9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish
Download 147.96 Kb.
|
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoni hal qilish.
Silliqlashish. Bu usul kishilarni yaxshilikka undash yo‘li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir birini xushmuomala bo‘lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, bir vaqtning o‘zida birga suzayotgan qayiqni qaltis tebratish yaramasligiga chaqirishadi.
Bunday usul ikkala tomondan bittasining lavozim darajasi yoki mavqei yuqori bo‘lgan va u mazkur ziddiyat bo‘yicha o‘zini bahslashishga tushishni lozim deb bilmagan hollarda qo‘llaniladi. Bunda ziddiyatga tushishdan voz kechgan tomon muxolifiga o‘z istagiga erishishga imkon bersada, ikkala tomon o‘rtasidagi dahshatli cho‘g‘lanish so‘nadi va kelajakda ham yaxshi munosabat saqlanib qolishiga erishiladi. SHu tariqa ishonch orqali vaziyat siliqlashadi. Majburlash-bu tomonlardan birining xohish-irodasini, so‘zini majburan zo‘rlab qabul qilishdir. So‘zini o‘tkazmoqchi bo‘lgan tomon qarshi tomonning fikri bilan hisoblashmaydi, uni inkor etadi. Bunday strategiyani qo‘llaydigan tomon tajavuzkorlik bilan o‘z xohishini qarshi tomonga majburlab o‘tkazadi. Bu usulni ko‘proq rahbarlar qo‘l ostida ishlaydiganlarga nisbatan qo‘llashadi. Majburlash strategiyasi tashabbusni bug‘adi, korxonada “ruhiy iqlim”ning beqarorligiga olib keladi. Ayniqsa, bu usul yuqori malakali, nisbatan yosh mutaxasislarda nafrat uyg‘otadi. Kelishuv. Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti- bu murosaga kela olishlikdir. Kelishuv bilan nizolarni hal etish bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo‘lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi. Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi yechimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o‘z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar. Korxonada rahbariyat va xodimlar o‘rtasida yuzaga keluvchi nizo “butun jamoaga” emas, balki “tanlangan” odamlargagina yomon ta’sir etishi mumkin. Bunday nizoni bir yo‘la, katta hajmda uddalash, bartaraf etish mumkin emas. Bu nizoni bartaraf etishda rahbar oqilligi, adolatliligi, madaniy saviyasi bilan hamkorlikka intilishi kerak. Ya’ni, ushbu nizoli vaziyatda xokimlik mavqeida emas, balki teng huquqiylik asosida yechimni topishi lozim. Masalan,bu jarayonda quyidagilar juda ham muhimdir: tomonlarning bir-birini tan olishi; gapni bo‘lmay tinglash; o‘zga kishi sifatida tushuna olishni namoyish qilish; nizo jarayonidagi holatni o‘zga kishi qanday qabul qilishi (tushunishi)ni anglash; muhokama qilinayotgan mavzuni aniq tasavvur qilish; mavzuga nisbatan umumiy qarashlarni hosil qilish; murosaga qilinayotgan oqibatni aniqlash; nizo mazmunini yozib chiqish (tahlil) qilish; nizoni bartaraf etish uchun hamkorlikda yagona yo‘l tanlash; xamkorlikda umumiy xulosa (murosa)ga kelish. Bunday yo‘l mashaqatli ammo oqilona yo‘ldir. Buning uchun tajriba kerak. Xozirgi sharoitda rahbar faqat o‘z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi, ruhiyatchi (psixolog) va tarbiyachi bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun har bir rahbar xodim: sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, kasbiy etika fanlarini mustaqil egallashi kerak. Buni hayotimizdagi jiddiy o‘zgarishlar, inson omilining faollashuvi, jamoalarni o‘z-o‘zini boshqarish sharoitida ular bilan ishlashni taqazo etadi. Jamoaga a’zo bo‘lgan har bir shaxsning qalbiga yo‘l topa bilish rahbarning ish faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Buni bilgan rahbar o‘z jamoasi ichida mehnat jarayonida vujudga keladigan har hil nizolarni jamoada jamoat tashkilotlari bilan birgalikda, yuqori tashkilotlarga chiqarmasdan o‘zida hal qilishga qodir bo‘ladi. Bunday rahbar o‘z ishini to‘g‘ri tashkil qiladi, jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad va reja topshiriqlarini o‘z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoalarda sog‘lom ruhiy iqlim yaratish uchun rahbar quyidagilarga, ya’ni: har hil xodimning shaxsiy fazilatlariga; yoshi, qobiliyati, malakasi, iste’dodiga; ishchilar o‘rtasidagi hamjihatlikka; o‘zaro yordamni bir-biri bilan chambarchas bog‘laydigan ijtimoiy aloqa maromiga; raqobat muhitini tashkil qilinganiga; korxonada pirovard natijalar uchun har bir xodimning ma’suliyat sezish tuyg‘usini mustahkamlanganlik darajasiga; jamoa a’zolarning unumdorligiga; motivlashtirish darajasi kabilarga e’tibor berish lozim. Har bir nizoli vaziyatni rahbar bosiq, xovliqmasdan hal etishi kerak. Download 147.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling