9-Mavzu. Organik dielektriklar. Reja: Organik dielektriklar. Tabiiy qatron
Download 311.6 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq9-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Polipropilen termoplastik polimer bo`lib, uning zichligi 920-930 kg/m
3 , sovuqqa chidamliligi – 5-25 0 S, dielektrik xossalari: r = 2,0; tg = 0,0003; = 10 12 – 10 15 Om m; s 10 16 Ом; Е m = 30- 35 MV/m. Sof polipropilen polietilen kabi zararsizdir. Undan elektr va radiotexnikada izolyatsiya materiali sifatida foydalaniladi. Polipropilendan tola, plyonka, penoplast va boshqa plastmassa mahsulotlari olinadi. Polipropilenning polietilen bilan birikmasi polietilenga nisbatan mexanik mustahkamroq, qayishqoqroq, yorug`likka va issiqlikka bardoshliroq bo`lib, juda past darajali sovuq muhitda ham ishlay olish qobiliyatiga egadir. Polivinilxlorid amorf polimer bo`lib, zichligi 1350-1430 kg/m3, dielektrik xossalari: r = 3,1-3,5; tg = 0,02; 10 13 - 10 15 Om m; E m = 35 MV/m. Bu material benzol, kerosin, efir va neftdan olinadigan boshqa moylarning ta'siriga chidamli bo`lishi bilan birga, deyarli yonmaydi. Temperatura ortishi natijasida polivinilxloridning dielektrik va mexanik xossalari yomonlashadi. U, asosan, qattiq va qayishqoq holatda ishlab chiqariladi. Qattiq polivinilxlorid viniplast deb nomlanib, undan konstruktsiya materiali sifatida foydalaniladi. Qayishqoq holatdagisi polivinilxlorid plastikati deb ataladi. Uning zichligi 1150-1360 kg/m 3 , ish temperaturasi +105 0 S, solishtirma qarshiligi =10 10 –10 12 Om m bo`lib, yuqori kuchlanishli kabel va aloqa simlarining izolyatsiyasi vazifasini bajaradi. Yuqori temperatura, yorug`lik va nam ta'siriga chidamlilik xususiyatlari polivinilxlorid plastikatini aloqa kabellarining ustki qoplamasida ishlatish imkonini beradi. Poliefir qatroni turli xil kislota va spirtlarga ishlov berish orqali olinadi. U yaxshi elektr izolyatsiya va mexanik xossalarga ega. Poliefir qatroni atmosfera, moy va benzin ta'siriga chidamli, namlikni o`ziga yaxshi singdiradi, temperatura ta'sir etishi natijasida elektr xaraktiristikalarini o`zgartiradi. Kremniy-organik (KO) polimerlar yuqori molekulyar birikmalardan tashkil topib, uning tarkibiga ugleroddan tashqari kremniy ham kiradi. Bu polimerlarning asosiy xossalaridan biri uzoq muddat yuqori temperaturada (1800S) ishlay olishidir. KO polimeri yaxshi dielektrik xossaga ega bo`lgan, sovuqlik va namlik ta'siriga chidamli elastik materialdir. Suyuq holatdagi ushbu polimerning dielektrik xossalari: r = 2,4 – 2,7; tg = 0,0001 – 0,0002; = 10 13 Om m. KO qatroni rezina yoki elastometr deb, vulkanizatsiyalangani esa kauchuk deb ataladi. Bunday kauchuk o`z elastikligini yuqori temperaturada (t = 250 0 S) ham saqlaydi. Selyuloza. Selyuloza yuqori molekulali chiziqli polimer bo`lib, yog`ochga ishlov berish orqali olinadi. Selyuloza yuqori molekulyar massaga ega. Selyuloza tarkibida qutbli gidroksil gruppa bo`lganligi sababli u qutbli polimer hisoblanadi. Mazkur polimerning dielektrik xossalari quyidagicha: r = 6,5 – 7,0; tg = 0,005 – 0,01 Elektrotexnikada izolyatsiya materiali sifatida ko`pgina selyuloza materiallaridan foydalaniladi. Ular elektr mashinasi va transformatorlar uchun turli xil izolyatsiya materiallari yoki konstruktsiya detallari ishlab chiqariladi. Selyuloza asosida olingan qog`oz va yuqori kuchlanishli kabel, telefon kabeli, transformator va kondensatorlar izolyatsiyasida ishlatiladi. Selyuloza atsetati yaxshi tozalangan paxta selyulozasidan olinadi. Bu materialning metilenxloriddagi eritmasidan tola va plyonka olinadi. Ularga egiluvchanlik xususiyatini berish maqsadida eritmaga plastifikator (dibutilftalat) qushiladi. Triatsetat plyonkasi, odatda, elektr mashinasining paz izolyatsiyasida qo`llaniladi. To`qimachilik materiallari. To`qimachilik materiallari tarkibi tolalardan iborat xom ashyoga maxsus ishlov berish orqali olinadi. Elektr izolyatsiyasida tola sim va shnur yuzasiga o`rab yoki to`qib chiqiladi. Elektr mashina va apparatlarining asosiy izolyatsiyasini tashqi mexanik ta'sirdan himoya qilishda ham tasma va gazlama matolar ishlatiladi. Tolasimon materiallar zichligi 920 – 2500 kg/m 3 atrofida bo`lib, uning quyi chegarasi polietilenga, yuqori chegarasi esa asbest va shisha materiallariga xosdir. Elektrotexnikada qo`llaniladigan gazlamalarga misol qilib shifon (qalinligi 0,15 mm), batist (0,12 mm) va bo`z (0,40 mm) ni olish mumkin. Tabiiy shoyi tolasining tashqi qismi ipak yelimi seritsin bilan qoplangan bo`ladi. Izolyatsiyada ishlatiladigan ipak tolasi seritsin va boshqa mineral qo`shimchalardan tozalanadi. Tabiiy shoyi tolalari juda ingichka bo`lib, sim yuzalariga qoplama sifatida ishlatiladi. Bu material yaxshi dielektrik xossaga va mustahkamlikka ega. Sintetik tola va ulardan olingan turli materiallar elektrotexnikada triatsetat shoyisi, kapron, lavsan nomi bilan tanishdir. Bu gazlamadan, o`z nav-batida, mitkal va batist deb nomlangan tasmalar tayyorlanadi. Mazkur tasmalarning eni 15 – 30 mm, qalinligi 0,14 – 0,16 mm bo`lib, ular qayishqoqligi va mexanik mustahkamligi bilan ilgarigilaridan farq qiladi. O`simlik moylari. O`simlik moylari turli o`simlik urug`laridan olinadi. Elektrotexnikada yorug`lik, issiqlik, kislorod va boshqa ta'sirlar ostida qotadigan o`simlik moylari katta ahamiyatga egadir. Kuriydigan moylar kimyoviy tarkibi bo`yicha glitsirin efiri va organik kislotalardan tashkil topadi. Eng keng tarqalgan quriydigan moylarga zigir va tung moylari misol bo`ladi. Zigir moyining zichligi 930 kg/m 3 , qotish temperaturasi – 20 0 S ga teng. Tung moyi zaharli bo`lib, zichligi 940 kg/m 3 , qotish temperaturasi –5 0 S. Ushbu moylar elektrotexnikada, asosan, lok va loklangan gazmollar tayyorlashda va yog`och materiallarni shimdirishda ishlatiladi. Kanakunjut moyi ham o`simlik urug`idan oinib, uning zichligi 950-970 kgG`m3, qotish temperaturasi -10 -18 0 S , dielektrik xossalari: r = 4,0-4,5; tg = 0,01-0,03; Е m =15-20 MV/m. Bu moy etil spirtida eriydi. Undan qog`ozli kondensatorlarni shimdirishda foydalaniladi. Bitumlar. Bitum–murakkab uglevodorod birikmalaridan iborat bo`lgan, qora yoki tuk qungir rangli termoplastik amorf moddadir. Uning solishtirma og`irligi 980-1050 kg/m 3 . Bitum gigroskopik bo`lmagan va o`ziga suv singdirmaydigan materialdir. U benzol va toluolda oson eriydi, spirt va suvda mutlaqo erimaydi. Tabiiy (qazib olinadigan) bitum asfalt deb ham ataladi. Asfalt yaxshi elektr izolyatsiya xossasiga ega bo`lib, murt va qattiqdir. Uning yumshash temperaturasi 200 0 S gacha yetadi. Bitumlarning dielektrik xossalari quyidagicha: r = 2,5-3,0; tg = 0,01; =10 13 -10 14 Ом м; Е m = 10-25 MV/m. Bitumlar, asosan, lok va kompaundlar tayyorlashda ishlatiladi. Sinov savollari: 1.Dielektrik materiallar haqida tushuncha bering. 2.Suyuq holatdagi dielektriklarni tushintiring. 3.Suyuq sintetik dielektriklarga qanday materiallar misol bo`ladi? Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Bogorodskiy N. P. , Paso`nkov V. V. , Tareyev B. M. Elektrotexnicheskiye materiali. – L. «Energoatomizdat», 1985. 2. Mayofis I. M. Ximiya dielektrikov. – M. «Ximiya», 1981. 3. Majidov S. Elektrotexnikadan ruscha-o`zbekcha lug`at. Toshkent, «O`qituvchi». 1983 yil. 4. Kamolov SH.M., Ahmedov A.SH. Elektrotexnika materiallari. Toshkent, «O`qituvchi». 1994 yil. 5. Renne V. T. Elektrotexnicheskiye materiali. – L. , «Energiya», 1982. 6. Tareyev B. M. Fizika dielektricheskix materialov. – M. «Energoatomizdat Download 311.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling