9-Mavzu: Pedagogik ta’limotlar tarixi Mavzu rejasi
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar
Download 172.09 Kb.
|
9-MAVZU PEDAGOGIK TA’LIMOTLAR TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika tarixi fanining manbalariga quyidagilar kiradi
- Pedagogika tarixi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar:
Boshqarish deb nimaga aytiladi? Ta’lim muassasasini boshqarish va menejment tushunchalarini izohlang. Boshqaruv funktsiyasi deganda nima tushuniladi? Boshqaruvning qanday funktsiyalari mavjud? Boshqaruv metodlari deganda nima tushuniladi? Boshqaruv metodlariga izoh bering. Boshqaruv uslublari tushunchasini izohlang. Boshqaruv uslublarini tahlil qiling Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat? Ta’limmuassasasida metodik ishlar qay tarzda amalga oshiriladi? Metodik Kengash va metodik birlashmalarning faoliyati haqida gapirib bering. Pedagog kadrlar malakasini oshirishdan maqsad nima? U qanday amalga oshiriladi? 9 MAVZU: PEDAGOGIK TA’LIMOTLAR TARIXIPedagogika tarixi fanining manbalariga quyidagilar kiradi: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Xalq og’zaki ijodi”, “Avesto”, “Urxun-Enasoy bitiklari”, Qur’oni Karim, Hadislar, Al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Koshifiy, Ulug’bek, Amir Temur va boshqa mutafakkirlarning, shuningdek, ma’rifatparvar shoirlar va jadidlarning pedagogik asarlari, turli davrlarda yaratilgan o’quv rejalari, dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, arxiv materiallari va ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatiga doir boshqa hujjatlari. Pedagogika tarixi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi barcha pedagogik yo’nalishdagi bilimlarni o’z ichiga oladi. Pedagogika tarixi faqat pedagogika nazariyasi va amaliyoti bilangina emas, balki jamiyat tarixi, falsafa, psixologiya va boshqa barcha fanlarni o’qitish metodikalari tarixi bilan ham bog’liqdir. Buni anglash, e’tiborga olish pedagogik hodisalarni u yoki bu jamiyat tarixi bilan uzviy bog’liq holda qarashga imkon beradi va pedagogik-tarixiy hodisalarni soxtalashtirishni bartaraf etadi. O’zligini anglamagan, o’tmishini, umumbashariy va milliy qadriyatlarni, milliy g’urur, milliy ma’naviyatni bilmagan o’quvchi-talaba yoshlarimiz jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy hodisalarning mohiyatini to’liq anglay olmaydi, kelajakni ham ko’z oldiga keltira olmaydi. Bu ob’ektiv qonuniyat ayniqsa yosh avlod tarbiyachilari – bo’lajak pedagoglarga hammadan ko’proq taalluqlidir. Bo’lajak pedagoglar ijtimoiy-gumanitar va ixtisoslik fanlari qatorida pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasini, ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti bilan bir qatorda pedagogik fikrlar tarixini ham bilishlari talab etiladi. Ma’lumki, pedagogik-tarixiy hodisalarni o’rganish masalasida fanda turli xil yondashuvlar vujudga kelgan. Ayrim olimlar tarbiyani biologik hodisalar qatoriga kiritadi va tarbiya tarixini inson zotining evolyutsion rivojlanishi nuqtai nazaridan talqin etadi. Ba’zilar pedagogika tarixi ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini falsafiy-axloqiy jihatdan bayon etadi. Ba’zi olimlar ta’lim-tarbiya nazariyasini inson madaniyatining tarkibiy qismi sifatida tahlil etsalar, ko’pchilik olimlar pedagogik nazariyalar va amaliyotni ilohiy ta’limotlar asosida tahlil qilganlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Evropada yashagan olimlar tarbiyaga jamiyatni, shaxsni o’zgartirish quroli sifatida qaraganlar. Moddiy olamni (dunyoni) anglash, ilmiy bilishda tarixiylik tamoyiliga amal qilinadi va ijtimoiy hodisalar atroflicha, yaxlit hamda rivojlanish jarayonida o’rganiladi. Bunday yondashuv pedagogik hodisalarning mohiyati va aloqalarini u yoki bu tarixiy davr xususiyatlari bilan bog’liq holda o’rganishga, ta’lim-tarbiya tizimi va ta’lim-tarbiya an’analari bilan, o’tmishda (o’sha davrda) yashagan allomalar va pedagoglarning pedagogik qarashlarini falsafiy ta’limiy-axloqiy g’oyalari bilan bog’liq holda o’rganishga imkon beradi. Download 172.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling