Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar reja
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
14-MAVZU. IJTIMOIY ANTROPOLOGIYA VA DINIY MUNOSABATLAR Reja: 1. Ijtimoiy antropologiyada diniy munosabatlaming yoritilishi 2. Diniy munosabatlamingsotsial predmeti va fhetodlari 3. Dinning vazifalari va diniy tashkilot turlari 4. Sekulyarizatsiya sotsiomadaniy fenomen sifatida Tayanch tushunchalar Din sotsiologiyasi, din, antifeodal burjua inqiloblari, uch bosqich qonuni, “qadriyatlaming axloqiy politeizmi”, total institutlar, mazmun yoki mohiyat fimksiyasi; tegisMilik yoki identifikatsiya fimksiyasi; sotsial integratsiya va barqarorlik fimksiyasi; madaniy qadriyatlar, asosan axloqiy normalaming muqaddaslashtirilishi fimksiyasi, cherkov, denominatsiya va sekta, sekulyarizatsiya 1. Din sotsiologiyasining paydo bo ‘lishidagi ilk nazariyalar Din sotsiologiyasi XIX asming o ‘rtalaridan sotsiologiyanirig mustaqil yo‘nalishi sifatida rivojlana Jjoshladi. Uning rivojlanishi uchun Yevropa jamiyatida ma’naviy uyg‘onish jarayonlari va antifeodal buijua inqiloblarining sodir bo‘lishi asos sanaladi. 0 ‘n sakkizi nchi asr faylasuflarining feodal ijtimoiy munosabatlar va g‘arb jamiyatidagi cherkovning tanqidi dini sotsiologiyasining rivojlanishida asosiy sabablardan biri bo‘ldi. 0 ‘rta asrlar Yevropasi*va yangi davming boshlanishi ko‘plab dfliiy asosdagi mojarolarga to ‘la bo‘ldi. Mazkur davming qator mutafakkirlari, jumladan, Gobbs, Lokk, Yum din asosidagi nizolar va notinchlikla*. tufayli uning jamiyatni birlashtiruvchi, tinchlantiruvchi, kompensatorlik kabi xususiyatlari borasida shubha bilar^ qaraydigan bo‘lishgan. Gobbs xristianlik tarixida yuz bergan voqyea va hodisalarga tayangan holda o‘z asarlarida dinning jamiyat uchun xavf tug‘diruvchi xususiyatlarini yoritgan. Ba’zi olimlar katolik cherkovini feodalizm tuzumining poydevori sifatida baholagan. Fransuz ma’rifatchilari Golbax va Didro jami- yatdagi dinning о‘mini “tabiiy insonning” aqli va axloqi egallashi 139 kerak, degan g‘oyani ilgari surishgan. Faqat ayrim ma’rifatchilar tomonidan din jamiyatning normativ tizimini ushlab turuvchi sotsial institut sifatida juda muhim, degan fikrlami bildirgan. Yuqorida keltirilgan barcha qarama-qarshi fikrlaming sababi yangi davr Yevropasining hayotida din tinchlik va barqarorlik garovidan ko‘ra, baxs va sotsial konfliktlaming sababi boMib qolganligida edi. Shuning uchun jamiyatda din uchun shunday joyni ajratish kerak ediki, u sotsial tartibga tahlil solmasligi, aksincha, uni o‘matishga ko‘maklashishi zarur bo‘lgan. Buning uchun jamiyatda dinga nisbatan diniy qarashlarmi shakllantirish lozim edi. Lokkningn fikricha, mazkur maqsadga faqat dinni davlatdan ajratish, ya’ni “xususiylashtirish” orqali amalga oshirish mumkin. Shu orqali din har bir shaxsning o‘z shaxsiy ishi va tanloviga aylanishi kerak bo‘lgna. Davlat o‘z navbatida fuqarolaming mulkini va mulkiy munosabatlarini himoya qilgan holda ulaminrg e ’tiqodi masalasiga aralashmaydi. Cherkov - bevosita insonning tanlovi va xohishiga ko‘ra birlashadigan tashkiloti bo‘lib, yaratguvchiga umumiy ishonch hissi asosida insonlami birlashtiradi. J.J.Russo esa mazkur muammoniijg boshqacha yechimini ishlab chiqqan. U o‘zining “Ijtimoiy hamkorlik to‘g‘risida”' (1762) nomli asarida dinni jamiyatni birlashtiruvchi omil sifatida talqin qilgan. U shunday yozadi: “Har bir fuqaro o‘z burchlarini yaxshi ko‘rishi uchun davlat dindan foydalanadi va unga ehtiyoj sezadi”. Ammo Russo tarixiy jihatdan jamiyatda qaror topgan dinlami nazarda tutmagan. U ma’lum “fuqarolik dini”ning yaratilishini nazarda tutgan. Uning nazarida fuqarolik dini o‘zining ijtimoiylik xususiyatidan kelib chiqib, «fuqarolik burchlarining amalga oshishini ta’minlashi kerak bo‘lgan. Mazkur fuqarolik dinining dogmatlariga triada deizi xos bo‘lgan, ya’ni yaratguvchining mavjudligiga ishonch, abadiy hayot ya ezgulikka ishonch, ijtimoiy hamkorlik va qonunlaming muqaddasligiga ishonch. 1 Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling