9-Mavzu: Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlariva tahlil qilish usullari Reja


Download 192.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi192.92 Kb.
#1148610
  1   2   3   4
Bog'liq
9 Ma\'ruza. Oziq ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlariva (2)



9-Mavzu: Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlariva tahlil 
qilish usullari 
Reja 
1. 
Uglevodlarni umumiy tavsifi. 
2. 
Uglevodlarni fiziologik ahamiyati. 
3. 
O‘zlashtiriladigan va o‘zlashtirilmaydigan uglevodlar. 
4. 
Tahlil qilish usullari 
Tayanch so‘z va iboralar 
Uglevodlar, monosaxaridlar, glyukoza, fruktoza, galaktoza, arabinoza, ksiloza, D-
riboza, polisaxaridlar, pektinli moddalar, uglevodlarni fiziologik ahamiyati, kraxmal, 
glikogen, sellyuloza 
Hozirgi vaqtda qabul qilingan sinflanishga muvofiq uglevodlar 3 guruhga 
bo‘linadi: monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Monosaxaridlar 
Odatda monosaxaridlar 3 tadan 9 tagacha uglerod atomidan tashkil topgan. Eng 
ko‘p tarqalganlarga pentozalar va geksozalar kiradi. Funksional xususiyatlariga ko‘ra ular 
aldozalar va ketozalarga bo‘linadi. 
Monosaxaridlarga glyukoza, fruktoza, galaktoza, arabinoza, ksiloza va D-riboza 
kiradi. 
Ugdevodlar 
Monosaxaridlar
Polisaxaridlar
Aldozlar
Ketozlar
1-tartibli 
polisaxaridlar(oligo
saxaridlar)
2-tartibli 
polisaxaridlar(pol
iozlar) 
Gomopolisaxaridlar 
Geteropolisaxaridlar 


 
Glyukoza (uzum shakari) erkin holda ho’l mevalarda uzumda 12%, olxo‘ri, gilosda 
5-6%, asalda 36%) bo‘ladi.
Fruktoza toza holda asalda 37%, uzumda esa 5,5% uchraydi. 
Galaktoza – sut shakari laktozani tarkibiy qismi bo‘lib, sutda o‘simlik to‘qimasida 
va urug‘ tarkibida uchraydi. 
Arabinoza pektinli va shilimshiq moddalar, kamedlar, gemitsellyuloza tarkibiga 
kiradi. 
Ksiloza (daraxt shakari) paxta shulxasi, makkajo‘xori so‘tasi tarkibida bo‘ladi. 
Ksiloza pentozan tarkibiga kiradi. 
D-riboza monosaxaridlar ichida alohida o‘rinni egallaydi. Biologik faol modda 
sifatida universal komponent bo‘lib nasliy informatsiya uzatishda mas’ul. — ribonuklein 
(RNK) va dezoksiribonuklein (DNK) kislota; ATF va ADF tarkibiga kiradi, ular asosida 
energiya yig‘iladi va tarqatiladi.

Download 192.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling