9-Mavzu: Pedagogik ta’limotlar tarixi Mavzu rejasi


Maktabning ichki boshqaruvi, uning tuzilishi va vazifalari


Download 172.09 Kb.
bet3/10
Sana10.11.2023
Hajmi172.09 Kb.
#1763222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-MAVZU PEDAGOGIK TA’LIMOTLAR TARIXI

14.3. Maktabning ichki boshqaruvi, uning tuzilishi va vazifalari.

Maktab har qanday ijtimoiy tashkilot sifatida ochiq turdagi murakkab tizim hisoblanadi. Alohida ta'lim muassasa sifatida maktab ta'lim tizimiga tegishli. Maktabni tashqi muhit bilan aloqasi ikkitomonlama bo‘lib, ya'ni maktab ijtimoiy muhitni ta'sirini sezgan holda jamiyatni rivojlanishiga o‘zi ham ta'sir qiladi.


Ijtimoiy tashkilot sifatida ta'lim muassasasini boshqarishning o‘zaro aloqador ikki tomonini ifodalovchi tashqi va ichki turlari mavjud.
Maktabni tashqi boshqaruv ta'lim tizimini boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ta'lim muassasasining ichki boshqaruvi quyidagi vazifalarni hal qilishga yo‘naltiriladi:
Ta'lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.
Maqsad qo‘yish va rejalashtirish.
Tashkil etish.
Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.
Tartibga solish.
Pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud:
kundalik tahlil;
tizimli tahlil;
yakuniy tahlil.
Kundalik tahlil o‘quv jarayonining borishi va natijasi haqida har kuni ma'lumot yig‘ib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlashga qaratiladi. Kundalik tahlil natijasida pedagogik jarayonga o‘zgartirishlar, tuzatishlar kiritiladi. Bu turdagi tahlilning predmetiga o‘quvchilarning har kungi o‘zlashtirishlari, intizomlari darajasi, ta'lim muassasasi rahbarlarining darsga va sinfdan tashqari darslarga qatnashishlari, maktabning tozalik holati, dars jadvaliga rioya qilish kabi holatlar kiradi.
Tizimli tahlil darslar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tizimini o‘rganishga qaratiladi. Tizimli tahlil mazmuni ta'lim metodlarini to‘g‘ri uyg‘unlashtirish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish, o‘qituvchi- larning sifatli tarbiyaviy ishlarni olib borishlari, ularning pedagogik madaniyatlarini oshirish, ta'lim muassasasida innovatsion muhitni tashkil qilishda pedagogik jamoaning hissasini ta'minlash kabilardan iborat.
Yakuniy tahlil o‘quv choragi, yarim yillik va o‘quv yili yakunida amalga oshirilib, asosiy natijalarga erishish yo‘llarini o‘rganishga qaratiladi. Yakuniy tahlil uchun ma'lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy hamda oraliq nazorat yakunlari, fan o‘qituvchilarining, sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.
Ta'lim muassasasini boshqarishni rejalashtirishning quyidagi shakllari mavjud:

  • muddatli (perspektiv) rejalashtirish;

  • yillik rejalashtirish;

  • yakuniy rejalashtirish.

Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq so‘nggi yillarda ta'lim muassasasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga mo‘ljallab qabul qilinadi.
Muddatli rejada quyidagi masalalar aks etadi:
Rejalashtirilgan muddatda ta'lim muassasasi oldiga qo‘yilgan vazifalar.
Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilarning yillik o‘zlashtirish darajasi muddatlari.
Ta'lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish muddatlari.
Ta'lim muassasasini pedagogik kadrlariga qo‘yilgan talablar.
Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar) orqali oshirish.
Ta'lim muassasasini tashkiliy-texnik va o‘quv-metodik (qurilish ishlari, axborotlashtirish, ko‘rgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) ko‘lamini rivojlantirish.
O‘qituvchi va o‘quvchilarni ijtimoiy himoya qilish.
Yillik rejalashtirish butun o‘quv yili hamda yozgi ta'tilni qamrab oladi. Yillik rejalashtirish o‘quv yili davomida ta'lim jarayonini tashkil etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni o‘z ichiga olgan holda amalga oshiriladi.
Yakuniy rejalashtirish bir yillik rejaning aniqlangan ko‘rinishi bo‘lib, u o‘quv choraklari uchun tuziladi. Rejalashtirishning bunday aniqlangan ko‘rinishi o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar qo‘mitasi faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bunday rejalashtirish o‘qituvchilar va sinf rahbarlarining ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi.

Download 172.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling