9-mavzu. Raqobat va narxning shakllanishi


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana09.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1695797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
narxlarni qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar 
o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi 
narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan 
narxlarda sotadi.SHu orqali ular ichki bozorda narxlarning 
barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni 
yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining 
iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi. 
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan 
chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, 
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida 
raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z 
mahsuloti narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday harakat 
4
Abdullayev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. – T.: «Mehnat», 1997, 58-59-b. 
Narx vositasida 
raqobatlashish 
usullaridan biri – 
demping 
narxlarni 
qo‘llashdir 
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va 
narxsiz raqobat 


Raqobat va narxning shakllanishi 
 
 
156 
qilishiga olib keladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqei o‘zgarmay, faqat 
tarmoq bo‘yicha foyda hajmini kamaytiradi. 
Narxsiz raqobatshu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy 
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, 
ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi. 
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham 
bo‘lishi mumkin. Bunday holatda yangi tovarlar sifatining oshishi va iste’mol 
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y 
beradi. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularni sotishni 
rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni 
keltirib chiqarmoqda. Iste’mol bozorlarida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali 
xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda. 
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin 
turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin. 
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar 
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari 
mumkin. Bunda dastlab, tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan 
qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi.
5
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling