9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»


-rasm. Mehnat potensiali miqdor ko‘rsatkichlarining shakllanishi


Download 429.65 Kb.
bet7/11
Sana13.05.2023
Hajmi429.65 Kb.
#1455990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu. Mehnat potensiali

6.3-rasm. Mehnat potensiali miqdor ko‘rsatkichlarining shakllanishi

Miqdoriy ko‘rsatkichning tub o‘zagi, ya’ni yadrosini inson tashkil etib, shaxsiy insoniy omillarning uzaro uyg‘unligi natijasida mehnat potensi-ali vujudga keladi.


Inson ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan faoliyatda mashg‘ul bo‘-lishi natijasida ish bilan band kishiga aylanadi. Ish bilan band bo‘lgan-larga;


a) yollanib ishlayotgan, shu jumladan, to‘liq bo‘lmagan ish vaqti mobaynida yoki uyda ish haqi olib ishlayotganlar, shuningdek, haq to‘lanadigan boshqa ish, vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar;

b) kasallik, ta’til, qayta tayyorgarlik, malaka oshiriщ, ishlab chiqa-rishning to‘xtab turishi tufayli, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtinchalik ishda bo‘lmagan xodim uchun ish joyi saqlanib qoladigan boshqa hollarda ish joyida vaqtinchalik bo‘lmagan fuqarolar;


v) o‘zini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlovchi fuqarolar, tadbirkor-lar, kooperativ a’zolari, fermerlar, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jalikla-rida mehnat bilan band bo‘lganlar, bevosita qoramol boquvchilar, chorvachi-lik va boshqa qishlox xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi va sotuvchilar, ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolar toifalarining ishlab chiqarishda qatnashadigan oila a’zolari;


g) Kurolli Kuchlarda, Milliy xavfsizlik hamda Ichki ishlar organlari tuzilmalari va qo‘shinlarida xizmatni o‘tayotganlar;


d) qonun xujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlash-malari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar.


Ish bilan bandlik mavjud potensialdan samarali foydalanish va uni ijtimoiy-iqtisodiy foydali mehnatga yo‘naltirish orqali vujudga keladi. Aks xolda esa ishsizlik muammosi paydo buladi.


Mazkur qarorga ko‘ra, ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’min-lanmagan aholi (ishsizlar)ni qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar, shuningdek, haq to‘lanadigan fao-liyatga yoki daromad keltiruvchi mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo‘lgan mehnatga qo-biliyatli yoshdagi vaqtincha yumush bilan band bo‘lmagan shaxslar tashkil eta-di.


Iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan, shuningdek, o‘zini o‘zi mustaqil ish bilan ta’minlagan shaxslar va ishlash istagini bildirgan ishsiz axoli o‘zaro uyushib, iqtisodiy faol aholi yoki ishchi kuchini tashkil etadi. Ya’ni iqtisodiy faol axoli (ishchi kuchi) – bu mehnat faoliyatining daromad keltiruvchi qonuniy turi bilan shug‘ullanuvchilar, shuningdek, ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi.




Iqtisodiy nofaol aholi esa ishchi kuchi tarkibiga kirmaydigan quyidagi mehnatga qobiliyatli aholi qatlamidan iborat:

– ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchi va talabalar;


– ishlamayotgan III guruh nogironlari;


– bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar;


– ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar.


Mamlakatning jami iqtisodiy faol, iqtisodiy nofaol aholisi hamda ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlar birikmasidan mehnat resurslari ho-sil bo‘ladi. Ya’ni mehnat resurslari – bu mehnatga qobiliyatli yoshdagi aho-li hamda qonun hujjatlarida belgilangan iqtisodiy faollikning kuyi va yuqori yosh chegaralariga kirmaydigan ishlayotgan shaxslar. Ular jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lib, faoliyat jarayonida moddiy ne’matlar va xizmat-larni yaratadilar. Ular tarkibiga kiritilgan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan nofaol aholi esa mehnat zaxiralarini tashkil etadi. Chun-ki vaqti kelib ular ham iqtisodiy faol aholi tarkibiga qo‘shilishi mumkin.

Demak, mehnat potensialining miqdoriy ko‘rsatkichlarini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin;


F(m)=(m1, m2, m3, m4……mn) (1)


bu yerda: f(m) – mehnat potensialining miqdor ko‘rsatkichi; m1 – mehnat yoshi-dagi mehnatga qobiliyatli axoli (faol va nofaol); m2 – ishlayotgan pensioner-lar va o‘smirlar; m3 – ishlash imkoniyati va istagiga ega bo‘lgan nogironlar; m4 – mamlakat xududida mehnat qilayotgan norezidentlar.


Potensial resursning sifat ko‘rsatkichlari yig‘indini aks ettiradi, ya’ni u bir ishchining salohiyatli imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish shaklida inson omilini faollashtirish va amaliyotda qo‘llashni ta’minlashdan ibo-rat.


6.4-rasmda mehnat potensialining sifat ko‘rsatkichlari aks ettirilgan.





Download 429.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling