9-Mavzu: Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlariva tahlil qilish usullari Reja


Download 192.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi192.92 Kb.
#1148610
1   2   3   4
Bog'liq
9 Ma\'ruza. Oziq ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlariva (2)

Pektinli moddalar. Bu moddalar o‘simlik mevasi va sharbatida keng tarqalgan 
geteropolisaxarid bo‘lib α-(1,4)-glyukozid bog‘bilan bog‘langan galaktouron kislotasi 
qoldig‘idan tashkil topgan. 
Galaktouron kislotasini karboksil gruppasi har xil darajada eterifikatsiyalanishiga 
ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
— protopektin — suvda erimaydiga murakkab strukturaga ega.Tarkibida 
sellyuloza, arabinoza, galaktan, oqsilli moddalar ham bo‘ladi. 
— pektin kislotasi bu polugalakturon kislotasini kam darajada eterifikatsiyalangan 
modda; 
— pektin-pektin kislotasi to‘liq eterifiksiyalangan. 
Suvda eriydigan pektin kolloid eritma hosil qiladi.Protopektin suvdaerimaydi. 
Molekulyar massasi 20-30 ming. 
Har xil o‘simlikdan ajratib olingan gemisellyuloza tuzilishi bo‘yicha farqqiladi. 
Daraxt va urug‘ tarkibidagi ular chiziqli polimer glyukomannanlar bo‘lib β-D-mannoza 
va β-D-glyukoza, β-(1,4)-glikozid bog‘ orqali bog‘langan birikma hisoblanadi. O‘t va 
yog‘och tarkibida kisilopiranozadan iborat β-(1,4)-glikozid bog‘ bilan bog‘langan. 
Uglevodlarni fiziologik ahamiyati. 
Uglevodlar inson organizmi uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi va hujayra, 
to‘qima, miya, yurak uchun muhim ahamiyatga ega. Uglevodlarni biologik oksidlanishi 
natijasida (yog‘ va qisman oqsillar) energiya ajraladi va adenizintrifosfat kislotasi 
ko‘rinishida hujayrada yigiladi. 1 gr. uglevod oksidlanganda 16,7 kDj (4 kkal) energiya 
ajraladi. 
Ba’zi bir uglevodlar biologik faollikka ega. Masalan, geparin qonni ivishini oldini 
oladi, gialuron kislota hujayra qobig‘idan bakteriyalarni o‘tishini oldini oladi. 
Glyukouron kislota esa zaharli moddalar bilan birikib murakkkab zaharsiz modda 
hosil qiladi va organizmdan chiqarib yuboradi. 
Insonni uglevod zaxirasi oz, tana vaznini 1% tashkil etadi. Mehnat faoliyati 
natijasida tez kamayadi. 
Kundalik norma 400 - 500gr. ni tashkil etadi va 80% kraxmalga tug‘ri keladi. 

Download 192.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling