9-mavzu: Odamning bilish qobiliyatlari Reja: 1- odamning bilish qobiliyati


Download 33.78 Kb.
bet4/11
Sana16.09.2023
Hajmi33.78 Kb.
#1679692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
enkonometrika

3.Irratsional bilish – bu bilish to‘g‘ridan to‘g‘ri sezgi aql-idrok va ratsional fikrlashsiz kechadi deb tushuntiruvchioqimdir. Bunday bilish turlarining ko‘p xil ko‘rinishlari va nomlari bor – insayt, nogahon esiga tushish qatori, sezgi bilish va boshqalar. Ammo, hammasi u yoki bu darajada ichki his bilan bog‘liq. Ichki his odamning amaliy va bilish faoliyatida katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, ko‘p fundamental ilmiy kashfiyotlar filosoflar va olimlarning ichki gumonlariga asoslangan bo‘lib, ular keyinchalik fan empirik faktlari va ratsional tushunchalar tekisligiga ko‘chirildi.
Gnoseologik konsepsiya, unda odam bilishining asosi intuitsiya hisoblanib, “intuitivizm” deb ataladi. Uning tarafdorlari qatoriga A.Bergeon va N.Losekiy va shuningdek, atoqli filosoflar Dekart, Spinoza, Leybnits, Shelling, Blavatskayalar bilishda va inson hayotida aqliy va ma’naviy intuitsiyaning yetakchi roli, katta ahamiyatini tan oladilar.
Tabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish obyekti hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va hodisalar tadqiqotchiga hech qanday qarshilik ko‘rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez o‘zgaruvchi sistemalar bilish obyekti hisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo‘lgan muhim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab chiqarish sohalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murakkab ma’naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar va g‘oyalarni ham o‘rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to‘g‘risida zarur bilimlarga ega bo‘lish mamlakatimizda bilimdon, har jihatdan yetuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda alohida o‘rin tutadi. Bilish nazariyasi bo‘lajak mutaxassis kadrlarda muayyan ilmiy layoqat va qobiliyatlarni shakllantirishga ko‘maklashadi.
Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni o‘rganish, ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir.

Download 33.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling