9-mavzu. Personalni rag’batlantirish
Mehnatga haq to’lashni tashkil etish vositasi (mexanizmi)
Download 378.19 Kb.
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarif shartlarini is h lab chiqish bosqichlarida
- Tari f va tari f ust i shartlarin i muvo f iqlashtiris h bosqich i
Mehnatga haq to’lashni tashkil etish vositasi (mexanizmi) mehnat me’yorlarini mehnatga haqto’lash me’yorlari bilan bog’laydigan ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, tashkiliy va psixologik chora-tadbirlar majmuasidan iboratdir.
Mehnatga haqto’lashni tashkil etish ikki bosqich: ishlab chiqish va muvofiqlashtirishdan iboratdir. Tarif shartlarini ishlab chiqish bosqichlarida: — mehnatning sifati baholanadi; — birinchi razryad tarif stavkasi yoki asos vazifasini o’taydigan maosh miqdori belgilanadi; — razryadlar (lavozim kategoriyalari) miqdori aniqlanadi; — razryadlararo koeffitsientlar belgilanadi; — tarif setkasi yoki lavozim maoshi quyi nuqtalari o’rtasidagi tafovut belgilanadi. Shundan so’ng ish haqining tarif va tarif ustki qismlarini, tarmoq ichki, tarmoqlararo va hududiy stavka va maoshlarni tabaqalashtirishni tegishli ravishda bog’lash, mehnatga haq to’lash tarkibi, shakli vatizimlarini ishlab chiqish ko’zda tutiladi. Tarif va tarif usti shartlarini muvofiqlashtirish bosqichi ish haqining belgilangan nisbatlariga rioya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy va ishlab chiqarish sharoitlari o’zgarishiga bog’liq ravishda stavka va maoshlar miqdoriga aniqlik kiritish maqsadlarini ko’zlaydi. Mehnatga haq to’lashni tashkil etishda quyidagilardan foydalaniladi: 1. Tarif stavkalari. 2. Ishchilarga talablar va ishlar xususiyatlari bayon etilgan tarif- malaka spravochniklari. 3. Tarif setkasi. 4. Ish haqining eng kam miqdori (qonunda belgilab qo’yilgan). 5. Mintaqaviy koeffitsientlar. 6. Tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 39- moddasiga muvofiq tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor rasman belgilab qo’yiladi)39. 7. Ish haqini indeksatsiya qilish qoidalari. 8. Xodimga ish haqini to’lash qoidasi. 9. Mehnatga to’lanadigan haqni xodimlar o’rtasida taqsimlash qoidalari. 10. Tungi vaqtdagi ish uchun ustamalar. 11. Og’ir mehnat sharoiti uchun ish haqiga ustamalar. 12. Bayram va dam olish kunlaridagi ish uchun ustamalar. 13. Ish vaqtidan tashqari ish uchun ustamalar. 14. Me’yoriy ish vaqtidan ortiqcha ish uchun ustamalar. 15. Ta’til vaqti uchun haqto’lash qoidalari. 16. Ta’lim vaqti uchun haqto’lash qoidalari. 17. Kasallik vaqti uchun haqto’lash qoidalari. 18. Mehnat qobiliyatini yo’qotganda kompensatsiyani hisoblab chiqish qoidalari. 19.Mukofot to’lash qoidalari hamda mukofot beriladigan faoliyat turlari. 20. Xodimlarning korxona tomonidan qoplanadigan xarajatlari. 21. Foydaga sheriklik qoidalari. Download 378.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling