9-mavzu. O’rta Osiyo arxitekturasi tarixining umumiy tavsifi
Download 36.93 Kb.
|
9-МАВЗУаа
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-slayd. Ustun (924-ad.) arxitektura debochasi (m.av. VIII asrgacha)
1-4 slaydlar.
1-slayd. Orom dengizining qurib borish xaritasi (davriy nashrdan olingan) 2-slayd. Gumbazli binolar (924-ad.) 3-slayd. Sinchlar (924-ad.) 4-slayd. Ustun (924-ad.) arxitektura debochasi (m.av. VIII asrgacha) Arxitekturaviy muhitning rivoji inson o‘zi yashab turgan joyning,boshidan kechirgan hayotining tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘rta Osiyoda, xususan O‘zbekistonda bundan 40-20 mln. yil burun yashay boshlagan, deb hisoblanadi. Arxitekturaning dastlabki shakllanish jarayoni tosh, birinj (bronza) va temir davrlarida o‘tgan. Tosh davri qadimgi tosh-paleolit, o‘rta tosh-mezolit va yangi tosh-neolit davrlariga bo‘linadi. O‘z navbatida paleolit-geologlar ta’rifiga ko‘ra to‘rtlamchi davr -quyi yoki ilk (shell, ashell), o‘rta (must’e) va yuqori yoki so‘nggi paleolit davrlariga ajratiladi. Quyi paleolit davri (taxminan 800 ming yil burun boshlanib 100 ming yil burun tugagan) juda ham sodda manzilgohlar bilan ma’lum. O‘rta paleolit (taxminan 100 min gyil burun boshlangan) davri Boysun tog‘laridagi T e sh i k t o sh neandertal insonning g‘or manzilgohi bilan mashhurdir. YUqori yoki so‘nggi paleolit (taxminan 40 ming yil burun boshlanib 12 ming yil burun tugagan) yodgorliklari qatorida Samarqand shahar bog‘i ichidagi paleolit m a n z i l g o h i ni keltirish mumkin. O‘rta tosh asri-mezolit taxminan miloddan avvalgi 13 mingyillikdan 5 mingyillikkacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Surxandaryo viloyati Boysun tumanidagi M a ch a y g‘or manzilgohi dastlabki kuzatuvlarga ko‘ra mezolit va neolit davrlariga mansubdir. Janubiy Turkmaniston –Markaziy Osiyoning dastlabki me’morchilik kurtaklari paydo bo‘lgan erlaridir. Neolit-yangi tosh davrida (mil.av. 3-4 mingyilliklar) bu joylarda dehqonchilik-chorvachilik jamoalari shakllanadi. Pasariq tepadagi (mil.av.6-ming yillik) ibodatxona devorlaridagi suratlar (509-ad., 44-b.) san’at turlari sintezining dastlabki namunalaridir. Jaytun madaniyati miloddan avvalgi VII-V-mingyillikda oiddir. Jaytunda 30 ta turar joylar bo‘lsada, ko‘cha va maydon yo‘q. Tuzilishda bir muncha o‘zaro bog‘liqlik Qora tepa (miloddan avvalgi 3-mingyillik) mavjud. Kuksur (Geoksyur) obidasi toloslardan iborat bo‘lib, eneolit tosh-mis (miloddan avvalgi 4-3 mingyillik) davriga mansubdir. Bularning yaqin SHarqdagi SHerixon kabi neolitik qarorgohlari bilan umumligi kuzatiladi. Markaziy Osiyoda bronza davrining boshlanishi miloddan avvalgi 4-3 mingyilliklarga to‘g‘ri kelib insonning ochiq qarorgohlari paydo bo‘ldi. Sun’iy ravishda sug‘orish inshootlari-ariqlar qazila boshlandi. Bronza davriga mansub yodgorliklardan Oltintepa, Sopollitepa va Jarqo‘tonni aloxida ta’kidlash joizdir. Oltintepa (Kaaxka tumani, Meana kishlogi) Urta Osiyodagi dastlabki shaxarlardan xisoblanadi. Miloddan avvalgi 5-4 ming yillikda bu erda karorgox bulgan. Miloddan avvalgi XXI-XVIII asrlarda Oltintepa shaxar tarikasida xayot kechiradi. SHaxarning maydoni 60 g. dan ortiq bo‘lgan. Tarxi doira shakliga yakin. Kurgon devori kalinligi 2 m cha bulgan. Besh ming atrofida aloxi istikomat kilgan. Kuchalari, mozorlari bulgan. Oltintepada uch kurilish davrlari bulgan. Uylar xom gishdan kurilgan edi. Deyarli xar ochilgan uydan muri, ba’zan sandal va sufa topilgan. SHaxar markazida ibodatxona kurilgan edi. Tuzilishi jixatidan u Ikki daryo oraligidagi ibodatxonalari-zikkuratlari bilan uxshashligi bor. Tadkikotchilar ibodatxonaning ikki kurilishi davrlari bulganligini aniklashgan. Sopollitepa (Surxandaryo) urug jamoasining istexkomi sanaladi. Miloddan avvalgi XVII-XIV asrlarda xayot kechirgan.Umumiy maydoni 3 ga joyni egallaydi. Kal’asi murabba (kvadrat) tarxli bo‘lib, tomonlari 90 m ni tashkil kiladi. Kurgon devorlari tashki va ichki yulaklari ajratib turuvchi muntazam tartibda boglangan uch kator devorlardan iborat. Darvozasi janubda joylashgan. Devor kalinligi-1.6 m. Sopollitepaliklarning dini totemizm bulgan deb taxmin kilinadi. Jarqo‘ton (Surxondaryo) tuzilishi nuqtai nazardan murakkabroqdir. Unda “Arki a’lo” alohida ajralib turadi. Download 36.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling