9-Mavzu. Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar


Download 397.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi397.83 Kb.
#1008600
1   2   3   4   5   6
2. Harakatlarga o‘rgatish 
Inson dunyoga kelgandan boshlab harakat qilish uchun asab mushak mexanizmiga 
ega bo‘ladi. Odamning tug‘ma harakat imkoniyatlari (bukish, yoyish, imo qilish
yutish va boshqalar) juda cheklangan bo‘ladi. Ular tug‘ma yoki shartsiz refleks 
deyiladi. Shu reflekslar asosida hayot faoliyati jarayonida shartli reflekslar shu 
jumladan harakat ko‘nikmalari shakllanadi, hosil bo‘ladi. Harakatlarni egallash 
jarayoni bosh miyada harakat dinamika andozasi hosil bo‘lish qonuniyati bo‘yicha 
amalga oshiriladi. Bu harakatning ayrim davrlari navbatma-navbat amalga 
oshiriladigan davriy harakatlarga xos xususiyati. Shuning uchun dinamik andozani 
hosil bo‘lishi faqat davriy harakatlar uchun xosdir.Unda bunday imkoniyatlar doirasi 
qanchalik keng bo‘lsa, har qanday favqulodda holatlarda u shunchalik samara bilan 
zarba berishi mumkin. Shuning uchun mashqlar faoliyati jarayonida imkoniyatni 
turli-tumanligini hisobga olib texnik tayyogarlikka katta e’tibor beriladi. Bu erda 
tezlik kuch harakatni davomiyligi, mashg‘ulotlar boshida va oxirida harakatlarni 
bajarish kabilar nazarda tutiladi. Jismoniy tarbiya va sport faoliyati jarayoni asosini 
barcha eng muhim vazifalar hal etishdagi harakat faoliyati sifatidagi jismoniy 
mashqlar tashkil etadi. Shuning uchun harakat faoliyatiga o‘rgatish va uni 
takomillashtirish jismoniy tarbiya, shuningdek sport tayyorgarligining asosi 
hisoblanadi.
Bu erda jismoniy mashqlar takomillashuvining ob’ekti sub’ekti va maqsadi sifatida 
maydonga chiqadi. Aniqlikni va harakat faoliyati samarasini «tushiruvchi» omilga 
mavjud bo‘lgan musobaqa faoliyati sharoitida harakat vazifalarini bajarish 
samaradorligiga talablarni maksimallashtirish sport sohasidagi ta’lim xususiyati 
hisoblanadi. Harakat faoliyatiga faqat o‘qitayotgan (murabbiy, o‘qituvchi) va 
o‘qiyotganning (sportchi) o‘zaro munosib intilishi sharoitida o‘rgatish 
mumkin.Ta’lim o‘quvchi bilim, malaka, ko‘nikma olishga, o‘qituvchi esa ularni 
o‘quvchiga berishga ehtiyoj sezgandagina faoliyat sifatida boshlanadi. Bu holatda 
talim maqsad va o‘quvchining birgalikdagi faoliyatining boshi bo‘lib qoladi. 

Download 397.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling