9.6. Ishchining mehnat unumdorligiga ta'sir etuvchi omillarning tahlili
Korxonalar mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirishga va uni bozorga taklif qilish orqali ko'proq foyda olishga intiladi. Bunday sharoitda mahsulot hajmini korxonani kengaytirish yoki xodimlar sonini ko'paytirish bilan bir qatorda, bevosita ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchilarning mehnat unumdorligini ko'tarish orqali amalga oshirgani korxona uchun ko'proq samarali hisoblanadi. Shu tufayli ham har bir xo'jalik yurituvchi sub'ekt o'z ishchilarining mehnat unumdorligini oshirish choralarini ko'rishga harakat qiladi hamda unumdorlikka ta'sir etuvchi omillarni o'rganib boradi.
Odatda bir ishchiga to'g'ri keladigan o'rtacha yillik mahsulot hajmi quyidagi omillarga bog'liq.
- Bir ishchining yil davomida ishlagan o'rtacha kishi kunlari=(jami kishi kunlari/ishchilar soni)
- Ish kuni davomiyligi, soat = (jami ishlangan kishi soat/jami ishlangan kishi kunlari)
- Ishchining bir soatlik ish unumi = (mahsulot hajmi / jami ishlangan kishi -soat)
Tahlil etishda bir ishchiga to'g'ri keladigan o'rtacha yillik mahsulot hajmining rejasiga, o'tgan yilga nisbatan o'zgarish sabablari va unga ta'sir etuvchi omillar quyidagicha aniqlanadi.
Ko'rsatkichlar
|
O'tgan
yili
|
Hisobot yili
| |
Farqi (+,-)
| | | |
Biznes rejada
|
Haqiqatd a
|
O'tgan yildan
|
Biznes rejadan
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Mahsulot hajmi solishtirma ulgurji bahoda, ming so'm
|
2113430
|
2198763
|
2553967
|
+440537
|
+355204
|
Ishchilarning jami ishlagan kishi-kunlari, ming kishi-kuni
|
162,27
|
160,2
|
153,5
|
-8,77
|
-6,7
|
Ishchilarning jami ishlagan kishi-soatlari, ming kishi-soat
|
1287,8
|
1255,2
|
1202,8
|
-85,0
|
-52,4
|
Ishchilarni ro'yxat bo'yicha o'rtacha soni, kishi
|
617
|
605
|
599
|
-18
|
-6
|
Hisob-kitoblar:
|
|
|
|
|
|
Bir ishchiga to'g'ri keladigan o'rtacha yillik mahsulot, ming so'm gr1/4
|
3425,3
|
3634,3
|
4263,7
|
+838,4
|
+629,4
|
Bir ishchini yil davomida ishlagan kishi-kunlari, kishi-kuni gr2/4
|
263
|
265
|
256
|
-7
|
-9
|
O'rtacha ish kuni davomiyligi, soat gr3/gr2
|
7,85
|
7,83
|
7,84
|
-0,01
|
+0,01
|
Ishchini 1 soatlik ish unumi, (so'm) gr1/gr3
|
1641,117
|
1751,723
|
2123,351
|
+482,234
|
+371,628
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |