9-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Reja
Download 403.65 Kb. Pdf ko'rish
|
umumiy pedagogika 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
9-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi.Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Reja: 1.Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyat. 2.Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari. 3.Abu Nasr Forobiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinoning ta’limiy-axloqiy qarashlari 4.Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi. 5.Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug’bek davrida maktab islohoti. Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari 6. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va in-sonparvarlik masalalari Asosiy tushunchalar: Allomalar,didaktik asar,pedagogik g’oya,pedagogik fikr,maktab islohoti 1-masala. Al-Xorazmiy (783-850) ning didaktik qarashlari Markaziy Osiyoda uygonish davrida ilm-ma‘rifatga rag’bat kuchaydi. Bu davrda diniy ilmlar bilan birga dunyoviy ilmlar ham keng miqyosda rivojlandi. Xorazmda Xivada Donishmandlar uyi,Yaqin Sharkda Bag’dodda Ma‘mun akademiyasi tashkil etilgan. Ana shu ilk akademiyalarda Markaziy Osiyolik qomusiy olimlar-Beruniy. Ibn Sino.Al-Xorazmiy va boshqalar faoliyat ko’rsatganlar.Yevropada ham uyg’onish davrida ilm-ma‘rifat rivojlandi .Jumladan..Afinada ilk Akademiya tashkil etilgan. Akademiya -Afina yaqinidagi joyning nomi bo’lib, yunonlarning afsonaviy qahramoni Akadem ismi bilan atalgan. Akademiya-ayrim ilmiy o’quv badiiy va boshqa muassasa hamda jamiyatlar nomi. Bu nom tarixi miloddan avval IV asrda qadimgi Yunonistonda Platonning idealistik falsafa maktabiga asos solinishidan boshlanadi. (Platon akademiyasi) Sharq mamlakatlarida akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar VIII-IX asrlarda tarkib topa boshlagan. Masalan: arab halifaligida Xorun ar-Rashid hukmronligi davri (786- 809) da «Baytul hikma» (Hikmat xonasi) ga asos solinib, halifa Ma’mun hukmronligi davri (813-833) da «Baytul hikma» ning faoliyati rivoj topdi; uning astronomiya observatoriyasi va katta kutubxonasi bor edi. O’rta Osiyolik buyuk matematik Muso al-Xorazmiy va astronom Muhammad al-Farg’oniy, Beruniy, Ibn Sino,Abu Nasr ibn A’roq,Qamariy,al Qosiylar ijod qilgan.Bu olimlarning ko’pchiligi tibbiyot, riyozat, falakkiyot, fizika, kimyo va hikmat fanlarini rivojlantirgan-lar va yangi bosqichga ko’targanlar. Ma’mun Urganchda bir qancha yirik binolar qurdirgan.1017 yilda M. G’aznaviyning Xorazmga qilgan yurishi natijasida bir qancha olimlar bu erda majburiy ravishda G’aznaga olib ketilgan, shahar inqirozga yuz tutgan. Abu Abdullo Muhammad ibn Muso аl-Xorazmiy. Al-Xorazmiy 780 yil Xevada tug’ilgan. 850 yil Bog’dodda vafot etgan. O’rta Osiyolik mashhur matematik, astronomdir. U yoshligidan ilm-fanga qiziqqan. Xorazmiy o’sha davrda katta ilmiy va madaniy markaz hisoblangan Bog’dodga taklif qilingan. U avval 813-833 halifa al-Ma’mun, so’ngra 833-842 al-Mutasil va 842-847 al-Vasiq Saroylarida xizmat qilgan. U sharqning dastlabki akademiyasi «Bayt ul Hikmat» (Donolar uyi) da ishtirok qilgan va uning rahbarligida arablar va boshqa xalqlar vakillari bilan bir qatorda Ahmad Farg’oniy, ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi O’rta Osiyolik olimlar ilmiy ish olib borganlar. Xorazmiy diniy idealistik dunyoqarash hukmronligiga qaramay, o’zining tabiiy- ilmiy faoliyati bilan ilg’or ijtimoiy falsafiy tafakkuriga yo’l ochdi. Xorazmiy matematikada abstraktsiya tushunchasini kengaytirdi. Induktsiya yo’li bilan umumiy echim usullarini hal qildi va deduktsiya yo’li bilan umumiy usullar yordamida turishxususiy masalalarni echdi. Uning fan sohasidagi yutuqlari o’rta asrlarda hukmronlik qilgan, din va sixalastik falsafaga zarba berdi. Xorazmiy o’zining «Al-jabr val muqobalo» asarida olimlarni ularning ishlari xarakteri bo’yicha 3 (uch) guruhga bo’ladi: 1. «Ulardan birlari o’zlaricha qilinmagan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib, o’zgalardan o’zib ketadilar»; 2. «O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni engillashtiradilar, quluflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa tushunishniosonlashtiradilar»; 3. «... yoki bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi uzilganlarni o’laydi». Shu klassifikatsiya bo’yicha Xorazmiyning o’zini «algebra» ning muallifi sifatida birinchi guruhga «arifmetika» si bilan ikkinchi guruhga kiritish mumkin. Xorazmiy nomini tarixda qoldirgan asarlardan biri-«Al-jabr val muqobala» dir. Asar nazariy va amaliy qismdan iborat. Ikkinchi qismdan turli xo’jalik-turmush, savdo va yuridik masalalarga algebra metodlarini joriy qilish ko’riladi, yangi algebraik usul bayon qilinadi. U o’sha paytlarda amalda uchraydigan barcha chiziqli va kvadrat tenglamalarni jamlab, hozirgi matematik simvol orqali beriladigan quyidagi olti tipga keltirdi. Xorazmiy bu tenglamalarni echish uchun «al jabr» va «al-muqobala» («tiklash» va «qiyoslash») amallarini kiritdi. «Al-jabr» keyinchalik algebra deb ataladigan bo’ldi. Xorazmiy algebraning geometriya bo’limida figuralarni o’lchash qoidalari jamlangan va algebraning uchburchak masalalariga tadbiq qilinishi ko’rsatilgan. Ba’zi qoidalarga ta’rif va isbotlar keltirilgan. U uchburchak, to’rtburchak, doira, ko’pburchak, peramida, konus va boshqa figuralarni ko’rib chiqadi. U uchburchakni to’g’ri burchakli, o’tkir burchakli va o’tmas burchakli xillariga bo’ladi. Xorazmiyning ikkinchi matematika kitobi-«Hind arifmetikasi haqida kitob» («Hisob al-hind») bo’lib, fan tarixida muhim rol o’ynaydi. Asar o’nlik sistema raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag’ishlangan. U Hindistonda kashf etilgan raqamlarni soddalashtirdi va birinchi bor arab tilida bayon etildi. Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo’lgan qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish qoidalarini yaratgan. Shuningdek u turli «jins» dagi sonlarni ko’paytirish algoritmini ham bergan. Masalan: minut, sekundlarni bir-biriga ko’paytirish uchun, avvalo ularni bir xil shaklga, ya’ni sekundga yoki minutga aylantirib olish kerakligini ko’rsatgan. Xorazmiy matematikani nazariy rivojlantirish bilan birga, undan turmush masalalarini echishda foydalangan. Masalan: meros grajdanlar huquqi, mol-mulk taqsimoti kabilar murakkab tarzda yoritilgan. Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» («Erning surati») nomli geografik risolasi diqqatga sazovordir. Bu asar 1878 yilda Qohirada topildi. U bu asarini yaratishda Ptolemeyning «Geografiyadan qo’llanma» asariga asoslangan. Asarda 637 ta muhim joylar 209 ta tog’ning geografik tafsiloti berilgan, daryolar, dengizlar va okeanlar havzasining shakli, ularda joylashgan orollarning muhim kordinatalari bilan bayon qilingan. Xorazmiy astranomiya sohasida ham ancha ish qildi. Bog’dod rasadxonasida o’tkazgan kuzatishlari asosida va hindlarning astranomiya jadvallarini har tomonlama tanqidiy tahlil qilib, yangi «Astranomik jadvallar» tuzdi. Bu asar XII asrda arab tilidan lotin tiliga tarjima qilinib, bir necha asr undan foydalanilgan. Xorazmiy rahbarligida 827 yilda er kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida er meredianining bir gradusini o’lchab chiqildi. Buning uchun Myasopotamiyada shimoliy kenglikning 350 va 360 lari orasidagi chiziqli masofa bevosita o’lchov tizimchasi bilan meridian yo’nalishida aniqlanib, burchak o’lchash esa yulduzlarning meridian balandliklarini kuzatish asosida bajarilgan edi. Meridian gradusi uzunligi 50 2/3 arab milyasiga, ya’ni o’rta hisobda 112 km ga teng qilib olingan. Xorazmiyning «Usturlob haqida risola», «Quyosh soatlari haqida risola», «Tarix risolasi», «Muzika risolasi» kabi asarlari yozilgan lekin ular bizgacha etib kelmagan. Xorazmiy asarlarini tadqiq qilganlar frantsuz olimi P. Tanier, italiya olimi Adelard, A.A. Markov, nemis sharqshunosi Yu. Rushka, S. Gandts, Qori Niyoziy, Matvievskaya, Rozenfeld, Qobulov, Fayzullaev va boshqalardir. O’rta Osiyoning emas, balki umuman Yaqin va O’rta sharqning mashhur mutafakkirlari bo’lgan Abu Nasr Fоrobiy IX-X asrlarda iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar ko’chaygan, feodal to’qnashuvlar avj olgan. Turli ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi kurashlar keskinlashgan, davrda yashadi va ijod etdi. Abu Nasr Fоrobiy yashab ijod etgan davrda O’rta Osiyo arab xalifaligiga bo’ysundirilgan edi. Bu davrda hindchadan, forschadan va grekchadan turli ilmiy va falsafiy, badiiy asarlar arabchaga tarjima qilindi. Galen, Gippokrat, Ptolomey, Evklid, Aristotel kabi qadimgi grek olimlarining asarlari tarjima qilindi. O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida halifalikka bo’ysundirilgan xalqlarning boy madaniyati ta’sirida tabiatshunoslik ilmlarining yutug’i va ig’or grek falsafasi ta’limoti ta’sirida original va progressiv ijtimoiy-falsafiy oqim vujudga keldi. Abu Nasr Fо,robiy o’z davridagi barcha ilmlarni ilg’or madaniy yutuqlarni o’zlashtirib, ular asosida orginal ijtimoiy-siyosiy va falsafiy sistemasini olg’a surgan, ta’lim-tarbiya sohasida ham ko’p ilg’or fikrlarni aytib o’tgan, zamonasining mashhur faylasufi, etuk olimi edi. Fоrobiyning ilmiy biografiyasi yaratilmagan, uning xayot yo’li haqida biror maxsus asar yo’q. Fоrobiyning to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon ibn O’zlik bo’lib, u 260 hijriyda, ya’ni 873-874 melodiy yilda hozirgi Toshkentning g’arbiy-shimolida, Ares suvining Sirdaryoga qo’yiladigan erda Farob (so’ngroq O’tror) degan joyda tug’ilgan. Abu Nasr boshlang’ich ma’lumotini o’z yurtida oladi, so’ng o’qishini davom ettirish uchun markaziy shaharlarga jo’naydi. U Samarqandda, Buxoro, Marv, Rey shaharlaridan o’tib, Bog’dodga boradi. Bu davrda arab halifaligining markazi Damashqdan yangi qurilgan Bog’dod shahriga ko’chirilgan va Sharqning madaniyati va markazlaridan biriga aylangan edi. Fоrobiy bilim olish maqsadida diniy tafofud va e’tiqodga e’tibor bermay, arab, fors, grek,xristian olimlaridan ta’lim oladi. Farobiy muallimlari va ustozlaridan ayrimlarining nomi manbalarda saqlanib qolgan. U meditsina va mantiq ilmini Xirron shahriga borib, xristian vrachi Yuxanna ibn Xaylan Kunnoidan, hikmat va grek ilmini xristian Abu Bashar Maytodan o’rganadi. U ayniqsa, nazariy ilmlar mantiq, matematika, nazariy meditsina va falsafaning umumiy masalalari bilan qiziqdi. Fоrobiy ayniqsa grek falsafasini, xususan, Aristotelning asarlarini izchil va chuqur o’rganib chiqadi. Bog’dodda u arab tilini va boshqa tillarni o’rgandi. X asrga kelib arab halifaligining markazi Bog’dod juda notinch bo’lib qoldi. Qo’zg’olonlar feodal urushlari avj oldi. Farobiy Bog’doddan Damashqqa bordi. Manbalarda umumiy Xalab va Misr shaharlariga borganligini ham hikoya qilinadi. Ba’zi manbalarda Farobiyning O’rta Osiyoga kelib ketganligi ham qayd etiladi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda Said-ud-Davla saroyida zamonasining elkparvar shoiri va mutafakkiri Mutannabiy bilan birga o’tkazdi va 339 hijriyda ya’ni 950 melodiy yilda vafot etdi. Manbalarda uning Damashqda ko’milganligi ko’rsatiladi. Fоrobiy asarlarining umumiy soni 100 bilan 120 nom atrofida faraz qilinar edi. 1950 yilda Farobiy vafotining 1000 yilligi munosabati bilan Farobiy haqida Turkiyada chiqqan maqolalarda birining avtori Ahmad Otash Farobiyning 152 ta asari bo’lganligini nomma-nom sanab o’tadi. Ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumot va fikrlar har doim ma’lum metodologiyaga, dunyoqarash sistemasiga falsafaga asoslanadi. Bu nazariy asoslari bilan olam haqidagi falsafiy ta’limot hamda va insonning ruhiy hayoti haqidagi ta’limotdan iboratdir. Fоrobiyning ruhiy protsesslari haqidagi ta’limoti, ya’ni psixologiya ilmining rivojlanishiga qo’shgan hissalari uning falsafiy ta’limoti bilan uzviy bog’langan. Fоrobiy ta’limoticha to’rt element-olov, tuproq, suv, havo ya’ni sodda substantsiyalarning o’zaro aralashuvi, qo’shiluvi protsessida murakkab substantsiyalar vujudga keladi. Fоrobiy o’simlik, hayvon va insonga oid bo’lgan xususiyat va qobiliyatlarni bir butun holda quvvat deb atab, uni o’sish quvvati, hayvoniy quvvat va insoniy quvvat deb 3 ga ajratadi. Hozirgi ilmiy termenologiya bo’yicha, Farobiyning quvvatlari haqidagi klassifikatsiyasini organizmdagi protsesslarni biologik, fiziologik-psixik va fikrlash protsesslariga ajratish deb tushinmoq lozim. Biologik protsess barcha tirik organizmga fiziologik-psixik protsess hayvonlarga aqliy intelektual protsess, ong faqat insonlargagina xosdir. Farobiyning inson va uning psixikasi haqidagi fikrlari, «Ideal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Jism va agtsidentsiyalarning shakllariga qarab bo’linishi», «Shaharlardan», «Hikmat ma’nolari», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi qator asarlarida bayon etilgandir. «Hikmat asoslari» (Fusus al-Hikam) risolasining boshqa bir joyida Farobiy inson ruhiy quvvatlarini avvalo tashqi va ichkiga ajratadi va sezish organlari bilan bog’liq bo’lganlarini tashqi ruhiy quvvatlar deb ta’riflaydi va unga hissiyot (mashoir) deb nom beradi. Kelib chiqishi va murakkabligi jihatidan bu besh turli tashqi quvvatni Farobiy quyidagicha talqin etadi: 1. Teri-badan sezgisi, 2. Ta’m bilish sezgisi, 3. Hid bilish Download 403.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling