9-Mavzu. Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar
Download 397.83 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakat texnikasini o‘rganishning dastlabki bosqichi
3.Talim jarayoni tarkibi Harakat faoliyatiga o‘rgatish jarayoni talim jarayonining umumiy hamda xususiy vazifalari bilan bir biridan farq qiluvchi uch mustaqil bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda harakatni qo‘pol shaklda bo‘lsa ham bajarish imkoniyati taminlanadi, boshqacha aytganda texnika asoslari egallanadi. Ikkinchi boskichda o‘rganilayotgan harakat texnikasining ikir chikirlarigacha aniqlanadi. Uchinchi bosqichda harakatni mashq va imkon qadar musobaqa jarayonlarining turli sharoitlarida bajarish takomillashtiriladi. Ta’limning har uchala bosqichi o‘quvchi birinchi o‘rinishda bajara olmaydigan murakkab harakatlarni o‘rganayotgan paytga xos bo‘lgan xususiyatdir. Oddiy harakatlarga o‘rgatish chog‘ida ta’limning birinchi bosqichi deyarli ahamiyatga ega emas. Harakat texnikasini o‘rganishning dastlabki bosqichi Asosiy vazifalar, harakatni umumiy holatda, qo‘pol shaklda bajarish imkoniyatini ta’minlash. Bosqichdagi talim metodikasi xususiyati harakat texnikasi asoslarini egallashga yo‘naltirilgan hisoblanadi. Ta’lim harakat faoliyati haqidagi ta’surotni yaratishdan boshlanadi. Buning maqbul tartibi qo‘yidagicha: -harakatni imkon qadar takomillashgan ko‘rinishda ko‘rsatish; -u haqda hikoya qilish shug‘ullanayotgan uni egallashini jadallashtirish maqsadida tezroq egallash yo‘llariga etibor beriladi; - harakatni bajarish usullarini tushuntirish va uni qayta qayta ko‘rsatib berish; - harakatni mustaqil bajarishga imkon yaratish. Zarur bo‘lsa xavfsizligini ta’minlash; - harakatni qayta-qayta, iloji bo‘lsa sekinlashtirilgan holatda ko‘rsatib, texnikadagi asosiy kamchiliklarga etiborni qaratish. Harakat haqidagi tasavvurni yaratish bir qancha takrorlashlar bilan yakunlanadi. Harakat faoliyatini bevosita o‘rganishga kirishilar ekan, uni qismlarga bo‘lib yoki to‘laligicha o‘rganish singari uslubiyati aniqlab olish zarur. Agar harakat o‘ta murakkab bo‘lmasa va ijrochi uchun xavf tug‘dirmasa, uni to‘laligicha o‘rgangan ma’qul. Download 397.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling