9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish
Ish faoiyatidan qoniqmaslik
Download 147.96 Kb.
|
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiziqmagan ish bilan
- Ruhiy sabablarga
Ish faoiyatidan qoniqmaslik stressga sabab bo‘luvchi eng muhim omillardan hisoblanadi. Xodim undan nima kutayotganligini, bu ishni qanday qilish kerakligi va bu ish qanday baholanishini bilsagina xotirjam ishlaydi.
Ish qobiliyati va omadsizlik inson salomatligiga qattiq ta’sir ko‘rsatadi. Haddan tashqari ko‘p ish yoki aksincha beishlik, ishning o‘ta kam bo‘lishi ham stressga olib keladi. Bunday sabablar tufayli sodir bo‘lgan asabiylashlik eng ko‘p tarqalgandir. Ish haddan tashqari ko‘payib ketganda bezovtalanish moddiy boyliklarga befarq bo‘lish hissiyoti kuchayadi. Xuddi shuningdek, ish bilan kam ta’minlanganda yuqoridagi holatlar takrorlanadi. Qiziqmagan ish bilan band bo‘lish ham stressni yuzaga keltiruvchi sabalardan hisoblanadi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, ish qanchalik qiziqarli bo‘lsa, xodim shunchalik kam bezovtalanadi, kam betob bo‘ladi. Yana bu sabablarga qo‘shimcha: yomon ish sharoitlari, ish jarayonida odamlarning bir-biriga asossiz talablarni qo‘yishi, o‘quvsiz rahbarning o‘quvsiz muomalasi, demotivlashtirishining ustuvor ekanligi va boshqalar ham stressni vujudga keltiradi. Stressning fiziologik sabablariga quyidagilar kiradi: migren (boshni qattiq og‘ritadigan va ko‘ngilni aynitadigan asabiy kasallik) yara; qon bosimining oshishi; qon kasalligi; bel og‘rig‘i; artrit; astma; yurak og‘rig‘i; oshqozon og‘rig‘i kabi kasalliklar. Ruhiy sabablarga qattiq qo‘zg‘alish, ishtahani yo‘qotish, voqealarga, odamlarga nisbatan etiborsizlik kabilar kiradi. Hayotda ruhiy sabablar tufayli vujudga kelgan stresslar juda tez-tez uchrab turadi. Masalan, odam o‘zining (xudbinoma) ehtiyojini, hudbinlarcha qondirsa, ya’ni shuhratparastlik, hasadgo‘ylik, farovonligiga erishuv yo‘lidagi qo‘rquv, hokimiyatga intilish tufali faoliyat ko‘rsatsa va ishni o‘zini mard va olijanob deb bilgan tushunchalariga mos kelmasa-shu holatda u o‘zi bilan ziddiyatga, jazavaga tushgan holatda bo‘ladi. g‘ki boshqa bir ruhiy sabab-bu hissiy zo‘riqish, ya’ni ehtiyojlarni qondirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar yoki taqdir zarbalari: eng yaqin kishisining o‘limi; urush, janjal, nizo va hokazolar qanday sabablar tufayligidan qat’iy nazar- ichki yoki tashqi ta’siridanmi bari bir odamda asabiy holatni yuzaga keltiradi. Organizm uchun salbiy tuyg‘ular bo‘lgan quyidagilar ham asabiylash uchun ruhiy sabablar rolini o‘ynashi mumkin. Asabiy holatning vujudga kelishi va uning o‘tib ketishi, ruhiy halovatsizlikni bilish, uni bartaraf etish kabilar rahbarlik faoliyatining diqqat markazida turishi kerak. Asabiylashgan holatda: ongli faoliyatdagi ayrim tomonlar to‘xtashdan qoladi; idrokda, xotirada anglashmovchiliklar paydo bo‘ladi; kutilmagan qo‘zg‘olishlarga nisbatan ayni bir xil bo‘lmagan ta’sirlar yuzaga chiqadi; diqqat va idrok ko‘lami torayib, halovatsizlik kuchayadi va boshqalar.
SHunday vaziyatda noxush holatning oldini olish, ya’ni uni boshqarish kerak. Buning uchun rahbar ishini nimadan boshlashi kerak? Eng avvalo u asabiylashgan odamga nisbatan kamsituvchi munosabatda bo‘lmasdan, unga ziddiyat, halovatsizlik har bir shaxs hayotining ajralmas bo‘lagi ekanligini, bunday holat nafaqat unda boshqalarda ham bo‘lishi mumkinligini, buni esa bartaraf qilishning iloji borligini anglatishi kerak. Bu asabiy holatni boshqarish va shunday vaziyatdan chiqarishning eng qulay va oqilona yo‘lidir. Hammadan ham xodim Sizning yordam berishga tayyor ekanligingizni sezishi kerak. Bu unga birinchi qadam qo‘yishiga yordam beradi. Balki gapni shunday boshlagan ma’quldir: “Sezishimcha Sizni nimadir qiynayotganga o‘xshaydi, agar Sizga yordamim tegsa, men buni jon deb bajaraman: Marhamat, istagan vaqtingizda menga murojaat qilishingiz mumkin”. Suhbat davomida quyidagilarga e’tibor berish kerak. uning faoliyatini qiziqib kuzatib borayotganingzni, uning muommolariga jiddiy e’tibor berishingizni bildirishingiz kerak. unga ushbu suhbat shu honadan tashqariga chiqmasligi,hech kim habardor bo‘lmasligini eslating; uning muammosi uning “aybi” deb qaralmasligini ko‘rsating; xodimni gapirib olishiga imkon bering, gapirga qiynalsa ham, to‘xtalib qolganida ham gapini bo‘lmang, uning gapini bo‘lish unga nisbatan betoqatlik va hurmatsizlikni bildiradi; o‘z muammolarini yaqqol ko‘raolishiga yordam beraoladigan savollarni bering. Balki ziddiyatli, keskin deb anglanayotgan holat vahima qiladigandek unchalik jiddiy emasdir. Ushbu ruhdagi hodim bilan qilingan har bir suhbat, har bir yordam, xodimni o‘z-o‘zini qo‘lga olishi, o‘zi yordam bera olishiga olib keladi. Agar shu muammoni rahbarning bir o‘zi hal etib qo‘ya qolsa, xodimni o‘sish imkoniyatidan mahrum etgan bo‘ladi. Bunday tadbirkorona suhbatlar mahsus ajratilgan xonallarda, ya’ni komunikatsiyalashgan joylarda o‘tkazilgani yaxshi. SHu jarayonda rahbar shunga e’tibor berishi kerakki, har bir asablashgan holat ziddiyatga kirishgan har ikki tomonning hozirgacha oshkor bo‘lmagan kuchlarini ayon etadi, yuzaga chiqaradi. XX asrning buyuk ruhshunoslaridan biri Vena shahrilik mashhur olim Zigmund Freyd bunday degan edi: “Bizning barcha intilishlarimiz asosida ikki maqsad yotadi, shulardan biri mashhur va nufuzlik inson bo‘lishdir”. Amerikalik o‘tkir faylasuf, professor Jon Dyui aynan shu fikrni sal boshqacharoq ifodalaydi. Uning ta’kidlashicha, inson tabiatiga hos bo‘lgan umumiy orzu-istak-el orasida nufuzli kishi sifatida tanilib, izzat obro‘ bilan yashashdir. Biroq bunga erishishning o‘zi bo‘lmaydi. Zero obro‘-shuhrat, nufuz-zo‘rlab yoki talab qilish olinadigan fazilatlar emas, unga faqat tabiiy yo‘sinda erishiladi. Balog‘at yoshiga etgan deyarli har bir inson quyidagilarni istaydi: sog‘liq va uzoq yashash; oziq-ovqat; uyqu; pul va qimmatbaho buyumlar; jannatga tushish; bolalarning orzu-havaslarini ko‘rish; mashhur va nufuzli bo‘lish. Bu istaklarning oxirgisidan bo‘lak hammasiga bemalol erishish mumkin. Uilyam Jems ta’kidlaganidek: “Obro‘-izzatli bo‘lish uchun zo‘r berib intilish inson tabiatida makon qo’rgan eng kuchli xususiyat-dir”. Obro‘-izzatga nisbatan ana shu kuchli tashnalik insonlarni butun umri davomida qiynoqqa solib keladi. Bu tashnalikni kamdan kam odamgina qondira oladi va bunga erishganlar hayotda buyuk inson sifatida obro‘ va nufuzga ega bo‘ladilar. O‘zining salohiyatiga obyektiv baho bermayin, shunday shon-shuhratga erishishga imkoni bo‘lmaganlar asossiz ravishda o‘zini har quyga soladi, asabiylashishni o‘ziga qurol qilib oladi va oqibatda shu narsa uning umriga zavol bo‘ladi. Ana shunday kishilarni xotirjamlikka chaqiramiz va ularga keyingi paragrafda keltirilgan D,Karneginning “Qanday qilib xotirjamlikka erishish va to‘laqonlik hayotda yashash mumkin” to‘g‘risidagi maslahatlarini qunt bilan o‘qishni tavsiya etamiz. Download 147.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling