Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar reja


Гараджа В. И. Социология религии: Учеб. пособЦе для студентов и


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana04.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1324032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Гараджа В. И. Социология религии: Учеб. пособЦе для студентов и 
аспирантов гуманитарных специальностей. - 3-е изд., перераб. и доп. - М.: 
ИНФРА-М, 2005. С 33.
140


Jamiyatda dinga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi, olimlar 
tomonidan yangi dinning yaratilishi borasidagi fikrlar va dinning 
jdamiyatdagi o‘mini shakllantirish talablari mavjud bo‘lgan diniy 
talablar, an’analami qayta ko‘rib chiqish, din fenomenini o‘rganish 
va ilmiy asoslash ehtiyojini tug‘dirdi. Mazkur ehtiyoj asosida 
sotsiologiyada yangi yo‘nalish shakllanib o‘z rivojini bosliladi.
“Ma’rifatli inson” obrazi bogan sari Yevropa ilmiy olamida 
ustunlikka ega bo‘la bordi. Unga ko‘rsa, inson o‘z aqli, ongiga va 
ilmga tayangan holda o‘z hayotini ratsional to‘g‘ri va adolatli 
asoslarga tayangan holda qurishi mumkin. Shu o‘rinda ongli 
ratsional insonning din va yaratguvchiga ishonchi masalasi o‘rtaga 
chiqdi. Natijada dinga nisbatan an’ana va urf-odatlardan xoli 
bo‘lgan ratsional qarash shakllana boshladi. Yangi davrda Yevropa 
jamiyatida qator sotsial o‘zgarishlar dindagi talab va qoidalami 
yangidan ko‘rib chiqish va sotsial muhimlik nuqtai nazaridan 
baholash imkonini berdi.
I.Kant (1724-1804) yangi davming faylasuf olimlaridan biri 
bo‘lib, dinni turli dogma va diniy-teologik nuqtai na^ardan emas, 
balki din falsafasi va ratsionallik nuqtai nazaridan o‘rgangan. 
Uning fikricha, inson ongi cherkov doktrinalari va muqaddas 
yozma manbalariga qaraganda ishonchliroq va kilchliroq 
argumentlarni keltirib bera oladi. Ma’naviy yuksak inson o‘z 
aqliga tayangan holda yashashi kerak. Shu kabi dinni falsafiy 
talqin qiluvchi nazariyalar flinni rad etishni emas, balki uning 
ratsional mohiyatini ajratib olishni o‘zining asosiy maqsadi qilib 
olgan. Ratsional din ratsional davlat "va huquqiy tartib bilan 
birgalikda insonning tolerant bo‘lishi, jamiyat bilan uyg‘unlikda 
y^hashi, dindagi dogmatfzm va fanatizfnni yengib o‘tishi kerak 
bo‘-lgan. Shuning asosida “axloqiy din” tushunchasi shakllandi.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mazkur davrdagi rivojla- 
nishi, ya’ni sotsfal dinamikasi ijtimoiy institutlaming differen- 
siatsiyasi jarayoni bilan birgalik kechdi. Undan tashqari jamiyatda 
segm entatsi^ va plyuralizmning o‘sishi kuzatildi. Natijada 
dinning iqtisod, oila, ta’lim, siyosat kabi sohalar bilan aloqasi 
masalalari dolzarblik kasb eta boshladi.
XVIII asr fransuz inqilobi va XIX asming 30-40-yillarida 
sinflar o‘rtasidagi antoganizmning paydo bo‘lishi dinning sotsial


vazifalari, jamiyatdagi o‘mi, jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi 
roli kabi masalalami o‘rganishga da’vat etdi. Dinning fan bilan 
muknosabtlari ham atroflicha o‘rganila boshladi. Chunki fan 
jamiyat rivojlanishining asosiy omillaridan biri edi. Fan va din 
o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar XlXasrning o‘rtalarida o‘zming 
eng baland nuqtasiga yetdi. Bunda Darvinning evolyutsion 
nazariyasi asos bo‘ldi.
Radikal tanqidchilar sanalgan Feyerbax va Marks dinning 
taraqqiyot yo‘lidagi to‘siq, tormoz sifatida baholagan. Dinning 
tarafdorlari esa uni jamiyatning kuchini qaytadan tiklovchi omil 
sifatida baholashgan.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling