ta’limotlar tomonidan ilgari surilgan turli nuqtai nazar va qarashlarda «mehnat potensiali» tushunchasi turlicha talqin qilinmoqda. Bunda unga omil sifatida yondashuvchilar resurs deb qarovchilarga nisbatan kengroq fikr bildirmoqdalar.


Demak, ko‘rib o‘tilganidek, mehnat potensiali ko‘pchilik olimlar asar-larida tushuncha sifatida qaraladi, ba’zi tadqiqotchilarning ilmiy ishla-rida esa u ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etiladi. Bir qator tadqiqotchilar esa uni nisbatan kengroq talqin qilib, mazmun jihat-dan «mehnat resurslari» «ishchi kuchi» kabilardan farq qiluvchi murakkab, ko‘p qirrali ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya, deb qaraydilar. Mazkur tushunchani iqtisodiy kategoriya sifatida talqin qiluvchilar mehnat potensiali-ning ijtimoiy shakli sifatida ishchi jamoalar va alohida xizmatchilarning shakllanishi, taraqqiy etishi hamda inson shaxsining imkoniyatlaridan amalda foydalanish borasida yuzaga keladigan ishlab chiqarish munosabatla-rini ko‘radilar.


O‘zbekistonlik bir guruh iqtisodchi olimlar (R. A. Ubaydullaeva, X. P. Abulqosimov, D. N. Rahimova, Sh. N. Zaynutdinov, Sh. R. Xolmo‘minov, A. A. Abdug‘aniev, A. V. Vahobov, N. X. Rahimova) mehnat potensiali jismo-niy imkoniyatga, ma’lumot, kasb-hunar, malakaga ega, ishlab chiqarishda ishtirok etishga layoqatli barcha fuqarolarni o‘z ichiga oladi, degan fikrni



ilgari suradilar. Bu ta’rif bilan ular potensial resursga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, miqdor ko‘rsatkichlari bilan birga ishchining ishlab chiqa-rish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi sifat ko‘rsatkichlariga ham egadir, deb ta’kidlaydilar.

Fikrimizcha, mehnat potensiali mehnatga bo‘lgan qobiliyatlarning umum-lashmasini (ularning miqdoriy va sifatiy munosabatlarida), alohida ish-chini va jami xizmatchilarning mehnat faoliyatida qatnashish imkoniyatla-rini ifodalaydi. Potensialning resursdan sifat jihatidan farqi shundan iboratki, mehnat potensiali jamiyat ixtiyoridagi oddiy ish salmog‘i (mas-sasi) emas, balki ijtimoiy mehnatning yuqori samarasini ta’minlaydigan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning optimal imkoniyati-ni ifodalaydigan, xizmat faoliyatiga muvofiq keluvchi sharoitlar birligi-dir.


«Mehnat potensiali» iqtisodiy kategoriyasining «ishchi kuchi» va «mehnat resurslari» kabi kategoriyalardan farq qiluvchi o‘ziga xos xususi-yatlari quyidagilardan iborat:





Download 429.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling