9-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Reja
Download 403.65 Kb. Pdf ko'rish
|
umumiy pedagogika 9
sezgisi, 4. Nutq sezgisi, 5. Ko’rish sezgisi.
Bularning hammasini Fоrobiy «Quvvai hissiyya», ya’ni «Hissiyot quvvati» deb ataydi va uning insonga ham yuqori darajadagi hayvonga ham xos ekanligini qayd qiladi. Bu tashqi quvvatlardan boshqa yana ichki quvvatlar ham mavjud bo’lib, ular quyidagilardir: 1. Xotira tasavvur quvvati-«Quvvai mutahiyla», 2. Hayol quvvati-«Quvvai hayoliyya», 3. Tuyg’u, emotsiya quvvati-«Quvvai maziyya», 4. Nutq quvvati-«Quvvai motika», 5. Quvvai motika sostavida mantiqiy fikrlash quvvati-«Quvvai fikriya». Fоrobiyning ta’kidlashicha –«Quvvai fikriya: mantiqiy operatsiyalarni bajarib, murakkab narsalarni bilib olish uchun xizmat qiladi (Ideal shahar aholisining fikrlari)». Fоrobiyning aqliy bilishdan va uning hissiy bilishdan farqi hamda fazilatlari to’g’risidagi fikrlari «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida», «Sharhlar», «Evkled kitobining muqaddimasiga sharhlar», «Hikmat asoslari», «Masalalar manbai» kabi asarlarida va logikaga oid qator risolalarida bayon etilgan. Fоrobiy aqliy bilish masalasiga o’z risolalarida keng o’rin beradi. Chunki bu masala uning ma’rifatparvarlik g’oyalarining xarakteri bilan bevosita bog’liqdir. Bu jihatdan uning «Aql ma’nolari haqidagi risola» si diqqatga sazovordir. Bu risolaning diqqatga sazovor bo’lgan eng muhim tomonlaridan biri shuki, Farobiy aqlining bir tomonidan psixik protsess ekanligini va ikkinchi tomondan u tashqi ta’sirning, ta’lim-tarbiyaning natijasi ekanini yaxshi anglaydi. Birinchidan, aqlning tug’ma bo’lib ko’rinuvchi quvvatlar bilan bog’liqligi inson psixik protsesslari tarkibiga kiradi. Ikkinchidan, aqlning bilim, hayotiy protsesslari natijasida boyib borishi ta’lim- tarbiyaga bog’liq, uni Farobiyning ta’lim-tarbiya to’g’risidagi qarashlariga bag’ishlangan bo’limida ko’rib o’tamiz. Aqliy protsessning xususiyatlari Farobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida» degan asarida hamda «Evkled kitobining muqaddimasiga yozilgan sharhlar» nomli risolasida yaxshi bayon etilgan. Masalan, aqliy bilishda tushunishining mexanistik yodlashdan ustunligini ta’kidlab, bunday deb yozadi: tushunish yodlashdan yaxshiroqdir, chunki yodlash ko’p juz’iy tushunchalar va shaxslar nomini yod olishdan iboratdir, buning ya’ni (yodlashning) chegarasi yo’qdir va u (yodlash) hech qachon turlarga, shaxslarga boyish va to’lash chegarasiga eta olmaydi. Tushunish esa (narsalarning) mohiyati, umumiy qoida va qonunlari (bilish) bilan bog’liq bo’lib, buning (bo’linuvchi umumiy qoida va qonunlarining) hisobi va chegarasi bordir. Fоrobiyning ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlari uning umumiy dunyoqarashi printsiplariga asoslanadi va inson haqidagi ta’limotidan, psixologiyaga oid qarashlardan va izchil ravishda kelib chiqadi. Fоrobiy asarlarida pedagogikaga oid ya’ni insonning ijtimoiy mohiyati, unga ta’lim va tarbiya berish zaruriyati va buning uchun nimaga asoslanish lozimligi, ta’lim-tarbiya metodlari va undan ko’tilgan maqsad kabi masalalariga oid fikrlar juda ko’p uchraydi. Xususan, uning ijtimoiy masalalariga oid risolalari «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Ideal shahar aholisining fikrlari», shuningdek «Ixso al-ulum», «Aql ma’nolari haqida» nomli asarlari va turli sharhlari bunday fikrlarga boydir. Farobiy asarlari ichida pedagogikaga oid maxsus risolani uchratmadik. Uning ta’lim- tarbiyaga oid fikrlari tarqoq holda va turli falsafiy masalalarni yoritish munosabati bilan yo’l-yo’lakay bayon etiladi. Biz bu fikrlarni ma’lum bir tartibga solib, imkoniyati boricha, izchillik bilan izohlab berishga harakat qildik. «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida bilimlarni o’rganish tartibi birma-bir sanab o’tiladi. «Bundan keyin,-deb davom etadi Farobiy-insonni o’rganishga kirishamiz va shuning natijasida insonning kim va qanday narsa ekanligini bilib aniqlab olamiz. Shundan keyin biz insonning kamolotga erishuviga sabab bo’lgan narsalarni o’rganishga boshlaymiz. Bu narsalar esa xayri-ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlar bo’lib, bu fazilatlarni insonni shu kamolotga erishuvidan mahrum qiladigan salbiy xislatlarni o’rganish yo’li bilan ajratib olamiz. Bu salbiy xislatlar har turli yomon odatlar, nuqsonlar va bema’ni hatti-harakatlardir. Biz bu yomon hulq-atvor, bema’ni hatti-harakatlarning o’zi bilan tanishib chiqamiz». Fоrobiy «Ixso al-ulum» (Ilmlarning tartibi) asarida ham o’rta asrda ma’lum bo’lgan barcha ilmlarni sanab o’tar ekan, madaniy ilmlarni, ya’ni insonning ijtimoiy hayoti to’g’risidagi ilmlarni barcha boshqa ilmlardan, grammatika, logika, matematika (falsafa) ilmlaridan so’ng tahlil qiladi va xarakterlab beradi. U barcha ob’ektiv reallikdagi narsa hodisalarning vujudga kelish tartibi, materiyaning rivojlanish tartibi asosida tartibga solib chiqishga harakat qiladi. «Aql va nafs»,-deb yozadi Farobiy. «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida» degan risolasida,-o’zining cheksiz kamoloti bilan borliqda inson bilan gavdalanadi, ammo bu boshlang’ichlar odamzotning shu tabiiy boshlang’ichlar ta’siri ostida kamol topib, insonga aylanishi uchun kifoya qilmaydi. Chunki inson inson bo’lib, insoniy kamolotga erishuvi uchun so’zlash va kasb-hunarga muhtojdir. Inson bilimi, umumiy dunyoqarashning o’zgarishida tarbiyaning rolini ta’kidlab, Fоrobiy «Ixso al-ulum» asarida bunday deydi: «Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmaydi va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar noo’rin ko’rinadi ... U bilim va tajribaga ega bo’lganidan so’ng, fikri o’zgaradi, noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi». Fоrobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan uning ikki tomoniga-aqli- axloqiga (xulq-atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya, uning fikricha insonni aqliy tomonidan ham etuk, mukammal kishi qilib etishtirishga qaratilmog’i lozim: demak, ta’lim-tarbiyaning bir-biridan vazifasi-jamiyat talablariga to’la-to’kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. Farobiyning «Ideal shahar aholisining fikrlari» hamda «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolalarida shular to’g’risidagi fikr yuritiladi, bu risolalar aqliy va axloqiy jihatdan etuk, ideal insonlar etishtirish va etuk, ideal insonlardan iborat ideal jamiyat vujudga keltirish vazifalarini bayon qilish bilan yakunlanadi. Fоrobiyning insonning ma’naviy jihatdan etuk va mukammal bo’lib etilishi zarur bo’lgan tarbiya turlari, xususan jismoniy-tarbiya, aqliy intelektual tarbiya, estetik va axloqiy tarbiya haqidagi fikrlarga alohida to’xtalib o’tishdan avval uning umuman ijobiy insoniy xislatlari nimadan iborat ekanligi, bu xislatlarni tarbiyalash usullari, tarbiya etiladigan insonning fazilatlari to’g’risidagi fikrlarni ko’rib o’tish lozim. Fоrobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida xususan pedagogika, ta’lim-tarbiyaning vazifasi va metodlariga oid qimmatli fikrlar juda ko’p. Bu fikrlardan ma’lum xulosalar chiqarishdan avval Farobiy pedagogikasi haqida ma’lum darajada izchil tasavvurga ega bo’lish uchun ulardan ayrimlarini to’liq keltirishni lozim ko’rdik. Fоrobiy insoniy quvvatlar va ularning vujudga kelishi hamda bunda tarbiyaning ahamiyati haqida to’xtab bunday deb yozadi: fikriy fazilat yordamida sodir bo’ladigan narsa kashf ixtirosining sifatida qarab, o’ta ketgan foydali va go’zal bo’lishi mumkin. Chunki odatda, go’zal va manfaatli ish-harakatining o’zi ham yaxshi fazilatdir, o’ta ketgan foydali narsa esa g’oyatda go’zal hamdir. Mana bu fikriy fazilat madaniy (ya’ni ijtimoiy) fikriy fazilatdir. Fikriy quvvat ham qismlarga bo’linadi, masalan, fikriy fazilat natijasida vaqti- vaqti bilan bir yangilik yoki eng go’zal va foydali biron narsani kashf etuvchi quvvat mana shu quvvatlar jumlasidandir. Insonda ma’lum kasb-hunar fazilati raislik qiladi va bu mazkur san’at (yoki kasb-hunar) shunday san’atki, uni yuzaga chiqarish uchun unga muvofiq tushadigan hamma narsa ish-harakatni demak, hamma san’atlarda bo’ladigan usul va harakatlarini qo’llamasdan ilojimiz yo’q. Demak, bu san’at barcha san’atlarning boshlig’i, kasb-hunar fazilatlari ichida eng kuchlisi, quvvatda ham boshqa hamma san’atlarning kuchlirog’i. Uni amalga oshirishga yordam beruvchi tug’ma fazilat esa quvvatda hamma tug’ma fazilatlarning eng zo’ri va kattasidir. Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish tajriba bilan amalga oshiriladi, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan, ish-harakat, kasb-hunarga o’rganishidir. Agar ular shu kasb-hunarga berilgan bo’lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni kasb-hunarga butunlay jalb etsa, demak, ular shu kasb-hunarni chinakamiga egallaydilar. «Amaliy fazilatlar va amaliy san’atkor (kasb-hunar) va ularni bajarishga odatlanish masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yo’l bilan hosil qilinadi: birinchi yo’l qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odatdagi g’ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi yo’l (yoki usul)-majbur etish yo’lidir. Bu usul gapga ko’nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlariga nisbatan ishlatiladi. Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emaslar. Odamlarga tarbiya berish usuli ikki turli bo’ladi. Avvalgi usul-san’atni o’z ra- batlari bilan o’rganuvchilarga ishlatiladigan usul. Ikkinchi usul esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa muallim bo’lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usulidan foydalanadi». Tarbiyalanuvchining xarakteri, hohish, intilishlarga, ruhiy mayllarigaqarab ta’lim-tarbiya yo asta-sekin tushuntirish, anglatish yo’li bilan olib boriladi, yoki majburiy etish, chora ko’rish, mo’ljallangan maqsadga bo’ysundirish va unga yo’naltirish yo’li bilan olib boriladi. Bu har ikki metod ham bir maqsadni-etuk va mukammal inson etishtirishni nazarda tutadi. Fоrobiyning ta’lim-tarbiya metodlari haqidagi fikrlari bu bilangina chegaralanmaydi. Forobiy hatto muallim va shogird-o’quvchi o’rtasidagi munosabatning nimaga asoslanishi va qanday bo’lishligi haqida ham fikr yuritadi va etuk inson tarbiyalab etishtirishning eng natijali yo’lini qidiradi. Fоrobiyning «Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida» risolasidagi quyidagi fikrlar bu jihatdan e’tiborga loyiqdir: «... Muallim shogirdga nisbatan o’ta hokimlikka ham, bo’shlikka ham yo’l qo’ymasligi lozim, chunki o’ta hokimlik shogird muallimga nisbatan nafrat uyg’otadi, agarda shogird muallimning bo’shligini sezsa, unda muallimga va uning o’qiyotgan ilmiga nisbatan sovish va mensimaslik paydo bo’ladi». Insonni har tomonlama mukammal qilib etishtirish unda ijobiy xislatlar tarbiyalash shu yuqorida ko’rsatilgan yo’llar yordamida salbiy xislatlarning ta’siriga qarshi kurash natijasida amalga oshiriladi. Fоgobiy fikricha «O’zida o’n ikki tug’ma xislatni-birlashtirgan» kishigina axloqli odam bo’la oladi. (Birinchidan), bunday odamning barcha organlari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo’lishi zarurki, u bu organlari bilan bajarmoqchi bo’lgan ishlarni osonlik bilan amalga oshira olsin; (Ikkinchidan), barcha masalani, muhokama va mulohazani tezda va to’g’ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan; (Uchinchidan), xotirasi juda baquvvat bo’lsin, ko’rgan, eshitgan, sezgan narsalarning birortasini ham esidan chiqarmay yodda saqlab qoladigan bo’lsin; (To’rtinchidan), zehni tez va o’tkir bo’lsin; (Beshinchidan), so’zlari aniq bo’lsin, fikrini va aytmoqchi bo’lgan mulohazalarni ravon va ravshan bayon eta olsin; (Oltinchidan), bilish va o’qishga muhabbati bo’lsin; (Ettinchidan), ovqatlanishda, ichimlik iste’mol qilishda ochko’z bo’lmasin, tabiati qimor o’yinlarini o’ynashdan yiroq bo’lsin; (Sakkizinchidan), haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo’lsin, yolg’on va yolg’onchilarga, nafrat bilan qaraydigan bo’lsin; (To’qqizinchidan), ruhi g’ururli va o’z vijdonini qadrlaydigan bo’lsin; (O’ninchidan), dirham, dinar va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin; (O’n birinchidan), o’z tabiati bilan adolatli va adolat uchun kurashuvchilarni sevadigan, adolatsizlikka hamda jabr-zulm o’tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin; (O’n ikkinchidan), adolatli bo’lsin va qaysar bo’lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib o’zbilarmonlik qilmasin, jasur bo’lsin, qo’rqish va ojizlikni bilmasin. Fоrobiy bu fazilatlar ichida ayniqsa donolikka, aqllilikka katta e’tibor beradi. Fоrobiy estetik tarbiya haqida qimmatli fikrlar ilgari so’radi. «Muzika to’g’risidagi katta asar» kitobida muzikaning kishilar hayotidagi rolini asoslab beradi. Estetik zavqlanishning ruhiy jismni salomatlikni saqlashdagi tutgan o’rnini ko’rsatishga harakat qiladi. U mehnat tarbiyasi va kasbiy tarbiyaning kishining hayotidagi o’rnini ulug’lab uni «fazilatlarning raisidir» deb baholaydi: «Insonda ma’lum kasb-hunar fazilati raislik qiladi»-deb yozadi. «Endi insonning kasb-hunar va san’atdagi fazilatiga kelsak, bu fazilat tug’ma emasdir». Bu ikki yo’l bilan, ya’ni ta’lim va tarbiya yo’li bilan hosil qilinadi. Download 403.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling