9-Mavzu: Pedagogik ta’limotlar tarixi Mavzu rejasi
Pedagogik tizimni boshqarishning metodlari
Download 172.09 Kb.
|
9-MAVZU PEDAGOGIK TA’LIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv pogʼonasi
- Boshqaruv metodlari
14.2. Pedagogik tizimni boshqarishning metodlari
Boshqaruv faoliyati - maktab rahbarlarining boshqaruv faoliyatini ikkita subʼektning, yaʼni rahbar bilan taʼlim tizimining oʼzaro bogʼlik faoliyati sifatida karash mumkin. Bunday holatda rahbarning boshqaruv obʼekta boshqarish va oʼzini-oʼzi boshqarish kabi zaruriy xususiyatlarga ega boʼlgan taʼlim tizimi hisoblanadi, turli xil taʼsirlar asosida, boshqarilayotgan taʼlim muassasasi ham oʼz urnida boshqaruv natijalariga va boshqaruv subʼektiga taʼsir koʼrsatadi. Boshqaruv pogʼonasi - tashkiliy tuzilishga koʼra taʼlim muassasasining yuqori boʼgʼini (rahbarlar) bilan quyi boʼgʼini (ijrochilar) oʼrtasidagi masofaning katta-kichikligi - pogʼonaviyligi, yaʼni bu bir zvenoning (xodimning) boshqasiga boʼysunish ketma-ketligidir. Rahbar bilan oddiy ijrochi oʼrtasidagi masofa qanchalik katta boʼlsa (darajalar soni) taʼlim muassasalaridagi pogʼonaviylik darajasi shunchalik katga boʼladi. Boshqaruv metodlari Iqtisodiy metodlar. Bu metodlar o‘zaro bog‘lik bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yig‘indisini tavsiflab, har bir ishchi va butun muassasa uchun talablar belgilash bilan bir- galikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. Ta'lim muassasasi faoliyatini takomillaiggirish, iinovasion jarayonlarni kuchaytirish, ya'ni xodimlarning innovasion faoliyatlzrini tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faolliklarini rivojlan- tirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi. Rahbarlar tomonidan boshqaruv jarayonida, xodimlaryaing faoliyati tuda urganipgandan keyin, faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun bajariladigan vazifalar rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o‘zxodimlarini faoliyatlari natijalariga ko‘ra ragbatlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yoki moddiy yordam ko‘rsatishlarida boshqarishning mazkur metodishan fodalanishlari zarur bo‘ladi. Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlarni kuchaytirishga yo‘naltgriladi. Tashkiliy-ma'muriy metodlar. Ushbu metodlar xam iqtisodiy metodlar bajaradigan vazifalarni bajaradi. faqat ularning ta'sir ko‘rsatish usullari va shakllari o‘zaro fark kiladi. Iqtisodiy metodparda belgilangan masalalarni xal qilish uchun rahbarpar ta'sir ko‘rsatishning turli xil usul va shakllari- ni tanlash imkoniyatiga zga bo‘ladi. Tashkiliy-ma'muriy metodlar qarorlar, buyruqpar, farmoyishlar va ko‘rsagmalar tayyorlash, ularni o‘z vaqgida tegishli shaxslarga yetkazish va bajarilishini nazorat qilish orqali ta'sir ko‘rsatishni nazarda tutadi. Mazkur metod rahbarlar va xodimlar, o‘qituvchilar va o‘quv- chilar, umuman olganda barcha jamoa a'zolari o‘rtasidagi mavjud munosabatlarni inobatga olgan holda, ularning qiziqishi, manfaatlari, ko‘nikma va malakalari, bilimi xamda qobiliyat- larini o‘rganib, jamoadagi mavjud sharoitlarni yaxshilash va boshqa zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish orkali jamoa a'zolarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Tashkiliy-ma'muriy metoddan fodalanishdan ko‘zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan o‘zaro munosabatlar, aloqalar, tashkiliy barqarorlik, intizom, o‘zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik xamda uzluksiz rivojlanishni xuquqiy va me'yoriy xujjatlarga moe ravishda ta'minlashdan iborat. Ijtimoiy-psixologik metodlar. Jamoa a'zolari o‘rtasida shunday munosabatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar bo‘ysunuvchilarning bemalol, erkin harakat qilishi, o‘zini-o‘zi namoyon qilishi. turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun sharoitni va ijodiy muxitni yaratishi zarur. Demak, ijtimoiy-psixologik metodlarning asosiy maqsadi ta'lim muassasasi jamoasida sog‘lom muxitni yaratishdan iborat, deb aytishimiz mumkin. Mazkur metod ta'lim muassasasi faoliyatining rivojlanishi, xodimlar faoliyatining tekomillashishi, ularning o‘z faoliyatlari- dan qoniqishlar xosil qilishida, shuningdek, jamoada tarbiyaviy munosabatlarning shakplanishi, rahbar-xodim, o‘qituvchi-o‘kuvchi munosabatlarining ijobiy taraqqiy etishida muxim axdmiyat kasb etib, pedagogii xodimlar va o‘quvchilarning qiziqishlari, intilishi va tashabbuslarini ragbatlantirish, ularning dunyokarashini kengay- tirish, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy tushunchalarini rivojlan- tirish. shuningdek, bilim, ko‘nikma va malakalarining ortib borishini xamda ularda ijodiy qobiliyatlarning shakllanishini ta'minlaydi. Bu metod kishilar o‘rtasidaga ijtimoiy-psixologik munosa- batlarga ta'sir ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, bir necha usullarni o‘z ichiga oladi. Mazkur usullarga quyidagilar kiradi: 1. Ijtimoiy me'yorlash yo‘llari: - ichki tartib-qoidalar; - jamoat tashkilotlarining nizomi; - ishchi sharafi kodeks»; - ishlab chiqarish odob qoidalari; - ishtirokchiga ta'sir etish shakllari. 2. Ijtimoiy-siyosiy (tarbiyaviy) usullar: - siyosiy targibot; - mexnatkashlarni siyosiy tarbiyalash va ishontirish; - ma'muriy faoliyatni nazorat kilish; - mexnatkashlarni boshqarishga jalb kilish shakllari. 3. Ijtimoiy tartibga solish usullari: - shartnomalar, o‘zaro majburiyatlar; - ma'naviy talab va manfaatlarni qondirish navbati (tartibi) va boshkalar. 4. Ma'naviy ragbatlantirish usullari ikki xil bo‘ladi: Jamoaviy va shaxsiy ma'naviy ragbatlantirishlar. Bular: - “Faxriy yorliqlar” bilan mukofotlashlar; - faxriy unvonlar berish; - orden va medallar berish; - minnatdorchilik izxor kilish; - hurmat taxtasiga ko‘yish; - ko‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar berish va xokazolar. Psixologik usullarga kuyidagilar kiradi: - kichik guruh va jamoalarni shakllantirish; - mehnatni insonparvarpashtirish (gumanizasiya); - psixologik ragbatlantirish; - kasb-malaka bo‘yicha tanlash va o‘qitish; - kasbga bo‘lgan manfaatni ta'minlash (bu xodimlarda mehnat faoliyatiga ichki qizikish uyg‘otadi); - xodimlarni bajarayotgan ishiga psixologik mos kelishi bo‘yicha tanlash. Axborotlar to‘plash metodlari. Barcha metodlar qatori axborotlar to‘plash metodlari ham ta'lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish uchuy rahbarlarning boshqaruv faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik jarayonning holati to‘g‘risida ishonchli axborotlar to‘plash va ta'lim jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini ob'ektiv baholashni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ta'lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv faoliyatida Qo‘llaniladigan metodlarning ichida muxim ahamiyat kasb etuvchi metodlardan biri hisoblangan mazkur metod me'yoriy hujjatlarni va ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, ta'lim- tarbiya jarayonini taxlil qilish, so‘rovnomalar o‘tkazish, xodimlarni atgestasiyadan o‘tkazish, taxliliy baxolash, umumlashtirish va tizimlashtirish, statistik va matematik taxlil va boshqa ko‘pgina usullarni o‘z ichiga oladi Download 172.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling