9-mavzu: Odamning bilish qobiliyatlari Reja: 1- odamning bilish qobiliyati
Download 33.78 Kb.
|
enkonometrika
Gnoseologik konsepsiyada bilish jarayonida sezgi organlari harakatiga katta ahamiyat berilishiga - sensualizm va empirizm deyiladi. Bunday olganda ular urtasida jiddiy farq yo‘q. Sensualizm tarafdorlari bilish jarayonida sezgi hal qiluvchi rol o‘ynaydi debhisoblaydi. Empirizm tarafdorlari esa bilishda hissiy tajriba asosiy o‘rinni egallaydi deydilar. Nemis filosofi Feerbax, ingliz mutafakkirlari Lokk va Gobbs, fransuz filosoflari Lametri va Gelvetsiy, rim stoiklari, yunon epikurchilari sensualizm va empirizmning izdoshlari edilar.
2. Aqliy bilish – bu aql yordamida (aql – idrok, fahm – farosat, tafakkur, aql) bilish, ma’lumki, bilishning bu turiga faqat aqlli mavjudot ega bo‘lishi mumkin. U uchta asosiy: tushuncha, hukm, xulosa shaklda amalga oshiriladi. Tushuncha - obyektning muhim belgilarini ifodalovchi va uning ifodasini tilda mustahkamlovchi so‘z belgisi. Tushuncha sodda va murakkab bulishi mumkin. Sodda tushuncha sezgi organlari tomonidan qabul qilinadigan narsalarni ifodalaydi. Sodda tushunchaga odam, stol, tosh, it, qor, quyosh kabilar misol bo‘ladi.. Murakkab tushuncha mavhumlikning ma’lum darajasi sifatida tushuniladi. Odatda ular ushlab va ko‘rib bo‘lmaydigan narsalarni ifodalaydi. Uni tushunish uchun aql va ma’lum bilim (falsafiy, ilmiy va boshq.)dan foydalanish zarur. Burch, sharaf, vijdon, ong, korpuskulyar – to‘lqinli dualizm, makon – vaqt, tabiatning dialektik qonuniyatlari, Xudo, tarixiy rivojlanish – abstrakt tushunchalarga misol bo‘la oladi. Hukm –ma’nosi bo‘yicha bir-biri bilan bog‘langan tushunchalar majmui. Og‘ir tosh, qushlar uchadi, qizil olma, mis metall, barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi – hukmga misol. Xulosa – biridan boshqasi chiqadigan, mantiq qonuni bo‘yicha o‘zaro bog‘langan bir nechta hukmlar majmui. Masalan, barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi, mis-metall, shuning uchun ham elektr tokini o‘tkazadi. Falsafada ratsional bilishning mumkinligi va to‘g‘riligi bo‘yicha har xil nuqtai nazarlar mavjud. Shu bilan birga, ba’zi filosoflar insonning idrok qilish qobiliyatini chegaralangan deb, aqlni cheksiz bilish imkoniyatlari mavjud degan fikrni ilgari surganlar.(Kant, Blavatskaya, Rerix). Gnoseologik konsepsiyada aql odam bilishning asosi hisoblanib,uni ratsionalizm deb ataydilar. Uning yevropalik tarafdorlari – Dekart, Leybnits, Spinoza, Kant va boshqa filosoflar hisoblanadi. Download 33.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling