9-mavzu: Odamning bilish qobiliyatlari Reja: 1- odamning bilish qobiliyati
Download 33.78 Kb.
|
enkonometrika
Tasavvur deb real voqelikdagi narsa va hodisalarning muayyan daqiqada idrok qilinmayotgan hissiy obrazlariga aytiladi. Tasavvur real olamdagi narsalarning qayta tiklangan obrazidir. Tasavvurning manbai obyektiv reallikdir. Idrokda biz ko‘rayotgan,eshitayotgan,bizga tegib turgan narsalar va shu kabilar qo‘zg‘otuvchi bo‘ladi. Tasavvur uchun esa buyum emas, balki shu buyum haqidagi so‘z yoki fikr qo‘zg‘atuvchi hisoblanadi. Aytaylik, agar siz oldin limon iste’mol qilgan bo‘lsangiz, siz uni tasavvur qilishingiz mumkin. Nafaqat sariq rangi, nordon mazasi, o‘ziga xos hidi, siqib shirasini chiqarishdagi ovozini his qilamiz. Shunday qilib odam tasavvurida ilgari qabul qilingan obyektlarning belgilarini qo‘shishi mumkin va real dunyoda mavjud bo‘lmagan yangi obyektni ichki nuqtai nazarida gavdalantiradi.
Hozirgi tadqiqotchilar odamda fiziologik sezgi organlaridan tashqari, ularning ingichka ruhiy (astral) o‘xshashlari ham bor deb faraz qiladilar. Ko‘pchilik odamlarda ular faol ishlamaydi, shuning uchun ularda sezgi orqali bilishning qo‘shimcha (zahira yoki paranormal) qobiliyatlari yashirish holda mavjud. Ammo fan oldindan bilish, oldindan eshitish, psixometriya kabi( ruhiy o‘lchov) kabi, inson zehn tizimining zahiraviy imkoniyatlarining namoyon bo‘lishiga bir necha bor to‘qnashdi. Kuzatish bunday imkoniyatlarga ega bo‘lgan odamlar sonining o‘sib borishiga guvohlik beradi. Har qanday hissiy bilish o‘zining chegarasiga ega va hamma vaqtda ishonarli emas. “Sezgi aldovi” degan tushuncha mavjud. Masalan, mexanik soatlardagi soat tili go‘yoki harakatsizday. Yer go‘yoki tep-tekisdek, qalam suvli stakanda go‘yoki qiyshiqdek. Bunday “ aldov”ning sababi nimada? Birinchidan, barcha sezgi organlari idrok bo‘sag‘asiga ega. Ikkinchidan, ba’zi bir tabiat hodisalari tashqi jihatdan o‘zining real holatidan farq qiladi yoki hech bo‘lmaganda tirik mavjudotning sezgi organlari orqali hayoliy qabul qilinadi. Masalan, suvli stakanda qalamning hayolan qiyshayishi. Sezgi aldovini yo‘qotishi uchun, bilishning qo‘shimcha qobiliyatlari – aql va his qilishni ishga solish kerak. Download 33.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling