9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»


-rasm. Mehnat potensialining tegishlilik darajasiga ko‘ra tasniflanishi


Download 429.65 Kb.
bet10/11
Sana13.05.2023
Hajmi429.65 Kb.
#1455990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu. Mehnat potensiali

6.5-rasm. Mehnat potensialining tegishlilik darajasiga ko‘ra tasniflanishi


Korxona (tashkilot) mehnat potensiali deb, ishlab chikarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida ishtirok etayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda hamda qo‘yilgan maqsadlarga erishishda ma’lum vazifa (ish)ni bajarayotgan xodim (kadr)lar birikmasiga aytiladi. Mazkur birik-maning nafaqat miqdor ko‘rsatkichi, shuningdek, sifat ko‘rsatkichi ham alohi-da ustuvorlikka ega.

Miqdor ko‘rsatkichi xodimlar (asosiy va o‘rindosh) soni, ish kunlari miq-dori, ish vaqtining davomiyligi hamda xodimlarning ishlagan kun va soat-lari miqdorida o‘z aksini topadi. Mazkur ko‘rsatkichlar orqali korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganlik darajasi, bajarilgan ish hajmi, bitta xodimning bajargan ishi, mahsulot ishlab chiqarishga ketgan vaqt sarfi va mehnat unumdorligi kabilarni aniqlash mumkin.


Sifat ko‘rsatkichlari xodimlarning yosh, jins, ma’lumot, kasb-malaka, tajriba­-ko‘nikma tarkibi bilan ifodalanadi Shuningdek, xodimlar shtat jadvalining ma’muriy, boshqaruv, maxsus, xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchikabi personallarga bo‘linishini ham ularning sifat ko‘rsatkichlari deb qarash mumkin. Korxona kadrlari tarkibining sifat ko‘rsatkichi qanchalik yuqori bo‘lsa, faoliyati shunchalik darajada rivojlanadi. O‘zida oliy ko‘rsat-kichli mehnat potensialiga ega bo‘lgan korxona yuqori raqobatbardoshlikka ega bo‘ladi. Chunki tashkilot rivojini aynan malakali kadrlar ta’minlaydi. Shu bois, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar ularni ishga olish uchun harakat qiladilar va buning uchun o‘zaro «kurashadi»lar. Mazkur raqobatda ular qulay mehnat sharoiti va yuqori ish haqini asosiy qurol qilib oladi-lar. Demak, miqdor va sifat ko‘rsatkichlarning o‘zaro uyg‘unligi hamda muta-nosibligi korxonada unumdorlik va taraqqiyotning bosh omilidir.




Hudud (mintaqa) mehnat potensiali deb, ma’lum hududga tegishli va unda istiqomat qiluvchi jami mehnat potensiali tushuniladi. Uni alohi-da ajratib ko‘rsatishning zarurati shundaki, O‘zbekiston Respublikasida hududlar tarixiy, tabiiy-iqlimiy, geografik, relef, demografik, iqti-sodiy, ijtimoiy va urbanizatsiya nuqtai nazaridan bir-biridan farqlana-di. Shu bois, ularning mehnat potensiali ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega va bir-biridan farqlanadi. Qaysi hududda iqtisodiyotning qanday tarmog‘i rivojlanganligi mazkur mintaqada mehnat potensialining asosiy ulushi-ni, ushbu sohada bandligi va ixtisoslashuvini belgilab beradi. Masalan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida mehnat potensialining sanoatga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashuvini ko‘rish mumkin bo‘lsa, Navoiy viloyatida esa og‘ir sanoat (tog‘-kon metallurgiya) va

qayta ishlashga ixtisoslashuv­ nisbatan kuchliroqdir. Shuningdek, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo va Qashkadaryo viloyatlarida dehqonchilikka ixtisos­ lashuv kuzatiladi. Hududlar xususiyatiga ko‘ra, mehnat potensiali ixti-soslashuvi ham bir-biridan farqlanadi, bu esa iqtisodiyotdagi nisbiy ustunlikni keltirib chiqaradi.


Keng doirada oladigan bo‘lsak, mamlakat mehnat potensiali mintaqada-gi jami mehnat imkoniyatlari va salohiyatini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, hududiy birikmalardan tashkil topadi va uning kuch-qudratini belgilab be-radi. Chunki shaxslar birligi, jipsligi jamiyatni tashkil etadi. Kuchli ja-miyat esa kuchli davlat asosidir.


Yuqorida sanab o‘tilgan har uchala darajaning asosini inson omili, ya’ni xodimning mehnat potensiali tashkil etadi. Chunki jamoa ham, jamiyat ham xodimlarning o‘zaro birikmasidan iborat. Shunday ekan, mamlakat mehnat potensialini shakllantirish, rivojlantirish uchun, eng avvalo, har bir in-sonning shaxsiy potensialidan kelib chiqib, uni o‘qitish, o‘rgatish orqali talab darajasiga yetkazishi zarur.


Mehnat potensialining iqtisodiy faoliyatga yoki ijtimoiy foydali ishga jalb etilishida safarbarlik darajasi muhim masala hisoblanadi.



Ko‘pchilik iqtisodiy adabiyotlarda u safarbarlik xususiyatiga ko‘ra o‘rga-nilmagan bo‘lsa, ayrim rus olimlari mehnat potensialini faol va nofaol qismlarga ajratganlar.

O‘zbekistonda mehnat iqtisodiyoti sohasida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarda mehnat potensiali safarbarlik xususiyati bo‘yicha yetarli da-rajada tavsiflanmagan. Iqtisodchi olimlarimiz o‘z tadqiqotlarida uni sa-farbarlik nuqtai nazaridan o‘rganmagan bo‘lsalar-da, ushbu xususiyat bo‘yicha mehnat resurslarini nofaol va faol qismlarga ajratib berganlar. Biroq «potensial» va «resurs» mazmun-mohiyati jihatidan bir-biridan farq qi-luvchi iqtisodiy kategoriyalar hisoblanganligi bois, mehnat potensialini safarbarlik xususiyati bo‘yicha ko‘rsatish lozim.


Mehnat potensiali safarbarlik xususiyatiga ko‘ra faol, nofaol va zaxira qismlarga ajratiladi (6.6-rasm).







Download 429.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling