9-mavzu: O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis etish


Download 0.79 Mb.
bet6/7
Sana18.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1707224
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 mavzu

muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi; vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to'g'ri belgilanganligi; tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to'g'ri hisobga olinganligi; tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o'tish; tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib oorishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:Pedagogik kuzatish metodi, Suhbat metodi, Anketa metodi, Intervyu metodi, Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi, Test metodi, Pedagogik tahlil metodi, Bolalar ijodini o'rganish metodi, Pedagogik tajriba metodi, Matematik-statistik metod.

5. Pedagogikaning metodlari. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Metod lotincha-mitodos-yo‘l so‘zidan olingan. Ilmiy tadqiqot esa shu metod orqali nazariy, siyosiy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish maqsadida qizmat qiladi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan biror pedagogik muammoni qal qilish maqsadida talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlar foydalanadilar. Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilishdan boshlanadi.

Adabiyotlarni o‘rganish yurtboshisi prezident asarlari, tadqiqot mavzusiga doir darslik, monografiya, risola va maholalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi. Kuzatish metodi. Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishda tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: qisha va uzoq muddatli kuzatish. qisha kuzatish ob'ektning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlardan ma'lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma'lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishning yakuniy qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida ma'lum ma'sul Shaxslar bilan og‘zaki savollar berib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida, mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim va uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida interv'yu olish ham mumkin. O‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Tadqiqot natijalarini ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling