9-Mavzu. Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar
Maxsus bazali tayyorgarlik bosqichi
Download 397.83 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Individual imkoniyatlarni maksimal ravishda amalga oshirish bosqichi Vazifalari
- 5. Erishilgan natijalarni saqlash bosqichi
3. Maxsus bazali tayyorgarlik bosqichi
Vazifalari. Har tomonlama tayyorgarlikni davom ettirish (bosqichning birinchi yarmida): ko‘proq mutaxassisligiga qaratiladi. Vositalari: funksional potensialni rivojlantirishga qaratilgan, bo‘lg‘usi sprinterni og‘ir atletikachilarni, gimnastlarni va h.k. bazali tayyorgarligi musobaqani o‘ziga xos xususiyatiga qarab tuzilishi shart. 4. Individual imkoniyatlarni maksimal ravishda amalga oshirish bosqichi Vazifalari sport turlari maksimal natijalarga erishish maksimal ravishda foydalanish. Mashg‘ulotlarni hajmi va shiddati qo‘shilgan summasi maksimal xolatga etadi va katta yuklamali mashg‘ulotlar soni ko‘payadi. Mashg‘ulotlar soni 15-20 tagacha etishi, psixologik, taktik va integral tayyorgarlikni salmog‘i oshishi shart. Shuni alohida etiborga olish kerakki, individual imkoniyatlarni maksimal ravishda amalga oshirishda optimal yosh chegarasiga to‘g‘ri kelishi shart. Etapning davom etish vaqti, sport maxoratining tashkil topishiga yoki aloxida nomerlarni dasturining tayyorgarligiga bog‘liq. 5. Erishilgan natijalarni saqlash bosqichi Sportchiga individual yondashish bilan xarakterlanadi. Bu esa quyidagilar bilan aniqlanadi. Birinchidan: sportchining katta tajribasi (trenirovka va musobaqa)har xil sharoitda chuqur bilimni kerakli vositalarni musobaqa faoliyatiga kerak bo‘lgan metodlarni tez aniqlab oladi. Ikkinchidan: yoshning o‘zgarishi organlar va sistemalar oldingi davrdagi yuqori yuklama, bu etapdagi yuklamani ko‘paytirishga ayni shu darajada ushlab turishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchyn funksional potensial va moslashish imkoniyatlari pasayadi. Bu esa shaxsiy mahoratni oshirish uchun individual zahiralarni izlashni talab qiladi. -funksional imkoniyatlarni erishilgan darajada oldingi yoki kichikroq mashg‘ulot hajmida ushlab turishni: - texnik mahoratni takomillashtirishni: - psixologik tayyogarlikni oshirishni: - jismoniy va funksional tayyorgarlikdagi ayrim xatolarni yo‘qotishda shuni hisobga olish kerakki, ko‘p yillik tayyorgarlikni bu etapdagi sportchi har xil mashg‘ulot vositalariga ko‘nikkandir. Shuning uchun oldingi davrdagi rejalashtirish, vosita va metodlar bilan sport natijalarini ushlab turib bo‘lmagani uchun mashg‘ulotlarning yangi shakllari va metodlarini topishga to‘g‘ri keladi. Bu etap shu bilan xarakterlanadiki, 17-20 yoshli yosh sportchilar va 30-35 yoshga kirgan veteran sportchilar musobaqaga qatnashadilar. Bu esa yoshlik (yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikni) davrida erishgan natijalarini hamda va etishgan katta musobaqa faoliyatiga ega bo‘lgan tajribalarni birlashtiradi. Ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonida yuklamalar dinamikasi va har xil kerakli ishlarning nisbati. Ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonini rasional tuzish uchun uni, har xil turlarini maqsadga muvofiq ravishda nisbatini aniqlash zarur. Mikrosikllar ichida ko‘rganimizdek organizmning funksional imkoniyatlari tiklanishi bir necha soatdan, bir necha kungacha davom etishi mumkin edi. Uning uchun keyingi mikrosikl oldingi yuklamadan qolgan charchash hisobiga organizmni qayta tiklashga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Klassifikasiyali sportchilarni hozirgi kundagi mashg‘ulotlardagi qizg‘in payti alohida mikrosikllar yuklamasini qo‘shilishi orqali bir mikrosikldan ikkinchi mikrosiklga charchash ortib borishi xarakterlanadi. Bu esa, organizmni funksional sistemasiga va texnikaning mustahkamligiga yuqori talab qo‘yadi. Mikrosikllardagi yuklamani umumiy summasi ko‘p yillik tayyorgarlik davriga bog‘liq ko‘p yillik tayyorgarlikda, bazali mikrosikllar ichidagi xastalik mikrosikllar yuklamasini umumiy summasining birlashishi mikrosikllarni har xil tiplarini ularning yuklamasini umumiy summasini quyi xususiyatlarini ham mezosiklni tipi bilan aniqlanadi. Bir yillik tayyorgarlikni ikki siklik qilib rejalashtirganda fundamental davrning birinchi mikrosiklida ko‘pincha 3 ta tortuvchi bazali tayyorgarlik nazorat: musobaqa davrida bitta musobaqa tayyorgarlik davridagi ikkinchi mikrosiklda 2 ta bazali tayyorgarlik nazorati mezosikllari qo‘llaniladi. Musobaqa davrida ham 2 ta musobaqa mezosikllari rejalashtiriladi oxirida ko‘pincha o‘tish davri rejalashtiriladi. Bu esa haftaga mo‘ljallangan rejalashtirishni bunday 6 haftalik mezosikllari har xil sport turlarida keng ravishda ishlatiladi. Download 397.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling