5. D.Karnegi xotirjamlikka erishish to‘g‘risida1
Halovatsizlik hissi haqida bilish zarur bo‘lgan asosiy qoidalar qo‘yidagilardan iborat:
1. Bugungi kun bilan yashang
“Bizning asosiy ishimiz-olisdagi mavhum narsaga qarash emas, balki, qo‘limizdagi imkoniyatimiz etgan ishni bajarish bo‘lmog‘i kerak”, degan edi Tomas Karmel. Ertangi kunga tayyorlanishning eng maqbul yo‘li- aql-idrokni bir joyga yig‘ib, bosh shijoatni bugungi ishni osonlikcha bajarishga qaratish. Bu- kelgusiga yaxshi tayyorlansa bo‘ladigan yagona yo‘ldir.
|
2. Tahlika tug‘diruvchi holatdan chiqishning sehrli formulasi.
Agar Sizni tahlikaga soladigan vaziyat paydo bo‘lsa, quyida aytganlarimizni qiling:
a) o‘zingizdan so‘rang: “Bundan ham besh battar bo‘lsa nima bo‘ladi?”;
b) o‘sha “besh battar” ahvolga tayyorlaning;
v) yuzaga kelgan vaziyatni tahlil eting va uni o‘nglashning eng maqbul choralarini topishga harkat qiling.
|
3. Tahlika nimalarga olib keladi?
Qo‘rquv-jonsaraklik, vahima tug‘diradi. Tahlika hissi bizning asablarimizni taranglashtiradi. Oshqozon, asab tolalariga ta’sir qiladi. Oshqozon shirasi tarkibining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bular esa o‘z-o‘zidan oshqozonda yara paydo bo‘lishiga olib keladi. Doktor D.Montagu aytganiday: “Oshqozon yarasi Siz tannovul qilayotgan emas, Sizni eyayotgan narsalar bois hosil bo‘ladi”. Qo‘rquv, bezovtalik, nafrat, xudbinlik, mavjud turmush tarziga moslashmaslik-mana nimalar oshqozon, yurak kasalligiga olib keladi, qon bosimining oshishi, bod, diabet, shamollashga sabab bo‘ladi. Kasalliklarga quyidagi holatlar ham sabab bo‘ladi: a) oilaviy ajralish, b) moliyaviy qo‘rquv, v) yolg‘izlik va xavotir hissi, g) uzoq vaqt gina saqlash.
Kuchni tiklashning eng yaxshi omillari qattiq ishonch (atrofdagi kishilarga, ishga bo‘lgan). uyqu, musiqa va kulgudir. Yaxshi uxlashni o‘rganing, musiqani seving, turmushning kulgili, qiziq tomonlarini ko‘ra biling, ana shunda sog‘liq va baxt doimo sizga hamroh bo‘ladi.
“Behalovatlik bilan qanday kurashishni bilmagan odam hayotdan erta ketadi”, degan edi tibbiyot sohasida Nobel mukofatiga sazovor bo‘lgan doktor A.Karrel.
|
D.Karnegi bezovtalik hissini tahlil qilishning qo‘yidagi usullarini ko‘rsatadi:
1. Bezovtalik tug‘diruvchi muammolarni tahlil qilish va yechish yo‘llari
Bezovtalikning asosiy sababi bu chalkashlikdir. Hayotdagi bezovtaliklarning teng yarmiga etarli bilimga ega bo‘lmay qaror qabul qilishga urinuvchi odamlarning o‘zlari sababchi bo‘ladilar. SHu bois uch bosqichli tahlilga o‘rganing:
a) Sizni nimalar tashvishlantirayotganini aniq yozib oling:
b) faktlarni tahlil qiling va Siz nima qila olishingiz mumkinligini yozing;
v) nima qilish kerakligi haqida aniq bir qarorga keling.
Ana undan keyin tezroq amaliy ishga kirishning va natijasidan qayg‘urmang.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |