9-Mavzu: Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlariva tahlil qilish usullari Reja


Download 192.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi192.92 Kb.
#1148610
1   2   3   4
Bog'liq
9 Ma\'ruza. Oziq ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlariva (2)

Polisaxaridlar 
Oligosaxaridlar. Birinchi tarkibli polisaxaridlar molekulasida 2 tadan 10 tagacha 
monosaxariddan iborat bo‘lib o‘zaro glyukozid bog‘i bilan bog‘langan bo‘ladi. Bularga 
disaxaridlar, trisaxaridlar va boshq. kiradi. 
Tabiatda disaxaridlardan maltoza, saxaroza va laktoza keng tarqalgan. 
Maltoza, 
α-glyukopiranozil-(1,4)-α-glyukopiranoza 
kraxmalni 
parchalanishinatijasida hosil bo‘ladi. 
Eng ko‘p tarqalgan disaxaridlarga saxaroza kiradi. U bir molekula α-D-glyukoza
va β-D-fruktozadan iborat. 
Disaxarid laktoza faqat sut tarkibida uchraydi va β-D-galaktoza va D-glyukozadan 
iborat. 
Trisaxaridlar ichida raffinoza fruktozadan, glyukozadan va galaktozadan iborat. 
Eng ko‘p miqdorda qand lavlagi tarkibida va dukkakli o‘simliklarda uchraydi. 


II tartibli polisaxaridlar.  
Fiziologik nuqtai nazardan polisaxaridlar ikkiga bo‘linadi. Strukturali va zaxira 
funksiyasini bajaruvchi polisaxaridlar. Struktura funksiyasini bajaruvchi polisaxaridga 
sellyuloza, zaxira funksiyasini bajaruvchiga glikogen va kraxmal kiradi. 
Kraxmal ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib amiloza va amilopektindan iborat 
(C
6
H
10
O
5
)
p
. Amiloza 10-30%, amilopektin 70-90% tashkil etadi. Amiloza α-1,4-bog‘lar 
bilan bog‘langan, tarmoqlangan qismi α-1,6-bog‘lar bilan bog‘langan. 
Glikogen — hayvon to‘qimasida keng tarqalgan bo‘lib tuzilishi bo‘yicha kuchli 
tarmoqlangan. 
Sellyuloza (yoki kletchatka) o‘simliklarda keng tarqalgan shoxlarni va barglarni 
skletini tashkil etadi. Paxta va filtr qog‘oz toza sellyulozadan iborat
Yog’ochni yarmi kletchatkadan va u bilan bog‘langan lignindan iborat. Lignin 
yuqori molekulali fenolli modda hisoblanadi.
Sellyuloza polimer bo‘lib molekulasi 600 - 900 ta gyukoza qoldig‘idan tashkil 
topgan (o‘rtacha molekulyar massasi 1-1,5 mln teng). 
Sellyulozlar molekulasida glyukoza β-(1,4)-glikozid bog‘ bilan bog‘langan, 
chiziqli strukturaga ega. Sellyuloza oshqozon fermentlari bilan parchalanmaydi, o‘txo‘r 
organizmlarni ichagida ajraladigan sellyulaza fermentlari bilan gidrolizlanganda 
sellodekstrinlar va sellobioza hosil qiladi.
Dekstranlar — asosiy qismi α-(1,6)-glyukozid bog‘ bilan bog‘langan glyukozani 
gomopolisaxararidi bo‘lib, dekstran bakteriyalarda sintez bo‘ladigan destransaxaraza 
fermenti ta’sirida saxarozadan hosil bo‘ladi. 
Pentozanlar — sellyulozaga o‘xshash polisaxarid bo‘lib ksiloza, arabinoza va 
boshqa pentozalardan tashkil topgan. 
Inulin — yuqori molekulali polimer bo‘lib, suvda eriydi. Spirtda cho‘kmaga 
tushadi. Gidrolizlanish natijasida fruktoza va qisman glyukopiranoza hosil qiladi. 
O‘simlliklar, zambrug‘lar va achitqilar tarkibidagi inulaza fermenti ta’sirida 
fruktoza hosil qiladi. 
Shilishiq va gummi moddalar (kamedlar) kolloid moddalar bo‘lib yopishqoq 
eritma hosil qiladi. Bularga olcha, olxo‘ri va o‘rik daraxtlari shikastlangan joyidan 
chiqadigan yelimsimon moddalar kiradi. 
Olcha yelimi tarkibi galaktozadan, mannozadan, arabinozadan, glyukouron 
kislotadan va qisman ksilozadan tashkil topgan. 
Kamedlar sanoatda bog‘lovchi va quyuqlashtiruvchi modda sifatida keng 
qo‘llaniladi. Emulgator sifatida kosmetikada va farmatsevtik krem tayyorlashda, oziq-
ovqat sanoatida pasta, barqarorlashtiruvchi modda sifatida ishlatiladi. 



Download 192.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling